O’zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi


 -MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI PREDMETI VA METODI


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/124
Sana08.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#253523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
Bog'liq
buxgalteriya hisobi asoslari

1 -MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI PREDMETI VA METODI 
 
Reja: 
1.1. Xo’jalik hisobi uning mohiyati va ahamiyati. 
1 2. Buxgalteriya hisobining predmeti. 
1.3. Buxgalteriya hisobining metodi. 
 
1.1. Xo’jalik hisobi, uning mohiyati va ahamiyati. 
Xo’jalik hisobi moddiy mablag’larni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonida moddiy 
ishlab chiqarishni uyushtirish, boshharish va rahbarlik qilish uchun zarurdir.  
Xo’jalik  hisobi  deb  yuritishning  o’zi  kishilik  jamiyatida  xo’jalik  faoliyatini  hisobga 
olish  yoki  insoniyat  uchun  zarur  bo’lgan  iste'mol  buyumlari,  kiyim  kechak  oziq  -  ovqat  va 
boshqalarni ishlab chiqarish va taqsimlashni hisobga olish demakdir. Xo’jalik hisobi kishilik 
jamiyatining  hamma  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyalarida  mavjud  bo’lgan.  Lekin  har  bir 
ijtimoiy  tuzumda  xo’jalik  hisobi  o’zining  maqsadi  va  vazifalariga  ega  bo’lgan.  Xo’jalik 
hisobiga bo’lgan talab ayniqsa, tovar ayirboshlash natijasida kuchaygan. Xo’jalik hisobiga va 
ikki  yoqlama  yozish  sistemasini  bayon  qilgan  va  birinchi  nashr  etilgan  ishning  muallifi 
Italiyaning  mashhur  matematigi  professor  Luka  Pachiolo  hisoblanadi.  Uning  «Barcha 
arifmetika,  geometriya,  proportsiya  va  munosabatlarga  doyr  majmuasi»  degan  kitobida 
«Schyot  va  yozuvlar  haqida»  yozilgan  traktati  bor.  Bu  kitob  birinchi  marta  1494  yilda 
Italiyaning  Venetsiya  shaxrida  birinchi  marta  bosilib  chiqqan.  Korxona,tashkilot  va 
muassasaning  hamma  ishlarini  hisobga  olish  uchun  miqdoriy  ifodalash  va  sifat  tomondan 
tavsiflab  berish  zarurdir.  Shuning  uchun  ham  xo’jalik  hisobida  quyidagi  ulchob  birliklari 
qo’llaniladi.  

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling