Ozbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi 0‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining qarori


‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazir


Download 335.67 Kb.
bet2/4
Sana07.02.2023
Hajmi335.67 Kb.
#1172974
1   2   3   4
Bog'liq
Nizom 2020 Y.I

0‘zbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat
munosabatlari vazir


elishilgan:

Toshkent sh., 2020-yil J/A ft


N.Xusanov


O‘zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi
boshlang‘ich tashkilotlari to‘g‘risidagi
NIZOM
(yangi tahrir)

Mazkur Nizom 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va 0‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoni, “0‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-sonli qarori, shuningdek, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-may kuni Zangiota va Sergeli tumanlariga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar hamda Sergeli tumanida jamoatchilik vakillari bilan o'tkazilgan uchrashuvining 40-sonli bayoniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, 0‘zbekiston yoshlar ittifoqining (keyingi o‘rinlarda Yoshlar ittifoqi deb yuritiladi) umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda Boshlang‘ich tashkilot deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.

  1. bob. Umumiy qoidalar

  1. Boshlang‘ich tashkilotlar Yoshlar ittifoqining maqsad-vazifalarini ta’lim muassasasi miqyosida ro‘yobga chiqaradigan, ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilar va 31 (o‘ttiz bir) yoshgacha bo‘lgan yosh o‘qituvchilarni o‘z atrofida birlashtiradigan, ularning manfaatlari va huquqlarini himoya qiladigan eng quyi tuzilma hisoblanadi.

  2. Boshlang‘ich tashkilotlar umumiy o‘rta ta’lim muassasasida Yoshlar ittifoqining maqsad-vazifalariga xayrixoh boigan kamida besh nafar yoshlar tashabbusi bilan tuziladi hamda Yoshlar ittifoqining mahalliy Kengashlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.

  3. Boshlang‘ich tashkilotlar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Yoshlar ittifoqi hamda “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini birga olib boradi.

  4. Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati Yoshlar ittifoqining tegishli mahalliy Kengashlari, tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari hamda ta’lim muassasasi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

  5. Boshlang‘ich tashkilotlar o‘z faoliyatini 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, 0‘zbekiston yoshlar ittifoqining ustavi, “Kamalak” bolalar tashkiloti hamda ta’lim muassasasi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiradi.

  1. bob. Boshlang‘ich tashkilotning maqsad va vazifalari

  1. Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi - ta’lim muassasasida yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklashish, yoshlarning

huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga ko‘maklashishdan iborat.

  1. Boshlang‘ich tashkilot o’z oldiga quyidagi vazifalarni qckyadi:

umumiy o‘rta ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan birgalikda pedagogik jamoa, faol o'quvchilar, jamoatchilikni jalb qilgan holda o‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va kamol toptirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiyaviy loyihalarni amalga oshirish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan birgalikda o’quvchilarning intilishi va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashga ko‘maklashishga qaratilgan ko'rik-tanlovlar, bilimdonlar bellashuvi, sport musobaqalari, ko‘rgazmalar, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o’quvchilari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport, harbiy-vatanparvarlik, sog’lom turmush tarzi va ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining davomatini yuritish, darslarni muntazam qoldirib kelayotgan o’quvchilarni ta’lim jarayoniga qaytarishga qaratilgan tizimli ishlarni sinf rahbari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan amalga oshirish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi besh muhim tashabbus doirasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan madaniyat, san’at, sport, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garak va klublardagi o‘quvchilar ishtiroki bo‘yicha monitoring yuritish, shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, “Barkamol avlod” maktablari hamda “Yoshlar markazi” bilan hamkorlik qilish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilari o’rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning o‘zlari istiqomat qilayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzey va teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflarini uyushtirish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi psixologi bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlar o'rtasida taziyq va zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib borish hamda so‘rovnomalar o‘tkazish;
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni o‘zlari qiziqqan kasb-hunarlari bo‘yicha tegishli tashkilotlarga sayohatlarini tashkil etish, shuningdek, ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan birgalikda 10-11-sinf o‘quvchilarinini iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat amaliyotlarini tashkil etish;
Yoshlar ittifoqi va uning qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti safiga o’quvchilarni jalb etish maqsad-vazifalarini tushuntirish va targ‘ib qilishga qaratilgan tashviqot ishlarini olib borish;
umumiy o'rta ta’lim muassasasida Sardorlar Kengashi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolari, taklif-istaklarini o‘rganish va hal etishga kohnaklashish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi o‘quvchilaming fanlarni o‘zlashtirishi, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o‘rganib borish, o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish hamda bu boradagi muammolarni pedagogik kengash kun tartibiga kiritish.
Ill-bob. Boshlang‘ich tashkilotning huquq va majburiyatlari

  1. Boshlang’ich tashkilotning huquqlari quyidagilardan iborat:

umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o’quvchi-yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘quv, tarbiya va boshqa jarayonlarda ishtirok etish, mas’ul xodimlar va o‘qituvchilardan zarur axborot va ma’lumotlarni olish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi darslarda o‘qituvchilarning ishtiroki va pedagoglar tomonidan o‘quvchilarga nisbatan munosabatni, shuningdek, kutubxona hamda yoshlar ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq faoliyatlar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi sharoitlardan to‘la foydalanish, ish rejasidagi chora-tadbirlarning ta’lim muassasasi tomonidan moliyalashtirilishini talab etish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, taklif-tashabbuslari yuzasidan ta’lim muassasasi rahbari va yuqori tashkilotlarga takliflar kiritish;
o‘z faoliyatiga doir ma’lumotlarni tarqatish, targ‘ib etish.

  1. Boshlang‘ich tashkilotning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Yoshlar ittifoqi hamda ta’lim muassasasi tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar doirasida faoliyat yuritish, ularda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;
yuqori tashkilotlar, ta’lim muassasasi pedagogik kengashi hamda rahbariyatning tegishli topshiriqlari va ko‘rsatmalarini (o‘zining belgilangan vazifalari doirasidagi) bajarish;
Yoshlar ittifoqining mahalliy Kengashi hamda ta’lim muassasasi rahbariga o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etib borish;
boshlang*ich tashkilot uchun ajratilgan xona, moddiy-texnik vositalar va mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasining o‘quv, tarbiya va boshqa ishlariga kohnaklashish.

  1. bob. BoshlangMch tashkilotning tashkiliy tuzilishi

  1. Boshlang‘ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi: umumiy (hisobot-saylov) yig‘ilishi;

hisobot-saylov yig‘ilishi; boshlangich tashkilot Kengashi;
Sardorlar Kengashi; sinf sardori;
boshlang‘ich tashkilot qoshidagi klublar.

  1. Umumiy (hisobot-saylov) yig‘ilishi boshlang‘ich tashkilotning rahbar organi hisoblanadi.

  2. Umumiy yighlish:

umumiy yig’ilish boshlang‘ich tashkilot a’zolari (Yoshlar ittifoqi a’zolari nazarda tutiladi) soni 100 (yuz) nafardan oshmagan boshlangdch tashkilotlarda bir yilda kamida ikki marotaba o‘tkaziladi;
umumiy yig‘ilish boshlang‘ich tashkilot a’zolarning uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi;
umumiy yig‘ilishda boshlangdch tashkilotning yarim yillik yoki bir yillik faoliyati bo‘yicha hisoboti eshitiladi va baholanadi;
umumiy yig‘ilishda boshlang'ich tashkilot faoliyatiga oid qarorlar qabul qilinadi;
umumiy yig‘ilishda umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkilotda yoshlar yetakchisi lavozimda ishlash bo‘yicha tavsiyanomaga ega nomzod tanishtiriladi va 2,5 (ikki yarim) yil muddatga saylanadi;
umumiy yig’ilishda boshlang’ich tashkilot a’zoligiga qabul qilish, a’zolikdan chiqarish, yuqori tashkilotlarning konferensiyalariga (kvota belgilangan hollarda) delegatlarni saylash, boshlang‘ich tashkilot faoliyatini tugatish to‘grisidagi qarorlar qabul qilinadi.

  1. Hisobot-saylov yig‘ilishi:

hisobot-saylov yig’ilishi boshlang‘ich tashkilot a’zolari (Yoshlar ittifoqi a’zolari nazarda tutiladi) soni 100 (yuz) nafardan oshgan boshlang‘ich tashkilotlarda bir yilda bir marotaba o’tkaziladi unda 8-11-sinf Yoshlar ittifoqi sardorlari, boshlang’ich tashkilot a’zolari ishtirok etadi;
hisobot-saylov yig‘ ilishida boshlang‘ich tashkilotning bir yillik faoliyati bo‘yicha hisoboti eshitiladi va baholanadi;
hisobot-saylov yig‘ilishida umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkilotda yoshlar yetakchisi lavozimida ishlash bo‘yicha tavsiyanomaga ega nomzod tanishtiriladi va 2,5 (ikki yarim) yil muddatga saylanadi;
hisobot-saylov yig"ilishida boshlang‘ich tashkilot Kengashi a’zolari 2,5 (ikki yarim) yil muddatga saylanadi;
hisobot-saylov yig"ilishida boshlang‘ich tashkilot a’zoligiga qabul qilish, a’zolikdan chiqarish, yuqori tashkilotlar konferensiyalariga (kvota belgilangan hollarda) delegatlarni saylash, boshlang‘ich tashkilot faoliyatini tugatish to‘grisidagi qarorlar qabul qilinadi.

  1. Boshlang’ich tashkilot Kengashi:

boshlang‘ich tashkilot Kengashi faqatgina boshlang‘ich tashkilot a’zolari (Yoshlar ittifoqi a’zolari nazarda tutiladi) soni 100 (yuz) nafardan oshgan boshlang‘ich tashkilotlarda hisobot-saylov yig‘ilishida eng kamida 7 (yetti) kishidan iborat (ta’lim muassasasi rahbari, ta’lim muassasasi rahbari o‘rinbosari; ta’lim muassasasi Kuzatuv Kengashi raisi ta’lim muassasasi ‘"Ittifoq” sardori, ta’lim muassasasi psixologi, ikki nafar boshlang‘ich tashkilot a’zosi bo‘lgan yosh o’qituvchi) tarkibda saylanadi;
boshlangdch tashkilot Kengashi yig" ilishlari ikki oyda kamida bir marotaba o’tkaziladi;
boshlang‘ich tashkilot Kengashi yig"ilishlarida boshlang‘ich tashkilot ish rejasini va kundalik faoliyati hamda a’zolarning manfaatlarini himoya qilishga doir masalalar ko‘rib chiqiladi;
boshlang‘ich tashkilot Kengashi yig4 ilishida keyingi yillardagi yokida zarur hollarda navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishini chaqirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
boshlang‘ich tashkilot Kengashi yig‘ilishlariga yoshlar yetakchisi rahbarlik qiladi.

  1. Sardorlar Kengashi:

Sardorlar Kengashi Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkilotining o‘zini-o‘zi boshqarish organi hisoblanadi;
Sardorlar Kengashi ta’lim muassasasi, tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda Respublika darajasida o‘z faoliyatini olib boradi;
boshlang‘ich tashkilotlarning Sardorlar Kengashi (ta’lim muassasasi Sardorlar
Kengashi) umumiy o‘rta ta’lim muassasasining 4-7-sinflardagi 10-14 yoshdagi hamda 8-11-sinflardagi 14-18 yoshdagi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va ‘‘Kamalak” bolalar tashkiloti a’zolari bo‘lgan o‘quvchilari, sinf sardorlari orasidan ovoz berish yo‘li bilan Sardorlar Kengashi saylovida bir yil muddatga saylanadi;
boshlang‘ich tashkilotlarning Sardorlar Kengashi (ta’lim muassasasi Sardorlar
Kengashi) saylovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi alohida yo‘riqnoma bilan tasdiqlanadi;
boshlang‘ich tashkilotlarning Sardorlar Kengashi (ta’lim muassasasi Sardorlar
Kengashi) 14 (o‘n to‘rt) kishidan iborat tarkibda saylanadi, ya’ni 8-11-sinflarda taxsil olayotgan o‘quvchilardan iborat 7 (yetti) nafar sardor hamda 4-7-sinflarda taxsil olayotgan o‘quvchilardan iborat 7 (yetti) nafar sardor;
boshlang‘ich tashkilotning Sardorlar Kengashi (ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi) quyidagi tarkibdan iborat bo‘ladi:
Yoshlar ittifoqi sardori;
“Ta’lim” yo‘nalishi sardori;
“Madaniyat” yo‘nalishi sardori;
“Imkon” yo‘nalishi sardori;
“Ekologiya” yo‘nalishi sardori;
“Sport” yo‘nalishi sardori;
“Matbuot va media” yo‘nalishi sardori;
“Kamalak” sardori;
“Ta’lim” yo‘nalishi sardori;
“Madaniyat” yo‘nalishi sardori;
“Imkon” yo‘nalishi sardori;
“Ekologiya” yo‘nalishi sardori;
“Sport” yo‘nalishi sardori;
“Matbuot va media” yo‘nalishi sardori;
boshlang‘ich tashkilotning Sardorlar Kengashi (ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi) faoliyati tartibi:
Yoshlar ittifoqi sardori - 8-11-sinflarda boshlangdch tashkilot faoliyatining samarali tashkil etilishini muvofiqlashtirish, 8-11-sinflardagi Yoshlar ittifoqi sardorlari faoliyatiga rahbarlik qilish, ularning taklif-tashabbuslarini yoshlar yetakchisiga olib chiqish kabi vazifalarni bajarish va o‘z yo'nalishi faoliyatiga sardorlik qilish;
“Kamalak” sardori - 4-7-sinllarda boshlangdch tashkilot faoliyati samarali tashkil etilishini muvofiqlashtirish, 4-7-sinflardagi “Kamalak" sardorlari faoliyatiga rahbarlik qilish, ularning taklif-tashabbuslarini yoshlar yetakchisiga olib chiqish kabi vazifalarni bajarish va o'z yo'nalishi faoliyatiga sardorlik qilish;
“Ta’lim" yo'nalishi sardori - o'quvchilar o'rtasida mustaqil olimpiadalar tashkil etish, shuningdek, ta’lim muassasasida tashkil etilayotgan an’anaviy fan olimpiadalarining targ'ibotchisi bo'lish, tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida tashviqot ishlarini tashkil etish;
“Madaniyat” yo'nalishi sardori - tengdoshlari o‘rtasida madaniy tadbir va tanlovlar tashkil etish, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylashga qaratilgan targ'ibotlarni amalga oshirish;
“Imkon” yo'nalishi sardori - imkoniyati cheklangan tengdoshlari holidan xabar olish, mehr-saxovatni targ'ib etishga qaratilgan turli xil aksiya va loyihalar o'tkazish;
“Ekologiya” yo‘nalishi sardori - ekologiyani asrash va salomatlikni targ'ib etishga qaratilgan aksiyalarni tashkil etish, tengdoshlari o'rtasida atrof-muhit va salomatlikni asrashga oid tanlov va loyihalar o‘tkazish;
“Sport” yo‘nalishi sardori - turli sport o‘yinlari va sport festivallari tashkil etish bo'yicha tashabbuskorlik qilish, milliy xalq o‘yinlarining targ'iboti bilan shug'illanish, o'quvchilar o'rtasida sogdom turmush tarzini targ'ib qilish.
“Matbuot va media” yo'nalishi sardori - umumiy o'rta ta’lim muassasasi hayoti, boshlangdch tashkilot hamda Sardorlar Kengashi faoliyatini yoritib borish, ta’lim muassasasi matbuot xizmati faoliyatini yodga qo'yish hamda yuritish, bolalar jurnalistikasini ommalashtirish, gazeta, jurnal hamda saytlarda maqolalar chop etish, ta’lim muassasasi burchaklarini tashkil etishda tashabbuslar ko‘rsatish.

  1. Sinf sardori:

Sinf sardori umumiy o‘rta ta’lim muassasasining 4-7-sinflardagi 10-14 yoshdagi hamda 8-11-sinflardagi 14-18 yoshdagi Yoshlar ittifoqi boshlangdch tashkiloti va “Kamalak” bolalar tashkiloti a’zolari bo'lgan o'quvchilar orasidan ovoz berish yo'li bilan bir yil muddatga saylanadi;
4-7-sinflarda “Kamalak” sardori;
8-11-sinflarda Yoshlar ittifoqi sardori;
Sinf sardori boshlangdch tashkilotning maqsad-vazifalarini o'z sinfida targdb etish bilan shug'illanadi;
Sinfdagi o'quvchilar (tengdoshlari)ning davomatini yuritadi va umumiy o'rta ta’lim muassasasidagi yoshlar yetakchisi hamda sinf rahbariga ko'maklashadi;
umumiy o'rta ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etiladigan ko'rik-tanlovlar, bilimdonlar bellashuvi, sport musobaqalari, ko'rgazmalar, ijodiy uchrashuvlarda sinfdagi o'quvchilar (tengdoshlari)ning faol ishtirok etishida sinf rahbariga yordam beradi;
sinfdagi o’quvchilar (tengdoshlari)ning taklif-tashabbuslarini boshlangich tashkilot
yoshlar yetakchisiga olib chiqadi.

  1. Boshlang‘ich tashkilot qoshidagi klublar:

Boshlang’ich tashkilot qoshida “Zakovat”, "'Munozara”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Biznes” klublari va boshqa tuzilmalar tashkil etilishi mumkin.
Boshlang'ich tashkilot qoshidagi klublar faoliyatini tashkil etish uchun ta’lim muassasasining o‘qituvchi-pedagoglari jalb etiladi.
Boshlang‘ich tashkilot qoshidagi klublarning ixtiyoriy bittasi yoshlar yetakchisi tomonidan bevosita olib boriladi.
Boshlang‘ich tashkilot qoshidagi klublar faoliyati yoshlar yetakchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

  1. bob. Yoshlar yetakchisi faoliyatini tashkil etish tartibi hamda
    Yoshlar yetakchisining vazifasi va vakolatlari


  1. Yoshlar yetakchisi lavozimiga 35 (o’ttiz besh) yoshdan oshmagan, tabiiy yetakchilik qobiliyati, notiqlik mahorati, tashabbuskorlik, keng jamoatchilik bilan ishlash va ish yuritish bo‘yicha bilim-ko‘nikmasiga ega bo‘lgan kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotli (pedagog, psixolog, sotsiolog, ijtimoiy ish, menejment ixtisosligiga ega) mutaxassislar Boshlang‘ich tashkilotlarning yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasi tavsiyanomasiga asosan ta’lim muassasasi direktorining tegishli buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Olis hududlarda joylashgan umumiy o'rta ta’lim muassasalariga istisno tariqasida o‘rta-maxsus (pedagogik) ma’lumotga ega Boshlang‘ich tashkilotlarning yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasi tavsiyanomasiga asosan ta’lim muassasasi direktorining tegishli buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarlari Yoshlar ittifoqining mahalliy kengashlari bilan birgalikda yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlarni tanlaydi hamda Boshlang‘ich tashkilotlarning yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasiga taqdim etadi.
Boshlang‘ich tashkilotlarning yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasi mazkur nizomga muvofiq faqatgina hududlarda tashkil etiladi.
Boshlang‘ich tashkilotlarning yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlarni tanlash bo'yicha tanlov komissiyasi quyidagi tarkibda shakllantiriladi:
0‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashi raisi;
hududiy xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i;
hududiy ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari;
0‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashi Boshlangich tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi, “Kamalak” bolalar tashkiloti koordinatori.
Boshlang‘ich tashkilotlarning yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasi tomonidan yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlar suhbatdan o‘tk.aziladi, munosib deb topilgan nomzodga tavsiyanoma beriladi.
BoshlangMch tashkilotlarning yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasi tavsiyanomasi namunasi nizomga ilova qilinadi.
Boshlang‘ich tashkilotlarning yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasi tavsiyanomasi bilan yoshlar yetakchisi 2,5 (ikki yarim) yil davomida o‘z faoliyatini olib boradi.
Yoshlar yetakchisi o‘z ixtiyoriga ko‘ra lavozimidan ozod etilsa, yoki muvofiqlashtiruvchilar tomonidan faoliyati qoniqarsiz deb topilsa, navbatdan tashqari Boshlang‘ich tashkilotlarning yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasi chaqirtiriladi.

  1. Yoshlar yetakchisi quyidagi vazifalarni bajaradi:

boshlangich tashkilot faoliyatiga rahbarlik qilish;
o‘quvchi-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
o‘quvchilarning davomatini yaxshilash, surunkali dars qoldiruvchi o‘quvchilarni ta’limga qaytarish ishlarini olib borish;
o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, turli to‘garaklar, uyushmalar, klublarga jalb qilish hamda kasb-hunarga yo‘naltirish faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
sardorlarga tashkiliy-uslubiy ko‘mak berish, taklif-tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlash;
yuqori tashkilotlar va ta’lim muassasasi rahbariga boshlang‘ich tashkilot faoliyati yuzasidan so‘ralgan ma’lumot, axborot va hisobotlarni taqdim etish;
boshlang‘ich tashkilotda belgilangan nomenklatura asosida ish yuritish, yuqori tashkilotlar topshiriqlarini (o‘zining belgilangan vazifalari doirasidagi) bajarish;
boshlang‘ich tashkilot uchun ajratilgan xona, moddiy-texnik vositalar va mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini ta’minlash.

  1. Yoshlar yetakchisi umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik Kengashi va yoshlar masalasiga oid boshqa komissiyalarga a’zo sifatida kiritiladi.

  2. Yoshlar yetakchisi Yoshlar ittifoqining tegishli mahalliy Kengashi, tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limi hamda ta’lim muassasasi direktoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadi.

  1. bob. Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash

  1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi tomonidan boshlang‘ich tashkilot faoliyati uchun alohida xona (kamida 25 kv.m.) ajratiladi va jihozlanadi (1 ta ish stoli va stul, boshlangbch tashkilot Kengashi va Sardorlar Kenagshi a’zolari uchun kamida 14 kishiga mo‘ljallangan stol va stullar, 2 ta kitob javoni, 1 ta kompyuter jamlanmasi, printer, flipchart) hamda zaruriy konselariya mollari bilan ta’minlanadi.

Kam komplektli ta’lim muassasasida boshlang‘ich tashkilot xonasi ta’lim muassasasi imkoniyatidan kelib chiqqan holda jihozlanadi.

  1. Boshlang‘ich tashkilotning ish rejasida belgilangan chora-tadbirlar umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ish rejasiga kiritilib, moliyalashtiriladi.

  2. 0‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy va hududiy Kengashlari tomonidan boshlang‘ich tashkilotning loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida

moddiy-texnik bazasini yaxshilashga qaratilgan tanlovlar asosida kichik grantlar tashkil
etiladi.

  1. bob. Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini to‘xtatish

  1. Boshlang'ich tashkilot faoliyatini to‘xtatishga asosli sabablar bo'lganda, navbatdan tashqari umumiy yig'ilish qarori bilan uning faoliyati tugatiladi.


0‘zbekiston yoshlar ittifoqining
umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi
boshlang‘ich tashkilotlari
to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA

Boshlang‘ich tashkilotlarning yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasi tavsiyanomasi
NAMUNASI

Download 335.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling