O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi 5-9-sinflarda navoiyxonlik va boburxonlik kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma egamberdiyeva durdonaxon


Download 402.25 Kb.
bet20/24
Sana13.02.2023
Hajmi402.25 Kb.
#1193927
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
SSENARIY-NAVOIY-VA-BBOBUR

2-o’quvchi: Sendek menga bir yori vafodor toplmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.
Bu shakl-u shamoyil bila xud hur-u parisen,
Kim jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.
Ag’yor ko’z oldida ul yor ayon yo’q,
G’am xori ko’ngul ichra-yu g’amxor topilmas.
Ey, gul meni zor etmaki husning chamanida,
Ko’zni yumib ochquncha, bu gulzor topilmas.
Bobur seni chun yor dedi, yorlig’ etgil,
Olamda kishia yo’q esa, yor topilmas.
3-o’quvchi: Sochining savdosi tushdi boshima boshdin yana,
Tiyra bo’ldi ro’zg’orim ul qaro qoshdin yana.

Men xud ul tifli parivashg’a ko’ngul berdim, vale
Xonumonim nogohon buzilmag’ay bosgdin yana.

Yuz yomonlig’ ko’rib ondin telba bo’lding, ey ko’ngul,


Yaxshilig’ni ne kutarsen ul parivashdin yana.

Tosh urar atfol mani, uyida forig’ ul pari,


Telbalardek qichqirurman har zamon toshdin yana.

Oyog’im yetgancha Boburdek ketar erdim, netay,


Sochining savdositushdi boshima boshdin yana.


4– o’quvchi: Ko’ngulga bo’ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko’ngluma ermish qaro balo soching.

Muyassar o’ldi junun mulki, ey junun ahli,


Nisori ashkni emdi bu kun manga soching.

Soching shikastida bordur shikasta ko’ngullar,


Ko’ngullar chilur, ochilsa ul qaro soching.

Ochildi ko’ngli, chun ochting sochingni, Boburing,


Ne ayb, agar desa dilband-u dilkusho soching.
Bobur g’azali bilan kuylangan qo’shiqqa bir guruh qizlar raqs ijro etadilar.
2-boshlovchi: Davron meni o’tkardi sar-u, somondin,
Ayirdi meni bir yo’lda xon-u mondin.
Gah boshima toj gah baloyi ta’na,
Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin.
Sh. Jo’rayev ijrosidagi Bobur haqidagi qo’shiq past ohangda yangrab turadi. Sahnada Honzoda begim , Mohim begim qo’llari ko’sida bosh egib taxtning oldida turibdilar. Bobur sekin yurib sahnaga chiqadi. Ortidan Humoyin.

Download 402.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling