Amaliy mashg‘ulot: Do‘ppining tayyorlangan qismlarini pardozlash va ularni dazmollash.
21. Tepa va kizakka astar bichish.
Tepa va kizakka astar bichish usuli. Tepa va kizakka astar bichishda chok haqini hisobga olish. Avra va astarning mosligi.
Amaliy mashg‘ulot: Do‘ppining tepa va kizak qismlariga astar mato sifatida chit tanlash va astarni bichish.
22. Tepa qismini qora ipda tikish.
Tepa qismini qora 80-ip bilan tikish usuli. Tepa qismini qora 80-ip bilan tikishda qaviqlar parallelligiga ahamiyat berish, 90 gradus burchakni saqlash.
Amaliy mashg‘ulot: Tepa qismini 80-ip bilan mayda qaviqlarga to‘rt bo‘lakka bo‘lib tikish. To‘rt bo‘lak orasida alohida mayda qaviqlar bilan tikish.
23. Kizakka jiyak va astar o‘rnatish.
Kizakka jiyak va astar o‘rnatish usuli. Kizakka jiyak va astar o‘rnatishda jiyak kengligini astarda ko‘rsatish usullari haqida bilim berish.
Amaliy mashg‘ulot: Kizakka jiyak va astar o‘rnatish.
24. Kizakka karton qo‘yib tepchish.
Kizakka karton qo‘yib tepchish usuli. Kizakka karton qo‘yib tepchishda karton o‘lchamining kizak o‘lchamiga nisbatini hisoblash.
Amaliy mashg‘ulot: Kizakka mos holda karton qo‘yilib, kizak bilan birga tepchish.
25. Tepchilgan tepachaga qog‘ozdan pilta urish.
Amaliy mashg‘ulot:Tepchilgan tepachaga qog‘ozdan pilta urishda piltalarning qalinligining bir xilligi va do‘ppi markaziga nisbatan burchak hosil qilish usuli. Tepchilgan tepachaga qog‘ozdan pilta urishda qog‘ozdan eni 2-3 mmlik 40 sm uzunlikda kesib olish va uni qaviqlar orasiga o‘rnatish.
26. Tepa va kizakni bir-biriga moslab o‘rnatish va birlashtirib tikish.
Amaliy mashg‘ulot: Tepa va kizakni bir-biriga moslab o‘rnatish va birlashtirib tikish.
Do'stlaringiz bilan baham: |