53
Umumiy xulosa.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi boshlang’ich sinf o’quvchilarida atrofimizdagi
olam darslarida nafosat tarbiyasini shakllantiriga qaratilgan bo’lib, unda asosan
nafosat tarbiyasini o’rgatish tizimiga qaratildi.
Boshlang’ich ta’limda nafosat tarbiyasini atrofimizdagi olam darslarida
shakllanganligi, milliy pedagogikamizda nafosat tarbiyasi xalqimiz ongiga chuqur
singdirilganligi yoritildi. Shunga asosan boshlang’ich sinf odobnoma darslarida
nafosat tarbiyasini singdirishda qanday tarzda foydalanish mumkinligi alohida
tadbiq etildi.
Mazkur ishning birinchi bobida boshlang’ich ta’limda nafosat tarbiyasi va
uning asoslariga yo’naltirilganlligi sababli yoshlarni tarbiyalashda jamiyatning
iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy muammolarini bir-biridan ajratmagan
holda, ulardan birortasini ham oldinma-keyin qo’ymasdan hal etish va unda milliy
qadriyatlar, ularning ko’rinishlari, ma’naviyat, ma’rifat, pedagogika, psixologiya
kabi ta’riflarga to’xtalishga va ularni o’rganishga to’g’ri keldi. Ushbu ishni
bajarish jarayonida nafosat tarbiyasini yoshlar ongiga singdirish muammosi bilan
shug’illangan bir qator faylasuf, pedagog va psixolog olimlarning izlanishlari
kuzatildi.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi asosan boshlang’ich ta’limda nafosat
tarbiyasini singdirish texnologiyalarini o’rgatishda qo’llanilishi ko’zda tutilayotgan
interfaol metodlar, axborot va telekomunikasiya vositalarining imkoniyatlariga
qaratildi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirishda yoshlarni
manan yetuk qilib tarbiyalash ko’p jixatdan boshlang’ich sinf o’qituvchisiga
bog’liq bo’lganligi bois ham ularni, ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilarini ta’lim
muassasalariga tayyorlashda aynan nimalarga e’tibor qaratishga to’xtalib o’tildi.