O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi “DO‘ppido‘zlik” to‘garagi o‘quv dasturi toshkent-2021
Download 146.5 Kb.
|
Do\'ppidozlik,
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oraliq nazorat ishi 3 3
- Yakuniy nazorat ishi 3 3
- 1.Kirish. Texnika xavfsizligi qoidalari.
- 2. Do‘ppi turlari va ularning farqi.
- 3. Do‘ppido‘zlikda ishlatiladigan matolar, iplar va boshqa ashyolar. Amaliy mashg‘ulot
- 5. Ko‘klash chokini tikish va yashirin chokni tikish. Amaliy mashg‘ulot
- 11.O‘zbek milliy do‘ppilarining turlari va yoshga qarab do‘ppi tanlash.
- Amaliy mashg‘ulot
- 13.Do‘ppi bichish va tikish texnologiyasi. O‘lchov bo‘yicha do‘ppiga andoza tayyorlash. Amaliy mashg‘ulot
1.Kirish. Texnika xavfsizligi qoidalari. O‘zbek xalqining milliy kiyimlari orasida do‘ppido‘zlikning tarixi. Do‘ppido‘zlikning rivojlanish bosqichlari. Tikuv mashinalar, ularning vazifalari, ulardan foydalanish va ish yakunlangandan so‘ng belgilangan tartibda saqlash, foydalanish jarayonida xavfsizlik qoidalariga amal qilish. 2. Do‘ppi turlari va ularning farqi. Do‘ppi turlari, (Chustiy (Chust), qalampirmunchoq (Marg‘ilon), Sanama iroqi (Surxon), Baxmal (Toshkent), zardo‘ppi (Samarqand, Buxoro), munchoqli do‘ppilar haqida) tayyorlanish uslublari, do‘ppining naqshlari, o‘g‘il va qizlar do‘ppilarining ko‘rinishlari, ularning bir-biridan farqi. Hududlarga xos bo‘lgan do‘ppilar haqida. 3. Do‘ppido‘zlikda ishlatiladigan matolar, iplar va boshqa ashyolar. Amaliy mashg‘ulot: Do‘ppido‘zlikda ishlatiladigan asosiy matolar, qo‘shimcha matolar haqida ma’lumot. Ipak iplar, zar iplar va ularning turlarini tushuntirish. Do‘ppido‘zlikda ishlatiladigan boshqa ashyolar va bezak uchun ishlatiladigan turli vositalar to‘g‘risida ma’lumot berish. 4. Do‘ppido‘zlikda foydalaniladigan chok turlari, bezash usullari. Do‘ppido‘zlikda tikiladigan 8 ta ko‘rinishdagi chok turlari, ularning bir-biridan farqi, ushbu 8 ta ko‘rinishdagi choklarning do‘ppiga bezak berishdagi o‘rni, choklarni tikish tartiblari, unda ishlatiladigan ip va ignalarning raqamlarining ahamiyati. Amaliy mashg‘ulot: Do‘ppido‘zlikda foydalaniladigan chok turlarini tikish ko‘nikmasini hosil qilish.Munchoqlar va kashtalar bilan bezash usullarini amalda ko‘rsatish. 5. Ko‘klash chokini tikish va yashirin chokni tikish. Amaliy mashg‘ulot: Ko‘klash chokini va yashirin chokini yo‘l yo‘riqlari bo‘yicha tikish. 6. To‘g‘ri chokni va yo‘rma chokni tikish. Amaliy mashg‘ulot: To‘g‘ri chokni tikish hamda yo‘rma chokni o‘z usullari bo‘yicha tikishni o‘rganish. 7. Sidirg‘a chok turlari va uni tikish. Amaliy mashg‘ulot: Sidirg‘a chok turlari va uni tikishda igna yo‘nalishi, igna va ip raqamlarining matoga mos kelishi. Choklarni parallel tikish usuli. Sidirg‘a chok turlari ya’ni qiya qaviqli, tekis chokli, bir yoqlama, qavariq, o‘yma sidirg‘a choklarini tikish. 8. Ilmoq chok turlari va uni tikish. Amaliy mashg‘ulot: Ilmoq chok turlari va uni tikishda ignaning yo‘nalishi. Igna va ip matolarining matoga mos kelishi. Ilmoq chok turlarini tikish usuli. Ilmoq chok turlari ya’ni bir tomonlama, ikki tomonlama, o‘ralma tugunchalar, uchi birlashgan ilmoq choklar tikish usuli, ilmoqli choklarni mustaqil tikish. 9. Chakma chokni tikish. Amaliy mashhulot: Chakma chok usulini tikishda ignaning yo‘nalishi orqaga bo‘lishi, ipning yo‘nalishi bir xil bo‘lishi, teskari tomondan chiziqchalar hosil qilib tikish usuli. Chakma chokni tikish. 10. Sanama iroqi chok turlari va uni tikish. Amaliy mashg‘ulot: Sanama iroqi chokni sanab va kontur bo‘yicha tikishda ip va ignalarning matoga mos tushishi. Sanab tikishda kanava qo‘llash. Sanama iroqi chok turlari va uni tikish usuli. Sanama iroqi chok turlari, chizma va sanama iroqi choklar, iroqisimon, zich iroqisimon, iroqi, chala iroqi bo‘yicha usullarida tikish. 11.O‘zbek milliy do‘ppilarining turlari va yoshga qarab do‘ppi tanlash. O‘zbek milliy do‘ppi turlari erkak va ayollar Toshkent do‘ppilarini, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Xorazm, Chust, Marg‘ilon, Buxoro, Surxandaryo do‘ppilari haqida ma’lumot berish. Amaliy mashg‘ulot: Yoshga qarab do‘ppi tanlash sir asrorlarini o‘rgatish. 12.Turli xil do‘ppilar uchun o‘lcham olish. Do‘ppi uchun o‘lcham olishda nimalarga e’tibor qaratilishi haqida. Amaliy mashg‘ulot: Do‘ppi uchun o‘lcham olishda peshananing eng baland nuqtasi bo‘ylab gorizontal yo‘nalish orqali aylantirib o‘lchanadi. O‘lcham asosida andoza tayyorlash. 13.Do‘ppi bichish va tikish texnologiyasi. O‘lchov bo‘yicha do‘ppiga andoza tayyorlash. Amaliy mashg‘ulot: Tayyorlangan andoza yordamida karton qog‘ozga qirqib olinadi. Do‘ppi uchun tanlangan matodan tepa va kizak qismining avrasini chok haqqi tashab bichiladi. Bichib olingan detallar qo‘lda tikiladi. Download 146.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling