VIII. “Kun va tun” o’yini: “Ona yer” bilan suhbat.
Undagi muammolar. Qushlarning nidosi.
Bir o’quvchi Yer tilidan hozirgi dolzarb muammolardan bir nechtasini aytib
o’tadi. Bunda u atrof muhitning tobora ifloslanib borayotganini, odamlar orasidagi
mehir – oqibatning yo’qolib borayotganini, ayrim bolalar esa chiqindilarni turli
joylarga tashlab ketayotganini, suvni isrof qilayotganini va eng og’riqli “Orol”
muammosini ham aytib o’tadi. Birdan qushlarning sayrashi eshitiladi. Bir o’quvchi
ular tilidan so’zlaydi:
- Ayrim bolalar bizlarni tosh, rogatga bilan yaralab, inlarimizni buzib, bizlarga
ozor bermoqdalar. Biz erkin parvoz qilishdan ham cho’chib qoldik.
O’quvchilar yuqoridagilarga qo’shimcha ravishda o’z fikrlarini bayon
etadilar. O’qituvchi ularni to’ldirib boradi.
IX. Sardorlar bellashuvi: Ular “Besh qadam” deya nomlangan test sinovida
ishtirok etadilar.
Test:
1. Qaysi so’z jonli tabiatga kirmaydi?
A. Daraxt.
V. Havo.
D. Odam.
2. Suv tabiatda qanday holatda uchraydi?
A. 2 xil
V. 4 xil.
D. 3 xil.
3. Maqolni davom ettirin: “Odobli bola – elga...”
A. Yoqadi.
V. Mashhur.
51
D. Manzur.
4. Prezidentimi 2008 yilni qanday nomladilar?
A. “Amaliy yordam yili”
V. “Yoshlar yili”
D. “Homiylar yili”
5. O’zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi qachon qabul qilindi?
A. 1992 yil 2 iyul
V. 1991 yil 18 noyabr
D. 1992 yil 8 dekabr.
Har bir to’g’ri javobdan so’ng sardor bir qadam oldinga yurgan sardor g’olib
hisoblanib, rag’batga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |