Bitiruv malaka ishining tadqiqot bosqichlari: Muammoni tadqiq etish 2 yil (2010-2011 yillar)
mobaynida quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi:
Birinchi bosqich ( 2010 yil)da bitiruv malaka ishi bo`yicha tadqiqotning dastlabki ilmiy farazi
ifodalandi. Bitiruv malaka
ishi mavzusiga doir nazariy, metodik adabiyotlar o‘rganildi. Tadqiqot
mazmuni, mohiyati, mashg‘ulotlar, taxminlar ishlab chiqilib, keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borildi.
Ikkinchi bosqich (2011 yil)da tajriba va nazorat guruhlaridagi o‘quvchilarda harakatga doir
masalalar yechilishi haqidagi tasavvurlarini hosil qilish faoliyatini shakllantirishga qaratilgan pedagogik
tajriba-tadqiqot ishlari tashkil etildi.
Bitiruv malaka ishi tadqiqot metodlari harakatga doir matnli masalalarni o`rganishga oid
adabiyotlarni nazariy va metodik jihatdan tahlillari; tajribalar,
kuzatishlar, anketa so‘rovlarini
uyushtirish, suhbatlar respublikamizda foydalanilayotgan o‘quv qo‘llanmalari, darsliklarini didaktik
tahlil qilish, o‘yin elementlari ishlanmalarini yaratish va sinab ko‘rish va h.k. lardan foydalanildi.
Himoyaga olib chiqiladigan holatlar:
- Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida matnli masalalar,
jumladan masofa, tezlik va vaqt bilan
bog`liq masalalar ustida ishlash tizimi mavjud holati va uni o‘rganishning ilmiy-uslubiy hamda amaliy
tahlili;
- boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan harakatga doir matnli masalalarning asosiy mazmuni va uning
o‘ziga xos xususiyatlari;
- 4-sinfda o`rganiladigan harakatga doir matnli masalalar ustida ishlashning tashkiliy uslubiy
tomonlari va vositalari;
-
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini
yanada takomillashtirish va
samaradorligini oshirishning pedagogik va axborotli shart-sharoitlari;
-
boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari uchun matematika darslarida harakatga doir matnli masalalar
ustida ishlashga ko‘mak berishga qaratilgan uslubiy tavsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: