O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Download 449.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/34
Sana05.01.2022
Hajmi449.54 Kb.
#205559
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirish

VATANIMIZ – 0’ZBEKISTON. 

Men tug’ilgan o'lka. 

Men tug'ilgan hur o'lka, 

Ozod Sharqda nur o'lka. 

Ko'rkam qishloq, shahari, 

Shod o'tar har mahali. 

Metall berar Bekobod

Farhod GESdan el obod. 

Nur olar har xonamiz,        

Gullagan Farg'onamiz. 

 

Xalqqa ust-bosh pillasi,  



Bebaho oq tillasi.  

Mevazor bog'u bo'ston, 

 Serquyosh O'zbekiston. 

Qudrat Hikmat. 



 

46 


O’qituvchi o’quvchilarga kitobda berilgan “O’zbekiston” matnini o’qib beradi 

hamda o’quvchilarga ifodali tarzda o’qitadi. Matn o’qib bo’lingach o’qituvch 

o’quvchilar diqqatini rasmga qaratadi. 

       O'zbekiston. 

O'zbekiston  —  paxta yetishtiruvchi mamlakat-lardan biri. O'zbekiston dalalarida 

paxtadan tashqari sholi, bug'doy, makkajo'xori, tarvuz, qovun, qovoq va boshqa ekinlar 

ham yetishtiriladi. Quyoshning jazirama issig'ida shirin-shakar uzumlar pishib 

yetiladi. 

O'zbekistonda eng yaxshi qorako'l teri va ipak tola yetishtiriladi. Respublikamizda 

zavod va fabrikalar ham ko'p bo'lib, ularda turli mashinalar, gilamlar, chinni va boshqa 

buyumlar ishlab chiqariladi. O'zbekistonda yer osti boyliklaridan ko'mir, neft, gaz 

va boshqa foydah qazilmalar ham juda ko'p. 

O'zbekistonning poytaxti -  Toshkent. U eng ko'rkam va zamonaviy 

shaharlardan biri. Toshkent gullarga boy serquyosh shahar. Bu yerda yilning deyarU 

to'qqiz oyi issiq bo'ladi. Yozning issiq oylarida havo harorati 40° dan ortadi. Qishda 

esa 0° dan pastga tushadi. Kamdan-kam hoUarda qattiq sovuq bo'ladi. Qalin qor 

qatlami faqat tog'larda uzoq saqlanib turadi. Bu tog'lar Toshkentni cho'lning issiq 

havosidan muhofaza qiladi. 

Toshkent do'stlik va birodarlik shahri hamdir. Bu yerda turli millat vakillari inoq 

yashaydi, ishlaydi va o'qiydi. 

      

 

 



 

 

 



 

 

 




 

47 


O’qituvchi: Aziz o’quvchilar endi sizlar bilan bugun egallagan 

bilimlaringizni tekshirib ko’ramiz. O’qituvchi “Qarorlar shajarasi” usulidan 

foydalanib darsni davom ettiradi. O’quvchilarni 3 guruhga bo’ladi, hamda 

guruhlarga tarqatma materiallar tarqatadi. Kartochkalar orqasida quyidagi savollar 

bo’ladi: 

1.  Siz qaysi shaxarda yashaysiz? 

2.  Siz yashaydigan ko’chaning nomi qanday? 

3.  Sizning shaxringizda nimalar qurilayapti? 

4.  O’zbekistonning poytaxti qayer? 

5.  Yozning issiq oylarida harorati qanday bo`ladi?  

6.  O`zbekiston dalalarida nimalar yetishtiradi? 

7.  O`zbekistona qanday tola yetishtiriladi?  

8.  Vatanimizda qanday foydali qazilmalar bor? 

O`qituvchi tarqatma materialladagi savollarni doskaga plakatga ham yozib 

keladi. Guruh sardorlari plakatdagi o`z guruhiga tegishli savollarni to`ldiradi. 

Savollarga javob olingach o`qituvchi hamma javoblarni umumlashtirib, guruh 

sardorlari bilan birgalikda qaror qabul qiladi.  

 Shundan so`ng oqituvchi guruhlarga Vatanimiz haqida qanday she`r, maqol, 

hikoya bilasiz? – deb savol bilan murojaat qiladi. Guruhlar o`zlari yod olgan she`r, 

maqol va hikoyalarini aytadilar. Eng ko`p O`zbekiston haqida ma`lumot bergan 

guruh g`olib sanaladi.  

Darsning yakuni: dars yakunida o`qituvchi guruhlarga va faol qatnashgan 

guruhga uyda o`zi tayyorlab kelgan bug`doy, paxta, pilla rasmlari chizib – 

qirqilgan aplikatsiyalarni beradi. Uyhga vazifa qilib Qudrat Hikmatning sh`erini 

yod olib kelishga beradi. 

2-dars.  

 

Mavzu: Kitob – oftob deyman.  



Darsning maqsadi: 

Ta`limiy maqsad: Kitob haqida bilimlarni yanada mustahkamlash. 




 

48 


Tarbiyaviy maqsad: Kitobni asrab, uni yirtmasdan tutishimiz kerakligini, uni 

ukalarimiz ham o`qishi kerakligini uqtirish. Kitobni do`stdek asrashga, uni toza 

salashga chaqirish. 

Rivojlantiruvcji maqsad: O`quvchilar bilimlarini ijobiy tomonga yo`naltirish. 

Darsning jihozi: darslik, ko`rgazmali qurollar, rasmlar tarqatma materiallar. 

Darsning turi; aralash, ko`rgazmali, savol – javob tarzida olib borish, qiziqarli 

kitiblar. 

Darsning borishi. I: O`qituvchi sinfga kiradi, sinf tozaligini tekshiradi, 

davomadni aniqlaydi, uy vazifasini tekshiradi. 

Darsning borishi. II: Asosiy qism: O`qituvchi darslikdagi Tolib Yo`ldoshning 

“Kitob – oftob, deyman.” She`rini ifodali qilib o`qib beradi. 


Download 449.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling