O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Download 449.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/34
Sana05.01.2022
Hajmi449.54 Kb.
#205559
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirish

San’at asarlari;  

-  musiqa; 

-  ashula; 

-   chiroyli surat orqali egallaydilar. 

Go’zallik  to’g’risidagi  bilim  va  tushunchalaridan  o’quvchilar  xatti-

harakatlarini, kishilar faoliyatini va tabiat hodisalarini baholashda foydalanadilar. 

O’quvchilar  ijodiy  mehnatning  turlariga  ko’ra  go’zalligini,  mehnat  sharoiti, 

mehnat maxsulini go’zalligini, mehnatdagi jasorat romantikasi orqali ko’tarinkilik 

kabi  murakkab  estetik  san’at  asarlari:  she’r,  ashula,  musiqa  asarlarining 

go’zalligini bilib oladilar. 

O’quvchilar  voqyelikdagi  hajv  ya’ni  asarlardagi  voqyelikka  doir  kulguli 

rasmlarni  tahlil  qiladilar.  Voqyelikdagi  hajiv-  bu  o’ziga  xos  qoidadan  chekinish, 

go’zallik,  shakl  va  mazmun  birligi  qonunlarning  buzilishi  ekanligini;  umri 

tugayotgan narsalar ustidan kulish estetik ideal, go’zallik uchun kurashning o’ziga 

xos  shakli  ekanligini;  hajiv  eskilik  bilan  yangilik  o’rtasidagi  ziddiyatlar  aks 

ettirilishini;  hayot  va  san’atda  hajiv  ko’pgina  vositalar  yordamida  (so’z,  surat) 

ifodalanishini,  shuningdek,  badiiy  faoliyat  va  san’at,  u  qaysi  turda  bo’lishidan 

qat’iy  nazar  inson  dunyoni  estetik  o’zlashtirganligining  oliy  ko’rinishi  ekanligini 

bilib olishlari kerak. 

Pedagog  o’quvchilarga  san’at  turlari  haqidagi  bilimlarni  berish  bilan  birga 

ularning estetik hissiyotini bir joyga to’playdi, hamda mazmunli estetik mulohaza 

yuritishga o’rgatadi.  

O’quvchilar nafosat tarbiyasi jarayonida nafosatga oid malaka va ko’nikmalar 

ham  egallashlari  lozim.  Musiqa  faoliyatiga  doir  ijrochilik,  qo’shiq,  musiqaviy 

harakat qilish, musiqa asboblarini chalish kabilarni egallab olishlari ko’zda tutiladi. 



 

41 


Tasviriy  san’at  asarlarini  diqqat  bilan  kuzata  bilish,  ularning  mazmuni  va 

ifoda  vositalarini,  tahlil  qilish  janrlarni  bir-  biridan  farqlash  malakalarini 

egallaydilar. 

Musiqa va rasm darslarida    pedagog   o’qituvchilarda  mustaqil izlanish, ijod 

qilishga doir ko’nikmalarni rivojlantiradi.  

Estetik  tarbiya  vositalari  –  o’quvchilarnig  estetik  tarbiyalash  maqsadida 

tevarak-atrofdagi  tanlab  olingan  turmush,  tabiat,  san’at  estetikasi  va  bolalarning 

badiiy  ijodi  hisoblanadi.  Oila  go’zallikning  birinchi  maktabi.  Oila  a’zolarining 

o’zaro munosabatlari, uyning jihozlari, ularning yagona birligi, uyg’unligi, tartibli   

joylashtirilishi,   saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi 

yodgorlik va a’lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalar estetikasiga 

ta’sir etadi. Turmush estetikasining asosini tozalik va tartiblilik tashkil etadi. Sinf 

xonalarida tozalikni saqlanishi, tabiat burchagini tashkil etilishi, o’quvchilar ijodiy 

ishlari ko’rgazmasi, a’lochilar taxtasi va boshqalar o’quvchilarning estetik didlarini 

tarbiyalaydi.  Tabiat  eng  muhim  estetik  tarbiya  vositasidir.  Tabiat  turlicha 

estetik  kechinmalarning  asosi  bo’lib,  tabiatdan  ta’sirlanish,  uni  ko’ra  bilishga, 

eshita  olish  qobiliyatiga  bog’liqdir.  O’quvchilarning  tabiatga  sayohatlari,  turistik 

yurishlari,  ular  diqqatini  tabiat  go’zalligiga  qaratish  imkonini  beradi.  O’quvchilar 

yilning to’rt faslida tabiat o’ziga xos rang olishini, o’zgarishini bilib oladilar, tabiat 

hodisalariga  qiziqish  kuchayadi  va  tabiatni  asrab-avaylash  kerakligini  chuqurroq 

anglab  etishlariga  yordam  beradi.  O’quvchilar  tabiatshunoslik  darslarida  nafaqat 

tabiiy  bilimlarni  o’zlashtiradilar,  balki  tabitda  go’zallikni  yaratishni,  maktab 

hovlisini  ko’kalamzorlashtirish,  gulzor  yaratish,  daraxt  o’tqazish  va  parvarish 

qilish  kabilar  bolalar  ruhiyatiga  kuchli  ta’sir  etadi  va  estetik  ko’nikma-

malakalarini  shakllantiradi.  San’at  turlari  asosiy  tarbiya  vositalari  bo’lib, 

san’atning  xilma-xil  ko’rinishlari  va  janrlari  yordamida  o’quvchilarning  rang-

tasvir,  qalam  tasvir  haqidagi  bilimlari,  haykaltaroshlikka  doir  ko’nikma  va 

malakalari,  ijodiy  qobiliyatlari  shakllantirilib  boriladi.  Rasm  darslari  tasviriy, 

amaliy, arxitektura  san’ati, o’zbek  va  chet  yel  san’at  ustalarining ijodlari,  asarlari 

bilan  tanishtiradi,  hamda  asliga  ko’ra,  xotira  va  tasavvurlari  asosida  rasm  chizish 




 

42 


malakalarini  tarbiyalaydi.  Darsdan  tashqari  suhbatlar,  kechalar,  ko’rgazmalar   

tashkil   etish,    muzey,   rasmlar   galereyasiga,   san’at yodgorliklari, rassom va 

me’morlar,  haykaltarosh  ustaxonasiga  sayohat  amaliy  san’at  to’garagiga 

qatnashish,  tanlovlar  o’tkazishni  tashkil  etilishi  bolalar  tarbiyasida  muhim 

vositadir.  Estetik  tarbiya  berishda  ashula  va  musiqaning  roli  benihoya  kattadir. 

Musiqa va ashula o’quvchilarning musiqaviy qobiliyatlarini, musiqiy xotira, didini 

o’stiradi,  Musiqadan  nazariy  ma’lumot  beriladi,  ular  notalar,  turli  davralardagi 

musiqa  asboblari,  musiqashunoslarning  ijodi,  oqimlar,  janrlar  bilan  tanishadilar. 

Bolalar  birgalikda  ashula  aytishga,  raqsga  tushishga  o’rganadilar.  O’zbek  xalq 

klassik musiqalari, ashulalarini ijro etishga harakat qiladilar. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

43 



Download 449.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling