Mavzu: Bir x`ojalik misolida bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar,tarqalish qonuniyatlari, ball boniteti va unumdorlikni oshirish yo`llari
Bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar
Download 65.36 Kb.
|
Bir x`ojalik misolida bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar,tarqalish qonuniyatlari, ball boniteti va unumdorlikni oshirish yo`llari
2.1.Bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar Och tusli bo’z tuproqlarda fakat o’rtapishar G’o’za navlarinigina emas, balki amal-o’suv davri uzoqroq bo’lgan ingichka tolali go’za navlarini ham ekish, parvarishlash mumkin. Masalan, Namangan viloyatida ingichka tolali paxta etishtirilayotgan bunday maydonlar tobora kengaymoqda.Sahro mintaqasida taqir, taqirsimon bo‘zrang-qo‘ng‘ir va sahro-qumli tuproqlar shakllangan. Ular tarkibida organik modda, yalpi azot juda kam uchraydi.Taqir tuproqlar noqulay fizikaviy xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ivib ketish, sho’rlanganligi, kam suv o’tkazuvchanlik, past mikrobiologik faoliyat, umuman olganda, kam unumdorlik Shu lar jumlasidandir. Odatda, bu tuproqlar kam yog’ingarchilik tushishi va yuzadan ko’p buglanishi tufayli sho’rlangan. Taqir va taqirsimon tuproqlar Turkmaniston Respublikasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, O’zbekistonning Xorazm, Shu ningdek, Buxoro, Surxandaryo, Qashqadaryoviloyatlari va Tojikiston Respublikasining paxta etishtiriladigan hududlarida tarqalgan. Sahro mintaqasining deyarli barcha qism tuproqlari shamol yeroziyasiga chalingan.
Unumdorligini oshirish uchun bunday tuproqlarning fizikaviy xususiyatlarini yaxshilash, organik modda bilan boyitish, sho’rni yuvish mexanik tarkibi og’ir bo’lsa, qum sepish, ularda barcha agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida, sifatli o’tkazish kerak. Bu mintaqada, ayniqsa Markaziy Farg’onada, Buxoro, Surxandaryo viloyatlari va Turkmaniston Respublikasida shamol eroziyaga qarshi tadbirlarni qo’llash zarur. Yuqorida tafsiflari berilgan mintaqaviy tuproqlardan tashqari, introzonal, sizob sathi yuza bo’lgan sharoitda shakllangan turli gidromof tuproqlar mavjud bo’lib, ular orasida o’tloq-botqoq, o’tloq-allyuvial, o’tloq-soz va botqoqlar ham uchraydi. Bu tuproqlar bo’z tuproqlar va sahro mintaqalariga xos xususiyatlirini saqlagan holda yangi belgilarga ega bo’lganlar: yuza va chuqur qatlamda o’tloqlilik hosil qilgan, u yoki bu darajada botqoqlashgan. Sahro mintaqasi, Shu ningdek, och tusli bo’z tuproqlarda kapillyarlar orqali ko’tarilib, bug’lanayotgan suv miqdori yog’ingarchilikda tushgan suvga nisbatan ancha ko’p bo’lganligi bois o’tloq, gidromorf tuproqlar yuzasi va chuqur qatlamlari ham sho’rlangan; tuzlar miqdori va tarkibi bo’yicha sho’rlanganlik darajasi turlicha-kuchsizdan ancha yuqorigacha, ularda shishgan, qatqaloqli-shishgan yoki qatqaloqli sho’rxoklar vujudga kelgan. Bu esa, sahro va bo’z tuproqlar mintaqasi tuproqlari turlicha bo’lishiga olib kelgan. Ba’zi yerlarda bunday xilma-xillik Shu qadar yuqoriki, bu ularning tuprog’ini alohida-alohida tuproq xillari majmualariga ajratishni taqazo etadi. Mintaqaning tabiiy tuproqlarida ziroatlar sug’orilishi oqibatida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Uzoq muddat sug’orilgani bois qishloq xo’jaligi ekinlari xam ba’zi xududlar tuproqlarida 2 m. va undan qalinroq agroirrigatsion qatlam hosil qiladi. Sug’orma dexqonchilik sharoitida yuqorida ta’riflangan tuproqlarning yuza qatlami organik va oziqa unsurlari, xususan fosfor bilan to’yinadi, fizikaviyxususiyatlari yaxshilanadi; sho’r yuvishlar ta’sirida o’simliklar uchun zaharli tuzlardan xalos bo’ladi, zovur tizimi ta’sirida sizob sathi pasayadi. Bularning barchasi Sug’orma dexqonchilik xududlari tuproqlarining turli-tumanlik doirasini kengaytiradi, unumdorligini yanada barqarorlashtiradi. Shu ni ham ta’kidlash zarurki, asosiy mintaqalarga xos tuproq xillaridan tashqari o’tkinchi bo’z- o’tloq, taqir- o’tloq va boshqa xildagi tuproqlar ham mavjud. Tuproqlar turli-tumanligi yuza yoki ostki qatlamlari mexanik tarkibi, qatlamlari yaxlitligi yoki qat-qatligi, zaxi qochirilganlik darajasiga ko’ra ham ortib, boradi. So’nggi yillarda sug’oriladigan yerlarning o’zlashtirilganlik darajasi bo’yicha ma’lumotlar ko’proq to’planmoqda. Shu asosda sug’orish, ishlov byerish, o’g’itlash kabi agrotadbirlar kam unumli tuproqlarga nisbatan yaxshi samara beradigan yuqori unumli tuproqlar aniqlanmoqda. Tajribalarni o’tkazishda tuproqlarning turlichaligi, albatta, hisobga olinishi, ular dastlab mintaqaning eng tipik tuprog’ida joylashtirilishi, Shu bilan birga, xo’jalik yuritish jihatidan ahamiyatli bo’lgan tuproq xillarini ham qamrab olishi maqsadga muvofiq.Tajribani joylashrishdan avval dalalarning dexqonchilik tarixi bilan tanishish zarur. Bunda tajriba o’tkaziladigan maydonga o’tgan 3 yil davomida ekilgan ekinlar, dalalarning o’t bosganlik darajasi, zararkunandalar va kasalliklar (ayniqsa, vilt) manbalari va agrotexnik tadbirlar tizimi bo’yicha farq aniqlanadi. Eng muhimi, yuqori me’yorda minyeral va argonik o’g’itlar (ayniqsa, fosfor 300-400 kg/ga dan ortiqroq) va go’ng (30-40 t/ga dan ko’proq) sepilgan, chuqur shudgorlangan (40 sm) va yumshatilgan (50-70 sm dan chuqurroq) variantlar joylashtirilgan yerni belgilab qo’yish kerak. Chunki bu tadbirlarning davomiy ta’miri o’rganilmasa, qo’yilayotgan tajriba natijalari noto’g’ri talqin qilinishi mumkin. Bu ta’sirni aniqlash uchun ishlab chiqarish sharoitida 1-2 yil davomida muvozanatlashtiruvchi bir yillik ekinlar bug’doy, javdar, makkajo’xori ekish zarur. Muvozanatlashtiruvchi ekinlar rivojlanishida har xillik kuzatilsa, ularning hosilini aniqlash maqsadida alohida hisobga olish, dalaning ola rivojlangan qismi rejadan ajratib ko’rsatilishi shart. Sho’rxok dog’lari bor sho’rlangan dala, tajriba o’tkazishga yaroqsiz hisoblanadi.Notekis relefli yerlarda tajriba qiyalikning bir xil qismi (janubiy, shimoliy, g’arbiy yoki sharqiy ekpozitsiya)da joylashtirilishi kerak, Chunki ekinlar turli qiyaliklarda turlicha rivojlanadi.Tajriba uchun tanlangan dalalar tuprog’ining to’liq tipikligiga, yuza qatlamining mexanik tarkibi, haydov qatlami, gumus qatlami va pastki qatlamlarning bir xilligiga ishonch hosil qilish uchun batafsil o’rganilishi kerak. Tanlangan dala tuproqlaridan uzoq muddat davom ettiriladigan tajriba qo’yishdan avval 1,5-2 metrgacha yoki sizob sahigacha chuqurlikdan, agar u (sizob) 2 m. atrofidagi chuqurlikda bo’lsa, kavlab kesmasi morfologik tavsif etilib, namunalari genetik qatlamlar bo’yicha olinadi. Bu namunalarga asosan barcha qatlamlardagi tuproq tarkibida mavjud bo’lgan gumus, yalpi NRK oziqa moddalari, nitratlar, amiyak, harakatchan R2O5 va almashinuvchi K2O miqdorlari, Shu ningdek, uning mexanik tarkibi va hajm massasi aniqlanadi. Kesmalar genetik qatlamlari (gorizontallari) tekshirilishi natijasida olingan dalillar asosida tajriba, uchun tanlangan dala tuprog’ining tipikligi va xili mo’ljaldagi mosligi, tajriba joylashadigan paykal chegarasidagi sharoitlar bir xilligi aniqlanishi zarur. Buning uchun paykal har 40-50 m.da muayyan izlanish (marshrut) bo’yicha kuzatiladi va har bir yo’nalish (marshrut) bo’yicha shunday masofada 50-60 sm li chuqurcha kavlanadi. Iloji bo’lsa, tajriba olib boriladigan dalaning 5 nuqtasi (konvyert shaklida) yoki 3 nuqtasi (dioganal bo„yicha) haydov va haydov osti qatlamlaridan tuproq namunalari olinib, bir xil qatlamlar tuproqlari aralashtirilib, bitta o’rtacha namuna hosil qilinadi. Bu amal dalaninig haydov va haydov osti qatlami faqat tuproq kesmasi bo’yichagina emas, balki Shu qatlamlardagi gumus va azot, fosfor va kaliyning harakatchan shakllari miqdori bo’yicha ham bir xilligi ishonch hosil qilish uchun o’tkaziladi. Agar dalaning tuproq sharoiti bo’yicha hech qanday gumon paydo bo’lmasa, u tajribani joylashtirish uchun to’liq yaroqli, degan xulosaga kelish mumkin.Ko’p yillik dala tajribasi davomida olingan barcha tuproq namunalari Shu tajriba nihoyasiga etkazilgunga qadar saqlab qo„yiladi. Tahliliy ma’lumotlarda uchrashi mumkin bo’lgan u yoki bu xatoni bartaraf etish uchun Shu nday qilinadi. Zarurat tug„ilsa, tajriba qayta o’tkaziladi.Tajriba uchun tanlangan dala tuproqlari xilma-xil bo’lsa, u holda mo’ljaldagi tajriba bir xilroq maydonga ko„chirilishi, Shu ningdek tajriba dalasini suv bilan ta’minlash va agrotexnik tadbirlar tizimini muddatida va sifatli amlga oshirish choralari ko„rilishi zarur.YUqorida qayd etilgan sharoitlarga to’liq rioya qilingandagina tajriba uchun dala to’g’ri tanlanganligiga va muvaffiqiyatli o’tkazishga ishonch hosil qilish mumkin. Melioratsiyada ilmiy izlanishlar uslublarini amalga oshirish vazifalari. Melioratsiyada ilmiy izlanishlar uslublarini fanining predmeti maqsad va vazifalari. Dala tajribasi dehqonchilikdagi turli masalalarni tadqiq etishning asosiy uslubidir. Dala tajribasining asosiy vazifalari laboratoriya, vegetatsiya, lizimetr va kichik maydonlardagi tadqiqotlar natijalaridan foydalanib, turli tabiiy va xo’jalik sharoitlarida ishlab chiqarishga joriy etish uchun o„rganilayotgan yangi usul yoki ekinlarni parvarishlash texnologiyalariga qiyosiy ilmiy-agrotexnik va iqtisodiy baho berishdan iborat.Hozirgi vaqtda chigit 60 va 90 sm. li qator oraliqlarida, Shu ningdek, plyonka ostiga ekilmoqda. G’o’zani parvarishlash, hosilini barvaqt etishtirishning turli texnologiyalari, paxta tyerimida zamonaviy yangi mashinalar qo„llanilmoqda. Dala tajribasini joylashtirish uslubiyati davrning bu kabi talablariga mukammal javob berish kerak. Har bir dala tajribasi natijalarining ilmiy qimmati va joriy etishga loyiqligi ularni joylashtirish va olib borish sharoitlariga qo„yilgan ma’lum uslubiy talablarga qat’iyan amal qilinishiga bog„liq. Dala tajribalari tajriba uchastkalari dalalarida ekinlarni etishtirishning u yoki bu omillari va usullarini alohida-alohida va birgalikda chuqurroq o„rganish maqsadida har bir viloyat tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib o’tkaziladi. Ayrim omillar alohida holda batafsilroq, ko„pincha boshqa tadqiqot uslublari bilan bog„lab o„rganiladi. Ko„pchilik hollarda tajribalar nisbatan katta bo„lmagan maydonchalarda olib boriladi. Ishlab chiqarish sharoitida maydonchalar hajmini sezilarli darajada oshirishga asos yo„q. Bunda tajribalar asosiy va muhim hisoblangan, boshqa variantlarga nisbatan yaxshi natija byergan variantlar kiritilgan soddaroq tizimda o’tkaziladi. Ular texnik jihatdan ishlanib bo„lingan tadbirlar hamda ularning birikmalarini iqtisodiy va tashkiliy-xo’jalik nuqtaiy nazardan baholashda juda muhimdir.Dala tajribalari qisqa muddatli, ko’p yillik va uzoq muddatli bo„lishi qisqa muddatli tajribalar 3 yildan 10 yilgacha, ko’p yillik tajribalar 10-15 yil, uzoq muddatli tajribalar 50 yil va undan ko’proq davom etishi mumkin.Qisqa muddatli tajribalar yil sayin o„zgarib turadigan paykallarda 3-4 yil davomida olib boriladi. Asosiy paykallarda esa, tajriba 4-10 yil davom ettiriladi.Ko’p yillik va uzoq muddatli, bir omilli yoki ko’p omilli tajribalar ekinlarni etishtirishda qo„llanilayotgan yangi texnologiya tadbirlari tuproqning unumdorligiga, suv-fizikaviy, kimyoviy xossalari va undagi biologik jarayonlarni, etishtirilgan hosil va uning sifatiga ta’siri va keyingi ta’sirini chukur o„rganish imkonini yaratadi.Ko’p yillik va uzoq muddatli tajribalar dehqonchilikning fundamental (nazariy) masalalarni echish hamda o’simliklar hayot jarayoni va hosildorligi amlga oshirilgan tadbirlar, tuproqqa ishlov berish texnologiyalari, ekinlarni parvarishlash agrotadbirlari va boshqa omillar ta’sirini aniqlash imkonini byeradi. Download 65.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling