O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi 5-9-sinflarda navoiyxonlik va boburxonlik kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma egamberdiyeva durdonaxon
Download 402.25 Kb.
|
SSENARIY-NAVOIY-VA-BBOBUR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-sinf uchun Boburxonlik kechasini o’tkazish bo’yicha bayram ssenariysi
- 1-boshlovchi
- 1-o’quvchi
- 3-o’quvchi
va 2- boshlovchi:
(Jo’rlikda) Dunyo daftariga o’zbek degan nom. Sahnaga tadbirda ishtirok etgan barcha o’quvchilar chiqib, Abdulla Oripov she’ri, Mutal Burxonov musiqasi asosida yaratilgan “Alisher Navoiyga qasida” qo’shig’ini musiqa jo’rligida ijro etadilar. 5-sinf uchun Boburxonlik kechasini o’tkazish bo’yicha bayram ssenariysi (Bayramona bezatilagan sahnada Bobur surati qo’yilgan. Sahna ortida Sh. Jo’rayev ijrosida “Yaxshilig’” ashullasi pastroq ovozda yangraydi. Sahnaga ikki boshlovchi – yigit va qiz chiqib keladi.) 1-boshlovchi: Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz, Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur. 2-boshlovchi: Tole’ yoqe jonimg’a balolig’ bo’ldi, Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi. O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim, Yo rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi. 1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar, qadrli o’quvchilar. 2-boshlovchi: Man bugun ham o’zbek mumtoz adabiyotiga o’zining munosib hissasini qo’shgan buyuk ajdodimiz shoh va shoir Zahirridin Muhammad Bobur tavalludining ___ yilligini nishonlamoqdamiz. 1-boshlovchi: Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda Farg’ona viloyatining hukmdori Ummarshayx Mirzo xonadonida tavallud topgan. 2-boshlovchi: Dovyurak, jasurligi uchunan yoshligidan “Bobur” ya’ni “Sher” laqabini olgan. 1-boshlovchi: 12 yoshida otasidan ayrilgan Bobur taxtni boshqaradi. Lekin g’animlarning tazyiqi va Shayboniyxon bilan bo’lgan urush va nizolardan so’ng Bobur taxtni tashlab Hidistonga ketishga majbur bo’ladi. 2-boshlovchi: Bobur Hindistonda Boburiylar imperiyasiga asos solgan bo’lsa-da, umri bo’yi Vatan sog’inchi bilan yashadi. She’rlarida ham buni takror-takror aytadi: Davron meni o’tkardi savri-samondin, Ayirdi meni bir yo’la xoni mondin. Gah boshima toj, gah baloyi ta’na, Nelarki boshimga kelmadi davrondin. 1-boshlovchi: Bobur davlatni boshqarish bilan bir qatorda, ko’plab ilmiy va badiiy asarlar yaratib, o’zbek adabiyoti xazinasini yana-da boyitdi. O’zining umr bo’yi ko’rgan-kechirganlari haqida “Boburnoma” asarini yaratadi. Buyukligi uning shohlikda emas, Taxt o’tkinchi shon-shavkat, xolos. G’azal bitgan xassos qalami uchun, Butun dunyo xalqi qo’ygandir ixlos. (Sahnaga 4 nafar o’quvchi Bobur ruboiylarini o’qish uchun chiqadi. Orqa fonda esa “Ey sabo” kuyi past ovozda yangrab turadi ) 1-o’quvchi: Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur, Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur. Sarishtayi ayshdin ko’ngilni zinhor, Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur 2-o’quvchi: Beqaydmen-u harobi siym ermasmen, Hammol yig’ishtirur laim ermasmen. Qobulda iqomat etdi Bobur dersiz, Andoq demangizkim, muqim ermasmen. 3-o’quvchi: Raftori-yu qaddig’a ravonim sadqa, Bir boqishig’a iki jahonim sadqa. Og’ziyu belig’a bud-u nobudim sarf Ko’ziyu labig’a jismi jonim sadqa 4-o’quvchi: Yod etmas emish kishini mehnatda kishi, Shod etmas emish kishini g‘urbatda kishi. Ko‘nglim bu g‘ariblig‘ga shod o‘tmadi hech, G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi. Download 402.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling