O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tarix fakul`teti
II-bob.Geosiyosiy qarashlarning zamonaviy xalqaro munosabatlarga
Download 359.35 Kb. Pdf ko'rish
|
yangi davr geosiyosiy nazariyalari va maktablar
II-bob.Geosiyosiy qarashlarning zamonaviy xalqaro munosabatlarga ta`siri. 2.1.Evropa va Osiyoning geostrategik istiqboli to`g`risida Evropa-Amerika maktablari. Geosiyosiy qarashlarni tadqiq etish keyingi vaqtda tobora kuchayib borayotgan mintaqaviy mojarolarning oldini olish, evroosiyoning taqdiri xususida muhim xulosalar yasashga yordam beradi. Biz yuqorida ingliz va nemis olimlarining evroosiyoning geosiyosiy manzarasi, hukmron kuchlarning harakat dasturiga aylangan ilmiy qarashlarnini tahlil qilishga harakat qildik. Ma`lumki, ikkinchi jahon urushiga qadar Germaniya va Buyuk Britaniya evropadagi eng qudratli davlatlar hisoblangan. Bu ikki davlat nafaqat G`arbiy evropa, balki Sharqiy evropa va hatto butun evroosiyoning taqdirida hal qiluvchi o`rin tutgan. Shu bilan bir qatorda, Italiya, Frantsiya, Shvetsiya kabi davlatlarning tashqi siyosati ana shu ikki davlatning geosiyosatiga qarab belgilangan. Ammo Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrda AQSh eng qudratli dengiz davlati sifatida jahon siyosati sahnasida paydo bo`ldi. Uning kuchli harbiy salohiyatga ega bo`lishi va NATOning tashkil etilishi “Sovuq urush” yakuniga (1991 yilga) qadar evroosiyoni ikki qutb asosida boshqarishni ta`minladi. Bu o`rinda evroosiyo va AQSh geosiyosatida muhim nazariy manba sifatida xizmat qilgan frantsuz olimi Vidal` de la Blash, amerikalik olimlar Al`fred Mexen va Nikolas Spaykmenlarning qarashlariga alohida e`tibor qaratish lozim. Frantsuz olimlari evroosiyo muvozanatini ham qit`achilik, ham atlantistik qarashlarni mujassamlashtirgan holda tadqiq etgan. Ulardan biri - taniqli olim frantsuz geografiya maktabining asoschisi V.Blash hisoblanadi. Garchi u nemis geosiyosiy maktabining ko`p jihatlarini qattiq tanqid qilgan bo`lsada, o`z nazariyasini F.Rattselning “Siyosiy geografiya”siga tayanib yaratgan. V.Blash “Frantsiyaning jo`g`rofiy manzarasi” (1903) asarida nemis geosiyosiyosatchilari uchun o`ta muhim hisoblangan zamin tushunchasiga murojaat etib, shunday deb yozadi: “Frantsiyada zamin va inson o`rtasidagi munosabat o`tmishning betakror xususiyati bo`lgan uzluksizlik bilan xarakterlanadi. Bizning mamlakatda odamlar qadim-qadimdan bir hududda 27
yashaganini kuzatish mumkin. Buloqlar va kaltsiyli qoyalar ilk davrlardan boshlab kishilarni yashash va himoyalanish uchun qulay hudud sifatida o`ziga tortgan. Bizda inson hayot sirlarini haqiqiy ma`noda zamindan o`rgangan. Zaminni o`rganish aholining fe`l-atvori, axloqi va urf-odatlarini aniqlashga yordam beradi.” Biroq jo`g`rofiy omil va uning madaniyatga ta`siri borasida aynan nemis olimlari singari yondashganiga qaramasdan, V.Blash F.Rattsel va uning izdoshlari tabiiy omilning ta`siri va ahamiyatini haddan tashqari bo`rttirib yuborishganini ta`kidlaydi. Uning
nazarida, nafaqat
tabiiy omil,
balki inson
ham “tashabbuskor”ligi tufayli “muhim jo`g`rofiy omil” sifatida talqin etilishi zarur. Olimning ta`kidlashicha, inson tabiatdagi jonsiz buyum emas, balki jarayonlardagi asosiy ijrochidir. F.Rattsel qarashlari va ilmiy merosiga tanqidiy yondashuv asosida V.Blash “possibilizm” deb nomlangan o`ziga xos geosiyosiy kontseptsiyani ilgari suradi. Unga ko`ra, siyosiy tarix makon (jo`g`rofiy omil) hamda zamon (tarixiy omil) kabi jihatlarga ega. Jo`g`rofiy omil atrof muhitda, tarix esa inson borlig`ida aks etadi. V.Blash fikricha, rel`efni davlatning siyosiy tarixidagi asosiy omil deb hisoblash “nemis geosiyosatchilari”ning xatosidir. Uning o`zi esa jo`g`rofiy yoki hududiy joylashuvni dolzarb va chinakam siyosiy omilga aylanishi mumkin bo`lgan “ehtimollik”, “imkoniyat” deb talqi etishni taklif qiladi. Bu esa, avvalo, sub`ektiv omilga, aniqrog`i o`sha hududda yashayotgan xalqqa bog`liq. Bunday yondashuv K.Xausxofer maktabiga mansub nemis geosiyosatchilari tomonidan e`tiborga olingan va V.Blashning tanqidini g`oyatda muhim va asosli deb topgan edi. Zero, aynan shunday yondashuv muayyan davlatning siyosiy tarixini o`rganishda etnik va irqiy omil ahamiyatining kuchayishini ifoda etgan edi. V.Blash Frantsiyaning o`sha vaqtdagi asosiy siyosiy raqibi bo`lgan Germaniyaga alohida e`tibor qaratadi. Uning fikricha, geosiyosiy istilosiga evropadagi boshqa rivojlangan davlatlar tomonidan to`sqinlik qilinayotgan Germaniya mintaqadagi yagona qudratli davlat hisoblanadi. er yuzida Angliya va Frantsiyaning ko`plab mustamlakalari mavjud, Rossiya deyarli butun Osiyoni qamrab olgan, AQSh bo`lsa janub hamda shimolga deyarli erkin harakat qila oladi, Germaniya esa hamma tomondan qisilgan va o`z quvvatini tashqariga chiqara 28
olmaydi. Blash Germaniyani evropa hududida joylashgan, lekin dunyo tinchligiga putur etkazuvchi asosiy tahdid va bunday xavfli qo`shnini har qanday yo`llar bilan bo`lsa-da zaiflashtirish kerak, deb hisoblaydi. Germaniyaga nisbatan bunday munosabatda bo`lish, Frantsiyani mintaqaviy darajadagi davlatga qarshi yo`naltirgan «Dengiz kuchlari» umumiy fronti tarkibiga qo`shilishini bildiradi. Blashning yo`nalishi frantsuz geosiyosatchilari o`rtasida yagona emas edi, chunki unga parallel holda admiral Laval va general De Goll tomonidan o`rtaga tashlangan butunlay teskari germanparast yo`nalish ham mavjud edi.
N.Spaykmen 1917 yilda nashr etilgan «Sharqiy Frantsiya» nomli kitobida El`zas–Lotaringiya provintsiyasining aslida qadimdan Frantsiyaga tegishli bo`lib, nemislarning bu hududga nisbatan da`vosi noqonuniy ekanligi isbotlaydi. Bu bilan V.Blash Frantsuz inqilobini tahlil etishga harakat qiladi va ushbu inqilobdagi yakobinchilarga xos mezonlar o`z davlatini jo`g`rofiy integratsiya orqali markazlashtirish va mustahkamlashga intilgan frantsuz xalqi geosiyosiy intilishlarining ifodasi ekanligini ta`kidlaydi. U siyosiy liberalizmni ham kishilarning zaminga bog`liqligi va uni xususiy mulk sifatida egallashga bo`lgan tabiiy intilishlari orqali tushuntirishga harakat qiladi. V.Blash shu tarzda geosiyosiy voqelikni o`z maylicha mafkuraaviy voqelik bilan shunday bog`laydi: G`arbiy evropa (Frantsiya)ning hududiy siyosati «demokratiya» va «liberalizm» bilan chambarchas bog`liq. Bunday tenglashtirish orqali V.Blashning geosiyosiy qarashlarini X.Makkinder va A.Mexen qarashlari bilan qiyoslash mumkin. V.Blashning «dengiz yo`nalishi»ni tanlashi mazkur sxemaga juda mos keladi. Shuni e`tiborga olish kerakki, evroosiyodaning geosiyosiy taqdiri doimo Amerikalik geosiyosatchilar va olimlarning diqqat markazida bo`lgan. Bunday qarashlarning asoschilaridan biri – Amerikalik geosiyosatchi Al`fred Mexen hisoblanadi 32 .
32
А.Мэхэн (1840-1914) Ф.Ратцел, Р.Челлен, Х.Маккиндердан фарқли ўлароқ олим эмас, балки ҳарбий бўлган. У «геосиёсат» атамасини ишлатмаган, лекин унинг асосий хулосалари ва таҳлил услуби геосиёсий йўналишга тўла мос келади. Америка Union Navy (Ҳарбий Денгиз Кучлари) офицери бўлган А.Мэхэн Нью-Порт (Роут-Айленд)даги «Naval War Collegue»ида 1885 йилдан ҳарбий флот тарихидан дарс берган.
29
A.Mexenning 1890 yilda nashr etilgan “Tarixda Dengiz kuchlari” (1660- 1783) 33 deb nomlangan ilk asari harbiy strategiya bo`yicha noyob qo`llanmaga aylandi. Birozdan keyin uning “Dengiz kuchining Frantsuz inqilobi va imperiyasiga ta`siri” (1793-1812) 34 , “Amerikaning hozirda va kelajakda dengiz kuchlariga ehtiyoji” 35 , “Osiyo muammosi va uning xalqaro siyosatga ta`siri” 36
hamda “Dengiz kuchlari va uning urushga munosabati” 37 kabi boshqa asarlari nashrdan chiqadi. Uning deyarli barcha kitoblari yagona “Dengiz kuchi” - Sea Power masalasiga bag`ishlangan edi. A.Mexen nafaqat harbiy strategiya nazariyotchisi bo`lib qolmay, balki siyosatda ham faol qatnashgan. Jumladan, u Genri Kebot Lodj va Teodor Ruzvel`t kabi siyosatchilarga kuchli ta`sir o`tkazgan. Bundan tashqari, XX asr Amerika harbiy strategiyasiga nazar tashlansa, u A.Mexen g`oyalari asosida shakllanganiga ishonch hosil qilish mumkin. Garchi bu strategiya Birinchi jahon urushida AQShga sezilarli muvaffaqiyat olib kelgan bo`lmasa-da, Ikkinchi jahon urushida qo`lga kiritilgan yutuqlar, ayniqsa, “sovuq urush” davrida erishilgan g`alaba “Dengiz kuchlari” strategiyasining mavqeini yanada mustahkamladi. A.Mexen siyosatning asosiy vositasi – savdo deb hisoblaydi. Harbiy harakatlar esa sayyoraviy savdo tamaddunining shakllanishi uchun qulay shart- sharoit yaratishi kerak. A.Mexen “dengiz qudratining tarixiy taraqqiyotga ta`siri” asarida iqtisodiy tsiklni 3 holatda ko`rib o`tadi: 1.
Ishlab chiqarish (suv yo`llari orqali tovar va xizmatlar almashinuvi) 2.
Navigatsiya (ushbu almashinuvni amalga oshiradi) 3.
Mustamlakalar (dunyo miqyosida mahsulot ayirboshlash aylanmasini ta`minlaydi).
33 Mahan А. “The influence of Sea Power in history” (1660-1783, 1890; рус тилида Мэхэн А. “Влияние морской силы на историю (1660- 1783”, М.-Л., 1941
34 Mahan A. “The influence of sea power upon the French revolution and empire (1793-1812”, Boston, 1892; Мэхэн А. “Влияние морской силы на Французскую Революцию и Империю (1793 – 1812”, М.-Л., 1940
35
36 Mahan А. “Problem of Asia and its effects upon international politics”, 1900 37 Mahan А. “The Sea Power in its relations to the war”, Boston, 1905 30
A.Mexen davlatning geosiyosiy maqomi va holatini tahlil qilishda olti mezonga asoslanish kerakligini ta`kidlaydi: 1.
Davlatning jo`g`rofiy holati, uning dengizga ochiqligi, boshqa davlatlar bilan dengiz kommunikatsiyalariga ega bo`lish imkoniyati. Quruqlikdagi chegaralar masofasi, strategik muhim mintaqalarni nazorat qilish imkoniyati. Raqib hududiga o`z floti bilan tahdid solish imkoniyati. 2.
unda joylashgan portlar soni. Savdoning ravnaqi va strategik himoya ana shu omilga bog`liq. 3.
4.
Aholi miqdori. Bu bilan davlatning kemalar qurish va ularga xizmat qilish imkoniyatini baholash mumkin. 5.
Milliy fe`l-atfor. Xalqning savdo bilan shug`ullanish imkoniyati. 6.
Hokimiyatning siyosiy tabiati. Eng samarali tabiiy va inson resurslarini qudratli dengiz salohiyatini yaratishga yo`naltirish ana shu omilga bog`liq”. Yuqorida ta`kidlanganidek, A.Mexenning geosiyosiy nazariyasi faqat “Dengiz qudrati” va uning manfaatlaridan kelib chiqqan holda yaratilgan. Uning uchun qadimda Karfagen hamda yaqin tarixda (XVII-XIX asrlarda) Angliya dengiz qudratining timsoli hisoblanadi . A.Mexenga ko`ra, “dengiz qudrati” tushunchasi “dengiz savdosi”ning erkinligiga asoslanadi, harbiy dengiz floti esa ana shu savdoni ta`minlashning kafolati hisoblanadi. A.Mexen masalaga yanada chuqurroq yondashib, “dengiz qudrati”ni eng mukammal hamda eng samarali bo`lgan va shu tufayli dunyoviy hukmronlikka mo`ljallangan alohida turdagi tamaddun, deb biladi. Ta`kidlash joizki, A.Mexenning kontseptsiyasi butun dunyoda e`tirof etildi va evropa ko`pgina geosiyosatchilar qarashlari va siyosiy faoliyatiga ta`sir ko`rsatdi. Hatto asosan quruqlikda joylashgan mintaqaviy Germaniya ham admiral Tirpits boshchiligida A.Mexen g`oyalariga tayanib jadallik bilan dengiz flotini rivojlantirishga kirishadi. 1940-41 yillarda A.Mexenning ikki asari sobiq Ittifoqda ham nashr etilgan edi.
31
Ammo uning asarlari birinchi navbatda Amerika geosiyosatchilariga mo`ljallangan edi.
Ma`lumki, A.Mexen
prezident Monro (1758-1831) doktrinasining qizg`in tarafdori bo`lgan. Chunki, ushbu hujjatda (1823 yilda) Amerika va evropa mamlakatlari o`rtasida bir-biriga tajovuz qilmaslik tamoyili e`lon qilingan, shuningdek, AQSh qudratining yuksalishi yaqin atrofdagi hududlarni istilo qilish bilan bog`liq ekani ko`rsatilgan edi. Binobarin, A.Mexen ham Amerikaning “kelajagi dengiz bilan uzviy bog`liq” deb hisoblagan va bu “manifest destiny” (ya`ni, muqarrar taqdiri azal)dir, deb hisoblagan. U birinchi bosqichda butun Amerika mintaqasini strategik jihatdan birlashtirgach, dunyoda hukmronlik o`rnatishdan iborat ekanini uqtirgan. Darhaqiqat, A.Mexenning uzoqni ko`ra bilish qobiliyatiga e`tibor berish kerak. Chindan ham A.Mexen yashagan davrda AQSh hali dunyoning qudratli davlatlari qatoriga kirmagan, buning ustiga, dunyodagi etakchi davlatlar kelajakda muqarrar ravishda “dengiz” davlatlariga aylanishi ham noma`lum edi. Masalan, X.Makkinder 1905 yilda “Tarixning jo`g`rofiy o`qi” maqolasida AQShni “tashqi yarim oy” tarkibiga kiruvchi Angliyaning yarim mustamlakasi hamda strategik maqsadlarining davomchisi deb, uni “quruklikka asoslanadigan davlat”lar qatoriga qo`shgan edi. X.Makkinderning asari paydo bo`lishidan roppa-rosa 10 yil oldin admiral A.Mexen Amerikaning sayyoraviy miqyosdagi taqdirini, ya`ni dunyo taqdiriga bevosita ta`sir qiluvchi asosiy dengiz davlatiga aylanishini bashorat qilgan edi. 1897 yilda
nashrdan chiqqan
“Amerikaning dengiz
qudratidan manfaatdorligi” asarida A.Mexen Amerikaning dunyo davlatiga aylanishi uchun quyidagi faoliyatni amalga oshirishi kerakligini ta`kidlaydi. 1.
Dengiz davlati bo`lgan Britaniya bilan muntazam hamkorlik. 2.
Germaniyaning dengizchilikni rivojlantirishga oid da`vo va e`tirozlariga to`sqinlik qilish. 3.
qarshi harakat qilish. 4.
evropaliklar bilan hamkorlikda Osiyo xalqlariga qarshi olib borilayotgan harakatlarni muvofiqlashtirib borish. 32
E`tiborli jihati shundaki, A.Mexen “Dengiz tsivilizatsiyalari” uchun asosiy xavf borasida X.Makkinderdan bexabar holda aynan u yasagan xulosalarga kelgan edi. Bu xavfni u birinchi navbatda, evroosiyoning mintaqaviy davlatlari – Rossiya va Xitoy hamda Germaniyadan kutish mumkinligini ta`kidlaydi. Uning fikricha, Rossiya bilan, ya`ni G`arbdagi Kichik Osiyodan boshlanib, sharqdagi Yapon meridianigacha cho`zilgan Rus imperiyasi kuchlari bilan jang qilish dengiz kuchlari uchun uzoq muddatli asosiy strategik vazifadir. A.Mexen 1861-1865 yillarda Shimoliy Amerika fuqarolar urushida amerikalik general MakKlellan qo`llagan “anakonda” tamoyilini sayyoraviy miqyosga olib chiqadi 38
qamal qilish va natijada raqibni strategik jihatdan bosqichma-bosqich zaiflashtirishdan iborat. A.Mexenga ko`ra, davlatning kuch-qudrati uning “Kuchli dengiz davlati”ga aylana olish salohiyati bilan belgilansa, raqibga qarshi turishning bosh strategik vazifasini belgilovchi omil – uning shunday kuchga aylanishiga yo`l quymaslikdir. A.Mexenning ta`kidlashicha, raqiblar – Evrosiyo davlatlarini 39 “anakonda” aylanasida bo`g`ib tashlash uchun ular nazoratidan qirg`oq hududlarini tortib olish va imkon qadar dengiz hududlariga chiqish yo`llarini berkitib, siquvga olish kerak. Birinchi jahon urushida ushbu strategiya “oq harakat” tomonidan Antantaga madad berish maqsadida (bol`sheviklarning Germaniya bilan imzolagan tinchlik bitimiga javob tariqasida) evrosiyo tevaragida amalga oshirildi, ikkinchi jahon urushida u yana Markaziy evropaga, shuningdek, amalga oshirilgan harbiy-dengiz yurishlari orqali qisman Yaponiya va o`q davlatlarga qarshi qo`llandi. Ushbu geostrategiya XIX asrning oxiridan boshlab geosiyosatchilar tomonidan nazariy jihatdan rivojlantirilganligi ma`lum. Aslini olganda NATO, ASEAN, ANZUS, CENTO kabi bloklarning Sovet Ittifoqiga qarshi qaratilgan strategiyasi admiral A.Mexenning asosiy tezislarini rivojlantirish orqali ishlab chiqilgan edi. Bu hol uni zamonaviy atlantizmning “ma`naviy otasi” deb atashga asos bo`la oladi.
38
Еврооосиёнинг геосиёсий босқинчилигини жиловлаш мақсадида, унинг қирғоқ ҳудудларини имкон қадар кўпроқ эгаллашга қаратилган Атлантизмнинг геосиёсий йўналиши.
39
33
O`z faoliyatini evroosiyoda strategik muvozanat o`rnatishga bag`ishlagan amerikalik olimlardan yana biri – Nikolas Spaykmen (Nicholas Spykman) hisoblanadi. Kelib chiqishi gollandiyalik bo`lgan N.Spaykmen (1893-1943) admiral A.Mexenning bevosita izdoshidir. N.Spaykmen xalqaro munosabatlar professori, keyinchalik Yel` universiteti qoshidagi Xalqaro munosabatlar instituti direktori bo`lgan. Avvalgi geosiyosatchilardan farqli o`laroq, uni jo`g`rofiya, xalqning zamin bilan aloqasi, rel`efning milliy xarakterga ta`siri kabi mummolar unchalik qiziqtirmagan. N.Spaykmen nazarida geosiyosat – xalqaro siyosat amaliyotida qo`llanadigan muhim qurol, eng samarali strategiyani ishlab chiqish imkonini beradigan tahliliy uslub va formulalar tizimdir. Shu ma`noda, u nemis geosiyosat maktabining “adolatli va adolatsiz chegaralar” to`g`risidagi tasavvurlarini metafizik safsata ekanini ta`kidlab, ko`pgina, ayniqsa 1944 yilda N`yu Yorkda nashrdan chiqqan “Tinchlik geografiyasi”(“The Geography of the Peace”) asarida bu yondashuvni keskin tanqid qildi. N.Spaykmen A.Mexen kabi AQShning “dunyo hukmronligi”ga tezroq erishishini ta`minlaydigan samarali geosiyosiy dastur ishlab chiqish tarafdori bo`lgan. Uning keyingi tadqiqotlari ham ana shu maqsadga qaratilgan pragmatizmga yo`g`rilgan. X.Makkinder asarlarini sinchiklab o`rgangan N.Spaykmen asosiy geosiyosiy sxema borasida o`zining boshqalardan farqli bo`lgan dasturini o`rtaga tashladi. N.Spaykmen X.Makkinderning heartlandga haddan ortiq baho berganligini ta`kidladi. Bunday baho nafaqat dunyo xaritasidagi kuchlarning holati, balki dastlabki tarixiy sxemaga ham ta`sir etadi. N.Spaykmen fikricha, “qirg`oq hududlar”ini tashkil etgan “ichki yarimoy”, ya`ni rimland’ning jo`g`rofiy tarixi (xuddi X.Makkinder fikri kabi) “quruqlik ko`chmanchilari” bosimi ostida emas, balki tabiiy ravishda kechgan. Uningcha, heartland barcha madaniy ta`sirlarni qirg`oq hududlardan oladi, uning o`zi mustaqil geosiyosiy vazifa yoki tarixiy rivojlanish salohiyatiga ega bo`lmagan hududdir. Spaykmen Heartland emas, aynan Rimland dunyo hukmronligining kaliti ekanini uqtiradi. U X.Makkinderning biz yuqorida keltirgan xulosasini yangicha talqin etib, “Kimki Rimlandda ustunlik
34
qilsa evroosiyoda ustunlik qiladi, kimki evroosiyoda ustunlik qilsa dunyo taqdirini o`z qo`liga oladi”, - degan qoidani ilgari suradi. N.Spaykmen bu bilan geosiyosat faniga aytarlik yangilik kiritmadi. X.Makkinder uchun ham “qirg`oq hudud”, “tashqi yarim oy”, yoki Rimland mintaqani nazorat qilish uchun asosiy strategik mo`ljal hisoblangan. Lekin X.Makkinder ushbu hududni mustaqil va farovon geosiyosiy makon emas, balki “dengiz” va “quruqlik” unsurlarining hududiy qarama–qarshiligi sifatida tushungan. Biroq heartlandni nazorat qilish deganda, u hech qachon Rossiya va unga yaqin bo`lgan mintaqaviy hududda hukmroklik qilishni nazarda tutmagan. 1.
2.
Chegaralar tabiati 3.
Aholi miqdori 4.
Foydali qazilmalarning mavjudligi yoki yo`qligi 5.
Iqtisodiy va texnik taraqqiyot 6.
Moliyaviy imkoniyatlar 7.
Bir millatlilik yoxud aholi tarkibida bitta millatning ustunligi. 8.
Ijtimoy integratsiya darajasi 9.
Siyosiy barqarorlik 10.
Milliy ruhiyat N.Spaykmen “Dunyo siyosatida Amerika strategiyasi: Qo`shma Shtatlar va kuchlar muvozanati” (“America's Strategy in World Politics: The United States and the Balance of Power”, N`yu York, 1942 ) va “Tinchlik geografiyasi” asarlarida birinchi bo`lib A.Mexen tomonidan taklif qilingan davlatning geosiyosiy qudratini belgilovchi o`nta mezonni ko`rsatib o`tadi. Mazkur mezonlar asosida baholangan davlatning geosiyosiy imkoniyatlari etarli darajada bo`lmasa, u holda bunday davlat umumbashariy strategik himoyadan foydalanish uchun suverentetining bir qismidan voz kechish evaziga muayyan strategik ittifoqqa a`zo bo`lishi kerak bo`ladi. Rimland tushunchasiga haddan tashqari yuqori baho berish bilan, N.Spaykmen dunyo geosiyosiy xaritasiga “dengiz qudrati” pozitsiyasidan ahamiyatli bo`lgan yana bir muhim qo`shimcha – “oraliq okean” (Midland Ocean) 35
tushunchasini ilmiy muomalaga kiritadi. Uning negizida evropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning qadimgi tarixida O`rta er dengizi qanday o`rin tutgan bo`lsa, G`arb tsivilizatsiyasining eng yangi tarixida Atlantika okeani xuddi shunday mavqega ega ekani haqida geosiyosiy g`oya yotadi. N.Spaykmen tamaddunning asosiy tarixiy hududi aynan “qirg`oq hudud”lari bilan (Rimland) uzviy bog`liq, deb hisoblagan. Shu tufayli u O`rta er dengizi atrofidagi hududlarni keyinchalik mintaqa (quruqlik bosqinchilarini madaniylashuviga olib kelgan) ichkarisiga va ayrim orollarga tarqalagan (dengiz bosqinchilarini madaniylashuviga olib kelgan) madaniyat namunasi sifatida talqin etgan.
Qadimda O`rta er dengizi atrofida kechgan jarayonlar bugungi kunda sayyoraviy miqyosda Atlantika okeani doiasida ro`y bermoqda. Okeanning har ikki qirg`og`i G`arb tamaddunining texnologik va iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan hududi bo`lib qolmoqda. Bunday talqin etilgan Midlend Ocean, ya`ni “oraliq okean” ajratuvchi emas, balki birlashtiruvchi omil sifatida More Intemum, ya`ni “ichki dengiz”ga aylanadi. Shundan kelib chiqib, N.Spaykmen shartli ravishda “atlantika mintaqasi” deb atash mumkin bo`lgan quruqlikdan iborat geosiyosiy voqelik haqida so`z yuritadi. Ushbu mintaqa markazida joylashgan Atlantika okeani ko`l vazifasini bajaradi. Nazariy tusdagi ushbu “mintaqa” yoki “yangi Atlantida” G`arbiy evropa madaniyatining mushtarak, demokratiya va liberal–kapitalizm mafkurasi, siyosiy, etnik hamda texnologik taraqqiyotning uzviy bog`liqligini ifoda etadi. N.Spaykmen ushbu “atlantik mintaqa”da intellektual omil ayniqsa muhim ahamiyat kasb etishini ta`kidlaydi. G`arbiy evropa va Shimoliy Amerikaning Sharqiy qirg`og`i (ayniqsa N`yu-York) ushbu yangi “atlantik hamjamiyat”ning o`zak markazini tashkil etadi. Bunda AQShning savdo hamda harbiy-sanoat majmui uning boshqaruv markazi va qudratli mexanizmi vazifasini bajaradi. evropa ma`lum ma`noda AQShning intelektual tarkibiy qismiga aylanadi va shu bois AQShning geosiyosiy manfaatlari va strategik yo`nalishi barcha G`arb davlatlari uchun yagona va asosiy yo`l bo`lib qoladi. Shunday ekan, Spaykmen evropa davlatlarining siyosiy suvereniteti ham asta-sekin qisqarishi va haqiqiy
36
hokimiyat “atlantika” hududining barcha vakillarini birlashtiruvchi AQSh etakchiligidagi maxsus tuzilma ixtiyoriga berilishi kerak, deb hisoblaydi. Boshqacha aytganda N.Spaykmen “Shimoliy Atlantika Ittifoqi” (NATO) tuzilishi natijasida ro`y bergan ko`pgina jarayonlar, jumladan, urushdan keyin evropa davlatlari suverenitetining kamayishi va AQShning sayyoraviy hukumronlikka intilishini oldindan anglab etgan edi. Shu bois Spaykmen ayrim olimlar tomonidan Amerikaning “sovuq urush”dagi g`alabasining me`mori deb tan olinishi bejiz emas. AQShning “dengiz qudrati” sifatida mintaqa va dengiz kuchlari o`rtasidagi kurashda hal qiluvchi g`alabaga erishish uchun evrosiyo, jumladan evropa, Arab mamlakatlari, Hindiston, Xitoy kabi davlatlarning qirg`oq hududlarini nazorat qilishni nazariy jihatdan asoslash Spaykmen kontseptsiyasining mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Makender talqinida sayyoraviy ikkilik deb atalgan dengiz va quruqlik o`rtasidagi ziddiyat “abadiy” va “o`zgarmas” bo`lsa, N.Spaykmen fikricha, “dengiz davlatlarining” Rimland ustidan o`rnatadigan mutlaq hukumronligi quruqlik davlatlarini to`la-to`kis nazorat ostida tutib turish imkonini beradigan g`alabaga olib keladi”. Aslida bunday yondashuv A.Mexen ilgari surgan “anakonda” taktikasining mantiqiy yakuniga etkazilgan va rivojlantirilgan ko`rinishidir. N.Spaykman Markaziy evroosiyoning geosiyosiy holati va ushbu mintaqada ro`y berishi mumkin bo`lgan o`zgarishlar xususida ham fikr-mulohozalarini bayon etgan. Chunonchi, u Markaziy evrosiyo siyosiy jihatdan kuchayishi va butun qit`ani egallashga intilishi mumkinligi to`g`risidagi X.Makkinder nazariyalaridan voz kechishga hali erta ekanini uqtiradi. Shunday qilib, N.Spaykmen geosiyosat tarixida “atlantizmning otasi” “NATOning g`oyaviy rahnamosi” sifatida nom qoldirgan. Shunday qilib, evroosiyoning geosiyosiy taqdiri frantsuz geosiyosiy maktabi vakillari tomonidan ilgari surilgan kontseptsiyalar G`arbiy evropada strategik muvozanatni saqlashga qaratilgan bo`lsa, atlantistlar vakillari tomonidan ilgari surilgan kontseptsiyalar butun evroosiyoda strategik muvozanat o`rnatishni nazarda tutadi. 37
Amerika geosiyosatida Buyuk Britaniyaning evroosiyoni egallash va uning markaziga intilishga qaratilgan strategiyasining davomini ko`rish mumkin. AQSh strategiyasi “sovuq urush” davrida g`oyaviy-mafkuraviy jihatdan asosan sobiq Sovet Ittifoqiga qarshi yo`naltirilgan edi va bu kurashda geosiyosiy maqsadlar oshkora namoyon bo`lmagan. Sovet tizimi parchalangandan keyin evroosiyoning turli mintaqalarida AQSh olib borayotgan harbiy harakatlar, ushbu qit`aning markazi – Markaziy Osiyoga nisbatan turli hiyla va nayranglar vositasida kirib borish va bu hududni imkon boricha uzoqroq o`z ta`sir doirasida saqlab turishga intilishlar mazkur davlatning yuz yildan buyon amalga oshrib kelayotgan geosiyosatining muhim yo`nalishlaridan biri ekanini namoyon etadi. Xulosa qilib aytganda, A.Mexenning “Anakonda” strategiyasi va N.Spaykmen ilgari surgan kontseptsiya er yuzida va asosan evroosiyodagi strategik vaziyatni nazorat etishga yo`naltirilgan geosiyosatni anglatadi. Download 359.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling