O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi 5-9-sinflarda navoiyxonlik va boburxonlik kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma egamberdiyeva durdonaxon


Bobur : Bu dard, bu hasrat, bu firoq. Sekin borib taxtga o’tiradi. Humoyin


Download 402.25 Kb.
bet21/24
Sana13.02.2023
Hajmi402.25 Kb.
#1193927
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
SSENARIY-NAVOIY-VA-BBOBUR

Bobur : Bu dard, bu hasrat, bu firoq. Sekin borib taxtga o’tiradi.
Humoyin: Nechuk undoq dersiz, hazratim
Bobur: Ko’nglimda allanechuk g’ashlik bor. (Biroz sukutdan so’ng hazin ohangda) Inson umri sham misoli yonib-yonib bir kun pasayarkan. Men ham umr bo’yi ayovsiz yondim.
Humoyin: (To’lqinlanib) Siz… Siz biz uchun ham yonib kuygansiz. Endi bu qarzni uzishga mening bor umrim ham yetmagay.
Bobur: (Xo’rsinib) Qarzingni menga uzolmasang farzandlaringa uzarsen. Temuriylarning ko’pchiligi fidoiylikni ututib yo’q bo’lib ketishdi. O’g’il otani o’ldirdi, tog’a singilga xiyonat qildi. Oqibatda bari razolatning qurboni bo’ldi undan ko’ra yaxshiliknng fidosi bo’lgan afzal emasmi? (Ko’z yoshini artayotgan Honzodabegimga qarab) Mana ammang Honzodabegim, Samarqandda meni qutqraman deb, o’zini asoratga soldi. Bu fidoiylik hamisha meni umrim davomida shunday bo’lishimga undab keldi. Sen ham endi singillaringni, farzandlaringni mardlikka, fidoiylikka o’rgatgin. (Tohirbekka qarab) Tohirbek.
Tohirbek: (Boshini egib, qo’li ko’ksida) Labbay, Hazratim.
Bobur: “Vaqoe”ni keltiring.
Tohirbek: Bosh ustiga, hazratim.
Tohirbek stol ustida turgan “Boburnomani” olib kelib Boburningqo’liga beradi.
Bobur: (Humoyinga qarab) Badxshonda “Vaqoe”ni so’ragan edingiz. Yozib tugalladim mana ola qoling. (Kitobni Humoyinga uzatadi. Humoyin ta’zim qilib kitobni oladi). Sendan iltimosib buni farzandlar ham o’qisin. Xatolarimni takror etmanglar yaxshi ishlarim oz bo’lsa ko’paytiringlar. Bu kitobdan nushalar ko’chirtirib Samarqang’a, Toshqang’a, Andijong’a munosib kishilarg’a yuboring. Men tug’ilgan yurt bilan aloqani uzmangiz, shoyat, bitgan kitoblar ikki aloqaning oradagi rishtalari bo’lsin.
Honzodabegim: (Ko’z yoshlarini dastro’molga artib, yig’i aralash) Aslo, also mundoq demang, Boburjoon. Men… Men sizdan besh yosh kattamen. Bu dunyodan ketish navbati avval meniki. Siz also taslim bo’lmang, inim. (Ortiga qarab, yelkalarini siltab-siltab yig’laydi )

Download 402.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling