O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi 5-9-sinflarda navoiyxonlik va boburxonlik kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma egamberdiyeva durdonaxon


Download 402.25 Kb.
bet19/24
Sana13.02.2023
Hajmi402.25 Kb.
#1193927
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
SSENARIY-NAVOIY-VA-BBOBUR

2-boshlovchi: Bobur she’riyatida samimiylik, benihoya go’zal tuyg’ular,
alm va iztirob chizgilar qalbga yaqin ruhiya tila ifodalangan.
1-boshlovchi: Shu sabab ham uning she’rlari dillar torini chertuvchi mashoqdir.
Sahnaga Bobur ruboiylarini aytish uchun 6 ta o’quvchi chiqadi. Mumtoz musiqa past ovozda yangrab turadi.
1-o’quvchi: Azm ayla sabo, yet guli xandonimg’a,
Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimg’a.
Yetgil dog’i ishtiyoq ila Boburdin
Zinhor deigil salom tuqqonimg’a.
2-o’quvchi: Shohim senga ma’lum emastur , ne qilay,
Ohim sanga ma’lum emastur ne qilay?
Men yuz qoshing dermen-u sen – badr-u hilo,
Mohim, senga ma’lum emastur ne qilay?
3-o’quvchi: Sen gul sen-u men haqir bulbuldirmen,
Sen shu’lasen-u ul shu’lag’a men kuldurmen.
Nisbat yo’qtur debon ijtinob aylamakim,
Shahmen ela, va senga quldurmen.
4– o’quvchi: Jonimda mening hayoti jonim sensen,
Jismimda mening ruhi ravonim sensen.
Boburni seningdek o’zga yo’q yori azizi,
Alqissaki, umri jovidonim sensen.


5-o’quvchi: Ko’ngil tilagan murodig’a yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki ish muyassar bo’lmasa olamda
Boshin olib bir sorig’a ketsa kishi.


6-o’quvchi: G’urbat tug’i yorg’on ruhi zardinmu dey?
Yo hajr chiqarg’on ohi sardinmu dey?
Holing ne durur? Bilurmisan, dardimni!
Holingni so’raymu, yo’qsa dardimnimu dey!
Bobur g’azli bilan musiqa to’garagi a’zolar maqom aytadilar.
1-boshlovchi: Tuz oh, Zahiriddin Muhamad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sarishtayi ayshdin ko’ngulni zinhor,
Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sahnaga Bobur she’riyati ixlosmandlari bo’lgan o’g’il-qizlarni mushoira bazmi uchun taklif etamiz .
4ta o’quvchi milliy kiyimlarda Boburning g’azllaridan o’qiydilar
1-o’quvchi: Kim ko’ribdur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’?
Kimki ondin yaxshi yo’q , ko’z tutma ondin yaxshilig’!
Gar zamonni nafiy qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz netoyin, bu zamondin yaxshilig’!
Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonliq asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ma’ni har yomondin yaxshilig’?
Bori elga yaxshiilig’ qilginki, mundin yaxshi yo’q,
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’!
Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko’ribdur , ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig?

Download 402.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling