O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
2.4. Amaliy ishlar paytida mehnat xavfsizligi qoydalari
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish gruhini aniqlashni orgatishda yangi oquv usullaridan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ulash shunurlarining asosiy ma`lumotlari Shnur markasi Nomi Qo`llanish sohasi
- Wquv kursi bwyicha umumiy tushuncha berish. Talabalarda elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi, wzgarmas tok elektr zanjirlari, elektr
- : Ma`ruza, kwrgazmali, suhbat, “B-B-B”, “Tushunchalar tahlili” ta`lim texnologiyalari Ta`lim berish shakllari: Ommaviy, jamoaviy
- Elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi
- Talabalar bilimlarini faollashtirish maqsadida quyidagi savollar beriladi
- Foydalanilgan adabiyotlar
43 2.4. Amaliy ishlar paytida mehnat xavfsizligi qoydalari. Mehnat ta`lim jarayonida o`quvchilar harakat qilish ko`nikmalari va o`quvlarini o`zlashtirishadi; ularda yangi shartli reflektor aloqalari paydo bo`ladi. Jismoniy mehnat ta`siri ostida harakatlar koordinatsiyasi takomillashadi, suyak sistemasi mustahakamlanadi, muskullar sistemasi rivojlanadi, nafas olish va yurak – qon tomir sistemalarining ishlashi yaxshilanadi, moddalar almashuvi ko`chayadi. Slesarlik ustaxonasida havo xarorati 16-18 0 S durodgarlik ustaxanosida 15-17 0 S
bo`lishi kerak. O`quv ustaxanolari muntazam ravishda shamallatib turishi lozim, chunki ba`zi mehnat jarayonlari (metallarni payvandlash, ularga termik ishlov berish, elim tayyorlash, buyumlarni bo`yash va hokazo) bajarilayotganda zararli gazlar ajralib chiqadi. Katta – kichikligiga qarab ustaxonalar tabiy shamollatishi (agar har qaysi o`quvchiga 40 m 3 den ko`p maydon to`g`ri kelsa) va un`iy ravshda shamollatilishi (agar bir o`quvchiga 40 m 3 dan kam maydon to`g`ri kelsa) mumkin. Ish o`rnining normal yoritilishi ishda katta ahamiyatga ega yaxshisi, tabiy yorug`likdan foydalanishga to`g`ri keladi. Bunda gigenist vrachlar ishlab chiqqan normativlarga amal qilinadi ish o`rnining yoritilganligi 100-200 moks atrofida bo`lishi kerak. Ammo yorug`lik normal bo`lganda ham o`quvchilarga individual tarzda yondashish lozim; vrach konsul`tatsiyasiga muvofiq o`qituvchi ko`zi yaxshi ko`rmaydigan o`quvchilarni yaxshi yoritilgan joyga qo`yishi zarur. O`qo`vchilarning mehnat
qobiliyatiga ustaxonalarida ishlaganda chiqadigan shovqin ta`sir qiladi. Tadqiqot natijalarining ko`rsatilishiga, ba`zi
44 operatsiyalar ( metallarni plita ustida kesish, taxtalarni disk arrada tili sh va hokazo) bajarilayotganda ruxsat etilganidan kuchliroq shovqin chiqadi. Shuning uchun barcha ortiqcha shovqinni, xususan, zagatovkani notug`ri mahkamlash yoki mehnat operatsiyalarini notug`ri bajarish bilan bog`liq bo`lgan shovqinni bartaraf etish kerak. O`quvchilarning mehnat qobiliyatiga ta`sir qiluvchi tashqi muxit omillari haqida gapirganda maktab ustaxonalarining ong jihatidan bezatilishini unitmaslik lozim. Elektr zanjirini montaj qilish uchun ishlatiladigan simlar izolyatsiya bilan qoplanadi. Izolyatsiyalangan simlar ham tok o`tkazuvchi tomi r va izolyatsiya qөbig`idan iboratligi ko`rsatiladi. Nima maqsadda montaj simlari izolyatsiya bilan qoplanadi ? deb qo`yilgan savol o`quvchilar uchun murakkab emas, lekin u o`quvchilarning e`tirofini aktivlashtiradi. O`quvchilarni simlarning bir tamirli va ko`p tamirli, izolyatsiyalangan va izolyatsiyalanmagan turlari bilan tanishtirish zarur. O`tkazgichlarning turli shartlarida ishlatilishi haqida aytib o`tiladi. Yaqqollik o`chun alohida o`tkazgichlardan emas, balki elektroradiotexnikada qo`llaniladigan simlarning asosiy turlari o`rnatilgan maxsus stenddan foydalanilgan ma`qul. Shuningdek, elektrotexnika ishlarini bajarishga doir mashg`ulotlarda qo`llaniladigan o`tkazgichlar haqidagi asosiy ma`lumotlarga ega bo`lgan jadval tuzish maqsadga muvofiq bo`ladi.
45 Ulash shunurlarining asosiy ma`lumotlari Shnur markasi Nomi Qo`llanish sohasi ShBVG
Plastmassa (polivinilxlorid) izolyatsiyali parallel simli egiluvchan shnur Stolga, devorga va polga o`rnatiladigan lampalarda ventilyator, choynak va boshqa priborlarda ShBVVP Plastmassa qobiqli plastmassa izolyatsiyali, yassi parallel simli egiluvchan shnur Shuning o`zi ShBRO
Kalava ip o`rab qoplangan, rezina izolyatsiyali, simlari eshilgan egiluvchan shnur Shuning o`zi
Kvartira elektr liniyasini o`tkazish o`chun avval tegishli talablarga javob beradigan simlarni tanlash, ulardan ba`zilari tug`risida o`quvchilar bilan gaplashib olish krak. Masalan, xavsiz ishlatish o`chun pishiqligi, yong`in chiqishi jihatidan xavfsizligi, katta nagruzkaga bardosh bera olishi, iloyatsiyasining chidamliligi, estetikligi va boshqalar to`g`risida gapriladi. Tanlangan simlar qo`yilgan talablarga javob berish uchun ularning asosiy xarakteristikalarini bilish kerak. Agar simning markasi ma`lum bo`lsa, o`nga xarakteristika berish mumkin. Simlar, odatda, harflar va raqamlar bilan
46 markalanadi. Harflar bilan sim va izolyatsiya materiali tomirlar soni belgilanadi; Sh-shnur, B-ro`zg`orbop, P-yassi, V – plastmassa izolyatsiyali, R-rezina izolyatsiyali, G-egiluvchan (gibkiy), O-to`qilgan o`rama, A-alyuminiy simli. Raqamlar esa sim uchun mo`ljallangan ko`chlanishni ko`rsatadi. Masalan, APR – 500 markasi simning alyuminiy tomiri, rezina izolyatsiyali 500 V gacha ko`chlanishga mo`ljallanganligini bildiradi. Har bir konkret holda simlarning xarakteristikasini bilish o`chun elektromontyor spravochnigidan foydalaniladi. Undan qanday foydalanish kerakligini o`quvchilarga ko`rsatish zarur. Simlar haqida ma`lumotlarga ega bo`lgach, o`quvchilar ularni ulashga kirishishlari mumkin, biroq bunda avvol o`quvchilarni elektr montaj asboblari bilan tanishtirib chiqish kerak. Montaj asboblari bilan tanishtirishni o`qituvchi suhbat yo`li bilan amalga oshiradi. O`qituvchi asboblar naboridan o`tkir jag`li ombirni olib, o`quvchilarga uni o`z naborlaridan topishlarini so`raydi. Ularning e`tiborini omburning kesuvchi qurallari o`tkirlanganiga jalb qiladi. Bu asbob simlarni qirqish (kesib olish) va ulardan izolyatsiyani ajratib olish uchun xizmat qilishni aytadi. Omburdan foydalanish usullarini ko`rsatib beradi. Xudi shu tarzda o`quvchilarni yassi jag`li ombir, dumolaq jag`li ombir, passtajlar qisqichlar va montaj qilishda zarur bo`ladigan boshqa asboblar bilan tanishtiradi. O`qituvchi suhbat davomida o`quvchilar diqqatini hamma asboblarning dastasiga izolyatsiya qoplaganligiga qaratadi. So`ngra «nima sababdan elektr
47 montaj asboblarining dastasiga rezina yoki plastmassa nayga kiygiziladi?» degan savolni beradi. Nihoyat, simlarni montaj qilishga tayyorlash ishlari boshlanadi.Ko`pgina tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlanganki, xona va jihozlarni pardozlashda to`g`ri rang tanlash yo`li bilan yaxshi kayfiyat uchun sharoit yaratish mumkin ekan yaxshi jihozlangan va dad bilan bezatilgan ustaxonada ishlash o`smirlarda mehnat madaniyatini tarbiyalash va ularni estetik jihatdan tarbiyalashga qulay sharoitlar yaratiladi. O`quvchilarning ustaxonalardagi mehnat xavfsizligi qoydalarni amal qilishda quydagilarni xisobatga olib borish zarur. - Ushbu qoidalarga muvofiq, mehnat ta`limi o`qituvchilari va to`g`arak rahbarlari - Mashg`ulotlarni sog`lom va xavfsiz sharoitda o`tkazishga qaratilgan barcha zarur chora – tadbirlarni ko`rishga; - Mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir amaldagi qoida hamda instruktsiyalarning bajarilishini ta`minlashga; - Tegishli uskunalar va mehnat xavfsizligiga doir qoida hamda normalarda ko`zda tutilgan boshqa shart – sharoitlar mavjud bo`lganda amaliy ishlar o`tkazishga; - Ish o`rinlari, uskunalar, priborlar, asboblarning xavfsiz ahvolda bo`lishini va xonalarning ahvoli sanitariya talablariga javob beradigan
48 darajada bo`lishini ta`minlashga; - O`quvchilarga mehnat xavfsizligidan instruktaj berishga va bu haqda jurnalga rasmiylashtirib yozib qo`yishga; - Instruktaj o`tkazganligi to`g`risida quydagi formada yozib borishga; Ta rt ib n o m eri Ins trukt a j o lg a n sha x sni n g fa m il iy a si , is m i o ta si ni n g is m i Si nf Sa n a Ins tr ukt a jn ing m a zm uni Ins trukt a j o `tk a zg a n sha x sni n g F .I. sh Ins trukt a j o `tk a zg a n sha x sni n g i m zo si Es la tm a
Xavfsiz mehnat sharoitlarini ta`minlashga qaratilgan chora – tadbirlar ishlab chiqishga; - Hayot o`chun xavf bo`lgan ish yoki mashg`ulotlarni to`xtatib qo`yib, bu haqda maktab direktoriga aytishga; - Ruy bergan har bir baxtsiz hodisa to`g`risida darhol maktab direktorini xabardor qilishga; - O`z vazifalarini bajarmasliklari oqibatida sadir bo`lgan baxtsiz hodisalar uchun javob berishga majburlar.
49 Bir soatlik dars konspektasi Mavzu: O`zgarmas tok elektr zanjirlari. Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari Dars maqsadi: Wquv kursi bwyicha umumiy tushuncha berish. Talabalarda elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi, wzgarmas tok elektr zanjirlari, elektr zanjirlarining asosiy qonunlari, elektr tokining ishi va quvvatiga oid bilimlarni shakllantirish. Talabalarda mustaqil fikrlashni shakllantirish Dars turi: aralash Ta`lim berish usullari: Ma`ruza, kwrgazmali, suhbat, “B-B-B”, “Tushunchalar tahlili” ta`lim texnologiyalari Ta`lim berish shakllari: Ommaviy, jamoaviy Ta`lim berish vositalari: Komp`yuter, proektor, slaydlar Monitoring va baholash: Og`zaki nazorat, savol-javobli swrov Darsning borishi: Yangi mavzuni tushuntirish rejasi: 1. Elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi 2. O’zgarmas tok elektr zanjirlari 3. Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari 4. O’tkazgich qarshiligini hisoblash 5. Elektr tokining ishi va quvvati Elektrotexnika-elektr zanjirlarida va elektromagnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarining hosil bwlish va wzgarish qonuniyatlarini wrganadigan fan va texnika sohasidir.
Elektrotexnika tarixi wz ildizlari bilan qadim zamonlarga kirib ketgan. U musbat va manfiy zaryadlangan elektr zarrachalar va ohangrabo temirlar (magnitlar) xususiyatlarini wrganishdan boshlangan. Ammo shunga qaramay, XIX asrning boshlariga qadar, 300-400 yil mobaynida, hech kim elektr va magnit hodisalarini bir-biri bilan chambarchas bog`langanligini aytib berolmagan. Aynan
50 elektr va magnit hodisalari yagona tabiatli elektromagnit maydonining ikki turli, ikki tomonli xususiyati ekanligi isbotlanganidan keyin elektrotexnika qudratli texnika sohasiga ay Birinchi izlanishlar - elektr va magnit hodisalarini wrganishdagi dastlabki yutuqlar sababchilari sifatida ingliz fizigi U.Gil`bert (1544- 1603 y.,), rus olimlari M.V. Lomonosov (1711-1765 y.) va F. Enipus (1724-1802 y.), frantsuz fizigi Sh.Kulon (1736-1806 y.) va boshqalarni kwrsatish wrinlidir. Ular tufayli insoniyat hayoti bilan chambarchas bog`langan tabiatning vujudi twla- twkis elektromagnit hodisalardan iboratligi isbotlandi. Qolaversa, bu olimlar ochgan qonun-qoidalar hozirgi zamonaviy fundamental fanlarga ham asos bwldi. 1735 yilda Sh.Kulon har qanday ikkita q 1 va q
2 elektrlangan zarrachalar (zaryadlar) wrtasida elektr maydon kuchlari hosil bwlishini isbotlab, ular wrtasidagi wzaro tortishish (yoki itarilish) kuchi shu zaryadlarning massalariga twg`ri proportsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsionalligini kwrsatib berdi. Undan tashqari Kulon elektr zaryadlarini tok wtkazgichlarining faqat sirtidagina joylashishini aytib berdi. Magnit momenti va zaryadlarning qutblanishi twg`risidagi ma`lumotlarni ham ushbu olim qoldirgan. 1820 yilda Daniyalik fizik X.Ersted (1777-1851 y.) harakatdagi zaryad (yoki elektr toki) wz atrofida magnit maydoni hosil qilishini isbotladi: bu hodisa elektr va magnit maydonlarining wzaro bog`langan holatda vujudga kelishini tajribada tasdiqladi. Xuddi wsha 1820 yilda frantsuz olimi A.Amper (1775-1836 y.) dumaloq g`altak (solenoid) atrofida, wzgarmas tok wtishi natijasida, hosil bwlgan magnit maydoni tabiiy temir magnitlarining maydonidan farq qilmasligini kwrsatdi. Demak wzgarmas magnitlar maydoni ham ular tarkibidagi molekulyar toklar oqimi natijasida vujudga keladi deb xulosa qildi olim. Shunisi qiziqarliki, er magnetizmi twg`risidagi zamonaviy nazariyalar ham er atrofidagi magnit maydonini er yuzidagi toklar bilan bog`laydi. Keyingi wta muhim kashfiyot - 1831 yilda topilgan elektromagnit induktsiya hodisasi, ya`ni magnit maydonida harakat qilayotgan wtkazgich sim chekkalarida elektr yurituvchi kuch hosil bwlishi hisoblanadi. Bu fizikaviy fundamental qonunni
51 yaratgan ingliz olimi M.Faradey (1791-1867 y.) yana bir bor magnit va elektr hodisalari bir-biridan ajralgan holatda mavjud bwla olmasligini isbotladi. 1833 yilda rus olimi E.X.Lents (1804-1865 y.) elektr toki hosil qilgan magnit maydoni kompas milini harakatlantirishi va magnit maydonida harakatda bwlgan wtkazgichda e.yu.k. hosil bwlishi qonuniyatlariga yagona elektromagnit va wzaro teskari jarayonlar deb baho berdi. Ammo shu bilan birga bu izlanishlar X.Ersted va M.Faradey yaratgan qonunlarning bir-biriga bog`liqligini namoyish etgan.
Elektr manbalari yaratishda va ular energiyasining iste`mol qilinishi, boshqa turli energiyalarga aylanishi nazariyasini ishlab chiqishda yana bir guruh olimlar faol ijod qilganlar. Bular ichida: ital`yan fizigi A.Vol`ta (1745-1824 y.) wzining kashfiyoti bilan dunyoda birinchi elektr kimyoviy generator yaratgan (1799 y.); rus akademigi V.V. Petrov (1761- 1834 y.) tarixda birinchi bwlib (1822 y.) elektr yoy kashf etgan; nemis fizigi G.S. Om (1787-1854 y.) elektr tokining kuchini zanjir qarshiligi bilan bog`lagan (Om konuni - 1826 y.); nemis olimi G.R. Kirxgof (1824-1887 y.) wz vatandoshi G.S. Omning gal`vanik elektr zanjirlariga bag`ishlagan nazariyasini muvaffaqiyat bilan davom ettirib, 1847 yilda wzining mashhur “I va II Kirxgof qonunlari” ni yaratdi. Natijada XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab elektrotexnika ham nazariy, ham amaliy jihatdan juda rivojlanib ketdi. Evropaning deyarli xamma yirik davlatlarida (Frantsiya, Angliya, Germaniya, Rossiya, Italiya va x.k.) sanoat energetikasi oyoqqa tura boshladi: elektr mashinalar, transformatorlar, elektr uzatuvchi liniyalar va boshqa energetika texnikasi yaratilishi avj oldi. Shu bilan bir qatorda elektr aloqa texnikasi (telegraf, telefon va x.k.) va avtomatika elementlari paydo bwla boshladi. Elektrotexnika nazariyasi esa yildan-yilga boyib bordi va nihoyat buyuk ingliz olimi J.K. Maksvell (1831-1879 y.) bu fanning twla-twkis g`alaba qozonishiga asosiy sababchi bwldi. M.Faradey asoslagan elektromagnetizmga tegishli porloq g`oyalar J.Maksvell ijrosida yangi kuchli sifatlarga ega bwldi. Natijada tabiatning boshqa sohalariga ham elektromagnit qiyofa berildi; shu jumladan yorug`lik tarqalishi qonuniyatlariga ham elektromagnit sayqal berildi.
52 Xullas, kwp yillar mobaynida har xil ilmiy ywnalishlarda twplanib qolgan talay muammolar Maksvell nazariyalari yordamida echila boshladi. Fizika tarixida birinchi marta ”Elektromagnit maydoni fazoning shunday bir qismiki, u wzini va wz ichiga olgan moddalarni (narsalarni) elektrlangan yoki magnitlangan holatda ushlab turadi“ - deb xulosaga kelindi. J.Maksvellning mashxur bwlgan twrtta differentsial tenglamasi elektrodinamika fanining yanada rivojlanishiga asos bwldi. Chuqur tushunchalar berib twxtalmaganda, bu tenglamalar tegishlicha: Gauss teoremasi, elektromagnit induktsiya hodisasi, magnit kuch chiziqlari uzluksizligi va twla tok qonunlarini differentsial kwrinishda aks ettiradi. J.Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida buyuk olimlar Genrix Gerts (1857-1894 y.), P.N.Lebedev (1866-1912 y.), A.S.Popov (1859-1906 y.) tomonidan amaliy tasdiqlanib, elektromagnit twlqinlar (radio twlqinlari) hisobiga elektrotexnika, radio va televidenie vujudga kelishiga sababchi bwldi. Elektrotexnikaning rivojlanishi XX asrning boshlarida fan va texnikaning yirik va amaliy soxalarini kashf qilish bilan nishonlandi. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda katta-katta elektrogeneratorlar, uni masofaga uzatishda esa yirik va yuqori kuchlanishli transformatorlar kashf etildi. Elektr yuritgichlar (motorlar) zavod va fabrikalarda bug` mashinalarining wrnini egalladi va sekin-asta transportda elektor yuritma vazifasini ham bajara boshladi. Bu esa elektrotexnikadan ”elektr mashina va transformatorlar“, ”elektr yuritma“, ”korxona va shaxarlarni elektrlashtirish“, ”elektr stantsiyalar, elektr tarmoqlar va sistemalar“ kabi yangi ywnalishlar ajralib chiqib, ularning mustaqil fan sohalariga aylanishiga olib keldi.
1. Elektr energiyasining inson hayotidagi ahamiyati qanday? 2. Elektr toki deb nimaga aytiladi? 3. Tok kuchi deb nimaga aytiladi?, tok kuchining birligi? 4. Kuchlanish deb nimaga aytiladi?, kuchlanish birligi
53 5. O’zgarmas tok deb nimaga aytiladi? 6. Elektr qarshilik deb nimaga aytiladi?, qarshilik birligi 7. Elektr tokining ishi va quvvati qanday aniqlanadi?
O`qituvchi o`tilgan mavzuga doir har xil topshiriqlar berib, test sovallari va krassvord o`yini orqali mustaqil shug`ullanishlari uchun vazifalar beradi. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi. 1. Tezkor savollar berish orqali mavzu mustahkamlanadi. (10-ilova) 2 Mavzu bwyicha yakuniy xulosa yasaydi, muhim jihatlarga ishtirokchilar diqqatini jalb qiladi, mavzu yuzasidan talabalarni qiziqtrigan savollarga javob beradi. 3. Uy vazifa beradi: “Tushunchalar tahlili” metodining mazmuni va baholash mezonlari bilan talabalarni tanishtiradi. Mavzuga oid atamalarni “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanib yoritib kelish.
Yakuniy qism Ilm va texnikani rivojlantirish tajribali mutaxassislarni tayyorlash, ularni tarbiyalash esa o`z navbatida ta`lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Bu umum ta`lim maktablarida, kasb-hunar kolledjlarida o`quvchilarni ta`lim olish jarayonida kasbga yo`naltirish ishlarini tashkil etish masalalarini eshishni talab etadi.
Bu masalalarni eshish orqali biz yosh avlodga o`z kelajagini qurish, o`zi qiziqqan kasbni tanlashiga imkon yaratamiz. Shuningdek, jamiyatda o`z o`rniga ega va etuk, mukammal inson bo`lib etishiga katta hissa qushgan bo`lamiz.
54 Yoshlarni hozirgi ilm va texnikaning rivojlangan davrida har kuni yangilanib borayotgan texnikaning taraqqiyotini tushinishini va ulardan turmush kechirish jarayonida unumli foydalanish, ularga texnik xizmat ko`rsata olish imkoniyatiga ega bo`lishga o`rgatishimiz zarur. Bunga erishish uchun kasb-xunar kolledjlarida texnikaviy fanlar qatorida umumiy elektrotexnika va radioelektronika asoslari fanining o`rni juda ahamiyatga ega. Kasb-hunar kolledjlarida umumiy elektrotexnika fanida o`tiladigan transformatorlar mavzusining o`tilishi juda katta ahamiyatga ega. Talabalarga transformatorlarning xizmati, ishlash printsiplari, tuzilishi, turlari va qo`llanilishi haqida yuatafsil ma`lumatlar beriladi. Bu mavzuni o`tishda birinchidan uning maqsadi, mohiyati tushintiriladi va tushintirish jarayonida har bir o`quvchi o`z mahoratini, bilim va uqubini namoyish etishi kerak. Masalan, transformator tushinchasi talabalarda avvaldan shakllangan bo`lishi mumkin.Sababi, transformatorlar xalq xo`jaligining barcha sohalarida uchraydi. Bularni inobatga olib, dastlabki bilimlarni mustahkamlab va yanada chuqirlashtirish usullarini topishi lozim. Transformatorlarning turlariga qarab har xil joylarda foydalanishini alohida takidlab o`tish kerak. Biz bayon etgan, yangi pedagogik texnologiya usullaridan klaster tuzish, aqliy hujim usullari samarali foyda keltirish mumkin. Klaster usulida sxematik turda talabalar ko`z oldiga keltirish va miyada yaxshi tasavvur qoldiradi. Aqliy hujimning avzalligi shuki, talabalardagi boshlang`ich bilimlarni miyada yanada rivojlantirib, shu mavzuni tushinishga mohiyatini chuqurroq anglashga jalb qiladi. Transformatorlarning bir fazali va uch fazali turlarining bir-biridan farqlarini tushintirishda vektor
diagrammalardan foydalanadi. Bu jarayonda transformatorlarning ulanish guruhlarini aniqlash usullari tushintiriladi.Vektor diagrammalarni tushintirshda uch fazali ikki sho`lg`amli transformator sho`lg`amlari ulanish guruhini yuqorida bayon qilingan takomillashtirilgan usul asosida aniqlash metodikasining avzalligi talabalar tushinishi uchun qulaydir. Shu tufayli mazkur metodikani o`qitish jarayoniga qo`llash tavsiya qilinadi.
55 Yakuniy xulosa shuki, mustaqil O`zbekistonda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish va yanada rivojlantirish, xalq xo`jaligining barcha sohalarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish uchun texnika yangiliklaridan foydalanish zarur. Texnika asbob-uskunalaridan to`g`ri va unumli foydalanishni maktab davridan o`rgatish maqsadga muvofiq bo`lar edi.
1.A.I.Xonboboev, N.A.Xalilov «Umumiy va elektronika asoslari» Toshkent «O`zbekiston» 2000.y 2. I.P. Kopilov «Elektricheskie mashini» Moskva 2000.g 3. B.N.Sergenkov, V.M.Kiselev, N.A.Akimova «Elektricheskie mashini: Transformatorı» Moskva 1989.g 4.B.F.Tokarev «Elektricheskie mashini» 1990.g 5. I.N.Bulgakov «Gruppı soedineniya transformatorov» Moskva 1955.g 6.A.S.Karimov, M.M.Mirxaidarov «Nazariy elektrotexnika» Toshkent 1959.y 7.L.S.Jdanov, V.A.Maranjyan «Fizika kursi» Toshkent 1959.y Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling