49
Tolib Yo'ldosh.
Hamda kitob haqida tegishli ma`lumotlar beradi. Kitob bilim manbai. Biz
kitobdan juda ko`p qiziqarli ma`lumotlarni olamiz. Kitob bizning eng sodiq
do`stimiz. Kitob bizga ko`p yillar xizmat qiladi. Kitob ajdodlardan – bizga ya`ni
avlodlarga qolgan buyuk merosdir. Shuning uchun biz kitobni sevishimiz, uni
asrashimiz, yirtilsa yelimlashimiz, unga kir bo`lmasligi uchun g`iloflar tikishimiz
lozim. Keyin o`qituvchi kitobga oid maqollar keltiradi.
Kitob – bilim manbai.
Ilmsiz - bir yashar, Ilmli – ming yashar.
Olim bo`lsang – olam seniki.
Keyin o`qituvchi o`quvchilarga tarqatma materiallar beradi. Tarqatma
materiallar quyidagi savollardan tarkib topadi.
1.Nima uchun kitob oftoib deyiladi?
2. Kitobni yana nimaga o`xshatish mumkin?
3. Kitob haqida qanday topishmoq, maqollar bilasiz?
4.Yuqoridagi maqollarniong ma`nosini ayting?
O`quvchilar javobi tinglangandan so`ng o`qituvchi “Meniki” va “Bizniki”
hikoyasini o`quvchilarga ichida o`qishini aytadi. O`quvchilar o`qib bo`lgach
o`qituvchi qisqacha mazmunini o`zi aytadi.
«MENIKI» VA «BIZNIKI».
50
Bir bola istirohat bog'ida o'rindiqda o'tirib, rasmli kitobni varaqlab ko'rardi. Rasmlari
unga juda yoqib qoldi shekilli, kitobning ayrim betlarini bir necha martalab ko'rdi.
Men ham uning yoniga o'tirib, kitobimni ochib o'qiy boshladim. Bir vaqt qarasam
haligi bola kitobining bir varag'ini yirtib ola boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: