O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tarix fakul`teti
Download 359.35 Kb. Pdf ko'rish
|
yangi davr geosiyosiy nazariyalari va maktablar
55
Дугин А. Основы евразийства. - 82-84, 98-100-бетлар.
57
XULOSA Tadqiqot davomida mintaqaviy xavfsizlikning asrlardan beri shakllanib kelayotgan geosiyosiy qoidalarga tayangan taqdirda mustahkam asosga ega bo`lishiga amin bo`ldik. Chunki har bir mintaqa o`zining geosiyosiy mavqeiga bog`liq holda juda jadal yoki nistabatan sust geosiyosiy ta`sirlashuvlar doirasida bo`ladi. Shu jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi ham o`zining geosiyosiy ahamiyatigia ko`ra qadimdan u yoki bu strategik kuchlarning geosiyosiy raqobati doirasida bo`lib kelgan. Mintaqa geosiyosiy ahamiyatining yuksalish davrlarida bu erda urush harakatlari avjiga chiqqan. Bunga Buyuk Iskandarning yurishlari, Arab xalifaligi davridagi yurishlar, Chingizxonning bosqinini misol keltirish mumkin. Mintaqa ulkan saltanat markaziga aylangan davrlarda esa boshqa o`lkalarni o`zining geosiyosiy ta`sir doirasiga tortgan. Bunga qadimgi davrlarda Chingiz bosqini va Jaloliddin Manguberdining ozodlik uchun kurashlari, Temur saltanatining butun evroosiyo qit`asiga yoyilishi natijasida butun mintaqalarni o`z tarkibiga tortib borishini hamda Bobur saltatanatini misol keltirish mumkin. Markaziy Osiyoning XIX asrda Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi, o`tgan asrda esa abadiy o`zaro ziddiyatlar botqog`ida qolishlari uchun sho`rolar tomonidan parchalab yuborilishi, ular orasida murakkab chegaralar tortilishi va nihoyat 70 yil davomida boshqa davlat tarkibida bo`lganligi mintaqaning to`lig`icha tashqi ta`sir doirasida qolganligini yaqqol ko`rsatib berdi. Yangi asr bo`sag`asida ro`y bergan siyosiy jarayonlar dunyo xaritasida o`nlab yangi davlatlarni yuzaga keltirdi. evroosiyo qit`asida yangidan boshlangan geosiyosiy kurash Markaziy Osiyo hududini ham to`lig`icha qamrab oldi. Murakkab geosiyosiy jarayonlar kechayotgan bugungi davrda mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash birinchi navbatda bir davlat yoki davlatlar birligi asosida milliy manfaatlar mutanosibligini shakllantirishni taqozo etadi. Hech bir davlat mintaqadagi boshqa davlatlardan ajragan holda yakka o`zi o`z xavfsizligini to`liq ta`minlay olmasligi tarixda ro`y bergan geosiyosiy jarayonlardan ko`p marotaba isbotlangan.
58
Geosiyosiy ta`limotning mumtoz tadqiqotlariga nazar tashlansa er yuzidagi strategik raqobat asos e`tibori bilan ervoosiyo qit`asining qirg`oq hududlaridan uning markaziy hududini egallashga qaratilgan. Bu xartland va rimland o`rtasidagi kurash, tellurokratiya va talassokratiya o`rtasidagi raqobat shaklida ro`y berib kelgan. Markaziy Osiyo «xartland» uchun olib boriladigan kurashda Janubiy Osiyodan kirib boriladigan yoki «rimland»ning Janubiy Osiyodagi qirg`oqlarini egallash uchun eng qulay yo`l hisoblanadi. G`arbiy evropa, Rossiya hamda AQSh geosiyosatchilarining tadqiqotlarida ko`rsatilishicha Markaziy Osiyo hududi albatta u yoki bu geosiyosiy etakchi davlatning milliy va iqtisodiy manfaatlari doirasiga kirgan. Shu nuqtai nazardan ushbu mintaqada ro`y berayotgan geosiyosiy jarayonlar, davlatlarning tashqi siyosatlari albatta etakchi davlatlarning tashqi strategiyasini hisobga olgan holda talqin qilinishi maqsadga muvofiqdir. G`arb tadqiqotchilarining ta`kidlashlariga ko`ra Markaziy Osiyo mintaqasi evropadagi Bolqon yarim oroli singari evroosiyo qit`asidagi strategik muvozanatning saqlanishi yoki buzilishiga jiddiy ta`sir ko`rsatuvchi hudud hisoblanadi. Boshqa so`zlar bilan aytganda ushbu mintaqaning geosiyosiy ahamiyati faqat uning iqtisodiy imkoniyatlari bilan belgilanmaydi. Uning turli kuchlar manfaatlari tugunida joylashganligi masalan,ing eng muhim nuqtasi hisoblanadi. Chunki Markaziy Osiyo dunyodagi etakchi kuchlarning qit`a markazi uchun olib boradigan strategik raqobati doirasida joylashgan. Mintaqadagi davlatlarning geografik, siyosiy, iqtisodiy sharoiti hamda xususiyatlari ularni turli kuchlar ta`sir doirasiga kirib qolishiga sharoit yaratib bergan. Mamlakatlardagi tabiiy-boyliklar va ularning dunyo bozorlaridan uzoq masofada joylashganligi ularning tashqi hamkorlarga bog`liq bo`lib qolishlariga olib keladi, oqibatda dadil tashqi siyosat yurg`izishlariga xalaqit beradi. Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik xalqaro terrorizmga qarshi kurash paytida ayniqsa, muhim ahamiyatga ega bo`ldi. er yuzidagi eng qudratli davlatlar ishtirokida tuzilgan koalitsiya aynan keyingi yigirma yil ichida qit`adagi geosiyosiy to`qnashuv o`chog`i bo`lgan Afg`onistonda xalqaro terrorizmga qarshi kurash olib bordilar. AQSh kabi etakchi davlatning mintaqa davlatlari bilan
59
strategik hamkorlikni yo`lga qo`yishi mintaqaning strategik ahamiyatini o`z- o`zidan oshirib yubordi. Shu nuqtai nazardan Markaziy Osiyo xavfsizligi quyidagi asoslarga tayanadi: 1. Mintaqa atrofida kechayotgan jarayonlar geosiyosiy va geoiqtisodiy nuqtai nazardan talqin qilinishi mintaqaviy xavfsizlik va tashqi strategiyani belgilashda muhim qurol bo`lib xizmat qiladi. 2. Markaziy Osiyo mintaqasi geografik jihatdan yadro quroliga ega bo`lgan qudratli davlatlar o`rtasida joylashganligi uning geosiyosiy ahamiyatini keskin oshirib yuboradi. 3. Mintaqaning ulkan tabiiy zaxiralari uni tashqi ta`sir doirasiga tortib boruvchi muhim geoiqtisodiy omil hisoblanadi. 4. Har bir mamlakat hamda butun mintaqa xavfsizligi faqat mintaqadagi davlatlarning o`zaro hamkorligi asosida ta`minlanishi mumkin. 5. Mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlashning eng muhim omillaridan biri bu mintaqadagi davlatlar o`zaro milliy manfaatlarning uyg`unligini anglash va tan olishdan iborat. 6. Mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlashning navbatdagi omili xavfsizlik kategoriyasining bo`linmas ekanligini to`laqonli anglash hamda tan olishdan iborat.
7. Mintaqaviy xavfsizlik turli darajadagi hamkorlik Tashkilotlari, bitimlari, shartnomalari va birlashmalari negizida mustahkamlanishi maqsadga muvofiqdir. 8. Markaziy Osiyo davlatlari qit`adagi etakchi kuchlar bilan strategik muvozanatni o`rnatishda mintaqaning ichki hamkorlik tizimini barpo etishlari zarurdir. Ushbu hamkorlik Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamkorligi kabi tizmining mustahkamlanishi tarzida bo`lishi mumkin. 9. Mintaqadagi biror bir davlatga etkaziladigan siyosiy tazyiq mintaqadagi har bir davlat uchun baravar qabullanishi va talqin qilinishi maqsadga muvofiqdir. 10. Mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratishning eng muhim omillaridan biri bu o`zaro manfaatli ichki iqtisodiy bozorni shakllantirishdan iboratdir. 60
11. Mintaqa davlatlari o`zaro qo`shma iqtisodiy loyihalar va korxonalar tashkil etishda keng imtiyozlarni ishlab chiqishlari va hayotga tadbiq etishlari zarur.
12. Mintaqa davlatlari turli xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro manfaatli munosabatlarga kirgan holda er yuzidagi strategik muvozanatni o`rnatishda o`zaro birlashgan holda ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir. 13. Diniy va etno-hududiy jihatlarining muhimligini tan olish va etno-hududiy asosda ziddiyatlar va to`qnashuvlarga yo`l qo`ymaslik mintaqaviy xavfsizlikning muhim shartlaridan biridir. 14. Mintaqaviy xavfsizlikni o`rnatishda xalqlarning tarixiy, madaniy hamda diniy
ildizlarining birligi
hodisasiga urg`u
berish hamda
elatlararo munosabatlarning rivojlanishiga turtki berish maqsadga muvofiqdir. 15. Mintaqadagi tabiiy-zaxiralar uchun olib boriladigan kurash jarayonida mintaqadagi suv taqsimoti, etno-hududiy hamda diniy omil bilan bog`liq turli muammolar muqarrar ravishda tashqi kuchlar tomonidan ishga solinishini e`tiborga olish zarur. 16. Mintaqada siyosiy tusdagi yangi tashkilotlar tuzish emas, balki davlatlar o`rtasida imzolangan iqtisodiy, siyosiy va madaniy asosda qurilgan shartnomalarni rivojlantirish mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlashga yaxshi xizmat qiladi. 17.Davlatlar o`rtasida bojxona munosabatlari, o`zaro mol ayirboshlashda to`lanadigan boj, tranzit yuklar hamda yo`lovchilarning xavfsizligi masalalari o`zaro qat`iy muvofiqlashtirishni talab etadi. 18. Mintaqadagi elatlar o`rtasidagi etno-madaniy birlik natijasida ro`y beradigan tabiiy migratsiya jarayonlari huquqiy
jihatdan o`zaro
muvofiqlashtirishni talab etadigan muhim mavzulardan sanaladi. 61
1.Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlarig`g`Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida.6-jild.-T.:O`zbekiston,1998. 2.Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz.8-jild.-T.:O`zbekiston,2000. 9.Nartov N.A. Geosiyosat.-M.:YuNITI, 2003. 10.Filosofskiy entsiklopedicheskiy slovar`.-M.:Nauka, 1989. 11.Pozdnyakov E.A. Geopolitika. - M. Progress. Kul`tura, 1995, 95-bet. 12.Danilevskiy N.Ya. Rossiya i evropa.-M.:Glagol`, 1991. 13.Xantington S. Stalknovenie tsivilizatsiy, Polis, 1994, №1. 14.Bokl` G.P. Istoriya tsivilizatsii v Anglii.-SPb, 1986. 15..Pleshakov K.V.Geosiyosat v svete global`nih peremen.-Mejdunarodnaya jizn`,1994, № 10. 17.Dugin A. Osnovы geopolitiki.-M.: Arktogeya, 1997. 18.Savitskiy P.N. Utverjdenie evraziytsev.-M.: Agraf, 1997. 19.Yangi O`zbekistonning 7 zafarli yili.-T.:Shark, 1997. 20.”Geosiyosat fanidan amaliy mashg`ulotlar rejalari va uslubiy tavsiyalar”.- T.:TATU, 2006. 23.Petr Savitskiy "Geograficheskie i geopoliticheskie osnovы evraziystva" ,"Elementы" № 3, str. 51-54. 24.Jalilov A., Xelford Makkinderning geosiyosiy qarashlari. // Jamiyat va boshqaruv, 2006, 2-son. 25.Xantington S. Stolknovenie tsivilizatsiy i pereustroystvo novogo mirovogo poryadka. - M.: ACT, 2003, 603-bet. 26.Halford Mackinder "Geographical Pivot of History" in "Geograghical Journal", 1904. Ruscha tarjimasi //Elementы. evraziyskoe obozrenie, 1996, 7-son, 26 –31 - betlar. 27. O`zbekistonda politologiya.-T.:Sharq, 2002.
62
Qushimsha adabiyotlar: 1 .Рацель Ф. Человечество как жизненное явление на земле. –М.: А.ГРАФ, 1951. –112 с.; 2.Мехен Л.Т. Влияние морской силы на историю. 1660-1783. –М.:А.ГРАФ, 1991. –223 с.; 3.Гейден Г.Критика немецкой геополитики. –М.: Прогресс, 1960. –342с. ва бошқалар. 4.Хантингтон С. Столкновение цивилизаций –М.: Полис.-1994. –235с. 5.Гумилев Л.И. Древняя Русь и Великая степь. –М.: Прогресс. 1989. –213с. ва бошқалар. 6.Аристотель. Политика. ВКН. –Мыслители Греции. От мифа к логике. –М.: Экмо-экспресс, 1999. –С.481. 7.Абу Наср Форобий. Мəнавият юлдузлари. –Т.: А.Қодирий номидаги Халқ нашриёти 1999. –Б.400. 8.Монтескье Ш.Л. Избранные произведения. –М.: АСТ, 1995. –С.352. 9.Нартов М. Геополитика. Учебник для вузов. –М.: ЮНИТИ, 1999. –С.359. 10.Тихонравов Ю.В. Геополитика. Учебное пособие. –М.: Бизнес школа Интел-Синтез, 1998. –С.90. 11.Савицкий П.Н. Географические и геополитическое основы евразийства елементы. // еврозийское образование. –М. –№3. –С.54. 12.Хантингтон С. Столкновение цивилизаций. –М.: Полис, 1994. –С.25. 13.Америкада мондиализм назарияси // Тафаккур, 2006,1-сон, 112-113- бетлар. 14.
Дугин А. Основы геополитики.Биринчи қисм.-М.:Арктогея,1997,121-130- бетлар.
Download 359.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling