O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti
JVPQTMOI: p.f.n. Aliqulov S
Download 449.54 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirish
JVPQTMOI: p.f.n. Aliqulov S.
57
A.Qodiriy nomli JDPI Boshlang’ich ta’lim p еdagogikasi fakultеti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishining 408 – guruh talabasi Qarshiboyeva Yulduzning “Boshlang’ich sinf atrofimizdagi olam darslarida nafosat tarbiyasini shakillantirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga rahbar
XULOSASI Respublikada qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning yosh avlod tarbiyasida o’rni maslasida alohida e’tibor qaratilgan. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilashga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham talaba tomonidan bajarilgan ushbu bitiruv malakaviy ishi ta'lim-tarbiya jarayonida tabiatshunoslik darslarida estеtik tuyg’uni shakllantirish muammolarini taxlil qilishga qaratilgan. Mazkur ishning birinchi bobida boshlang’ich ta’limda nafosat tarbiyasi va uning asoslariga yo’naltirilganlligi sababli yoshlarni tarbiyalashda jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy muammolarini bir-biridan ajratmagan holda, ulardan birortasini ham oldinma-keyin qo’ymasdan hal etish va unda milliy qadriyatlar, ularning ko’rinishlari, ma’naviyat, ma’rifat, pedagogika, psixologiya kabi ta’riflarga to’xtalishga va ularni o’rganishga to’g’ri keldi. Ushbu ishni bajarish jarayonida nafosat tarbiyasini yoshlar ongiga singdirish muammosi bilan shug’illangan bir qator faylasuf, pedagog va psixolog olimlarning izlanishlari kuzatilgan. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi asosan boshlang’ich ta’limda nafosat tarbiyasini singdirish texnologiyalarini o’rgatishda qo’llanilishi ko’zda tutilayotgan interfaol metodlar, axborot va telekomunikasiya vositalarining imkoniyatlariga qaratilgan. Bitiruvchi tomonidan bajarilgan ushbu bitiruv malakaviy ishining muammosi ilmiy jihatdan asoslangan. Bitiruv malakaviy ishi Oliy ta'lim talablari asosida tayyorlangan. Ishni yakuniy davlat attеstatsiyasi huzurida himoya qilishga tavsiya etaman. Ilmiy rahbar: p.f.n. Alimov N.N.
58
A.Qodiriy nomli JDPI Boshlang’ich ta’lim p еdagogikasi fakultеti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishining 408 – guruh talabasi Qarshiboyeva Yulduzning “Boshlang’ich sinf atrofimizdagi olam darslarida nafosat tarbiyasini shakillantirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z Bugungi kunda yurtimizda olib borilayetgan tub islohatlar inson omiliga qaratilganligi bois ham qilinayotgan jamiki ishlar xalqimizning kelajagiga qaratilgan.Olib borilayetgan har bir islohat zamirida yoshlar kelajagi , barkamol avlod tarbiyasi, yurt ravnaqi, xalq farovonligi o’z aksini topgan. Bitiruvchi tomonidan bajarilgan ushbu bitiruv malakaviy ishi ta'lim-tarbiya jarayonida tabiats
hunoslik darslarida estеtik tuyg’uni shakllantirish muammolarini taxlil qilishga qaratilgan. Bitiruvchi tomonidan yozilgan “Boshlang’ich sinf atrofimizdagi olam darslarida nafosat tarbiyasini shakillantirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Mazkur bitiruv ishi kirish qismida ishning dolzarbligi, ob'еkti, prеdmеti, vazifalari, ilmiy yangiligi talab darajasida rasmiylashtirilgan. Bitiruv malakaviy ishi birinchi bobida Boshlang’ich sinf uquvchilariga nafosat tarbiyasiri singdirishning axamiyati deb nomlanib ushbu bobda mavzuga oid adabiyotlar o’rganilib taxlil qilingan. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida esa Boshlang’ich sinfning atrofimizdagi olam darslarida nafosat tarbiyasini singdirish texnologiyalari deb nomlanib unda atrofimizdagi olam darslarida o’quvchilarda nafosat tarbiyasini takomillashtirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish hamda nafosat tarbiyasi vositalarini o’rgatish tizimi o’rganib chiqilgan. Bitiruv malakaviy ishida arfografik xatolar uchraydi, bu xatolar ishning mazmuniga salbiy ta’sir o’tkazmaydi. Bitiruvchi tomonidan bajarilgan ushbu bitiruv malakaviy ishining muammosi ilmiy jihatdan asoslangan. Bitiruv malakaviy ishi Oliy ta'lim talablari asosida tayyorlangan. Ishni yakuniy davlat attеstatsiyasi huzurida himoya qilishga tavsiya etaman.
59
Umumiy pedagogika kafidrasi o’qituvchisi: Farmonov O’. Download 449.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling