O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana08.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1254282
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy

BIRINCHI BOBGA DOIR XULOSALAR 
 
Birinchi bobga doir materiallarni o’rganish tufayli shuni alohida ta’kidlash 
joizki, asrlar davomida o’zbek oilasi mustahkam va baxtli bo’lishi uchun o’zida 
yaxshi ma’nodagi paternalizm tamoyilini asrab kelmoqda. Paternalizm (lot. Pater – 
ota, paternus – otalarcha,) – kishilar ongiga “otalarcha g’amxo’rlik” va “ijtimoiy 
sheriklik” g’oyasini singdirishga qaratilgan qarash va faoliyat majmuidan iborat.
Birinchidan, oila muhitidagi paternalizm – otaning obro’-e’tiborliligi, 
farzandlar tarbiyasi va oila farovonligidagi o’z o’rni va mas’uliyatini anglashi va 
buning oila a’zolari tomonidan ongli e’tirof etilishidir.
Ikkinchidan, bundan tashqari, ushbu tushuncha oiladagi keksalar, qariyalar, 
yoshlar, yordamga muhtojlar yoki iqtidorlilarga hamisha ko’maklashish, ular 
uchun etarli hayot sharoitini yaratishni ham nazarda tutadi.
Uchinchidan, Paternalizm g’oyasi o’zida insonparvarlik, hamkorlik 
g’oyalarini ifodalab, xalqning umumiy qiziqish va intilishlarini aks ettirgani uchun 
ko’p hollarda jamiyatni birlashtirib, uning ravnaqi uchun xizmmat qiladigan omil 
hisoblanadi, bu tom ma’noda mohiyatan o’zbek oilalarida o’z ifodasini saqlab 
qolgan. Bu qadriyat “oilaviy burch”, “hamjihatlik ruhi”, “fidoyilik”, 
“vatanparvarlik”, “oilaviy qadriyatlarga sadoqat”, “kattalarga hurmat”, “kichikka 
g’amxo’rlik” kabi tushunchalarga asoslanadi. 
To’rtinchidan, oila ijtimoiy institut sifatida o’zining barcha vazifalarini 
bajargan taqdirdagina, mafkuraviy tarbiyaning kafolatli o’chog’iga aylanadi. Zero, 


33 
har bir oilaning muqaddas vazifasi – qobiliyatli farzandlarni o’stirish, ularni 
jismoniy, intellektual va ma’naviy tomondan etuk qilib, ota-onasiga, Vataniga 
sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Ya’ni, ham ma’naviy, ham jismoniy 
jihatdan sog’lom, barkamol inson faqat sog’lom oilada shakllanishi mumkin. 
Oiladagi sog’lom muhit va barqarorlik esa yaxlit jamiyat ma’naviy takomilining 
aslosidir. 
Beshinchidan, xalq psixologiyasida mafkuraviy ta’sirchan omillar mohiyatini 
bilish, yangicha rasm-rusmlar marosimlarning ahamiyatli tomonlarini kundalik 
turmush tarziga aylantirish yoshlar e’tiqodiga samarali ta’sir ko’rsatuvchi 
pedagogik texnologiyalarga kiradi. 


34 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling