O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik va geografiya fakulteti


Vasko da Gama ekspedisiyasi marshruti


Download 492.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana22.09.2020
Hajmi492.11 Kb.
#130737
1   2   3
Bog'liq
buyuk geografik kashfiyotlar va toponimika


Vasko da Gama ekspedisiyasi marshruti 

 

Ekspedisiya  a’zolari  1497  yilning  noyabrida  Afrikaninig  janubiy  nuqtasi 



bo’lgan  Umid  burnidan  o’tib,  sohil  bo’ylab  shimol  tomon  harakat  qilishadi. 

Ammo, oziq-ovqat zaxirasini kamligi va bir xilligidan ekipaj a’zolari orasida singa 

kasalligi  tarqaladi.  Shimol  tomon  harakatlangan  sari  musulmonlar  yashaydigan 

hududlar  kengayadi,  bu  esa  ekspedisiya  a’zolarini  ichimlik  suvi  va  oziq-ovqat 

mahsulotlari  bilan  ta’minlashni  yanada  qiyinlashtiradi.  1498  yilning  2-martida 

portugallar  Mozambikka, 7-aprel  kuni  Mombasa  shahriga, 14-aprel  Malindi 

portiga  yetib  kelishadi.  Faqat  Malindida  mahalliy  arab  shayxi  g’ayridinlarga 

yordam  berishga  rozi  bo’ladi,  ularni  oziq-ovqat  bilan  ta’minlaydi  va  Hindustonga 



 

 

29 



olib  boradigan  yo’lni  biladigan  yo’lboshchi  beradi.  24-aprelda  Malindidan  yo’lga 

chiqqan  Vasko  da  Gamma  1498  yilning  20  mayida  Hindustonning  Kalikut 

shahriga yetib keladi.    

 

 



Vasko da Gama ekspedisiyasi kemalari 

 

Bu  esa  Afrika  sohillari  bo’ylab  qilingan  mashaqqatli  sayohatni  nihoyasiga 



yetganligi,  boy  va  afsonaviy  Hindustonga  to’g’ridan-to’g’ri  yo’l  ochish  orzusi 

haqiqatga  aylanganidan  dalolat  berar  edi.  Shu  kundan  boshlab  Vasko  da  Gamma 

nomi  dengiz  yo’li  orqali  Portugaliyadan  Hindustonga  kelgan  birinchi  yevropalik 

sifatida dunyoga mashhur bo’ladi. Vasko da  Gamma Afrika materigi sohillarining 

to’g’ri shaklini birinchi bo’lib kartaga  tushirgan  va Hinduston  yarim  orolini  o’rab 

turgan  suvlar  ichki  suvlar  emas,  balki  yagona  okeanga  tegishli  ekanligini 

isbotlandi.  

1499  yilning  sentyabr  oyida  tirik  qolgan  ekspedisiya  a’zolaridan  55  kishi 

Lissabonga qaytib kelishadi. Vasko da Gammani katta tantana bilan kutib olishadi, 

katta  sovg’alar  bilan  birga  unga  admiral  unvoni  va  Hinduston  vise-qiroli  etib 



 

 

30 



tayinlashadi.  Vasko  da  Gamma  haqida  yozib  qoldirganlarni  ko’pchiligi  uni  juda 

qattiq  qo’l  inson  bo’lganligi,  qo’yilgan  maqsadga  yetish  yo’lida  har  qanday 

imkoniyatdan  foydalanganligi,  ammo  shu  bilan  birga  u  hyech  kimdan  sovg’a-

salom olmagan sarkarda sifatida portugallar va hindlarni hayratga solgan.  

Vasko  da  Gamma  qo’rqmas  va  dovyurak  inson  bo’lgan.  Yozishlaricha,  bir 

safar  ekspedisiya  suv  ostida  qattiq  zilzila  bo’layotgan  hududga  tushib  qolgan. 

+attiq vahimaga tushib qolgan ekspedisiya a’zolari orasida faqat Vasko da Gamma 

xotirjam  sheriklariga  qarab, «xursand  bo’ling  do’stlar  qarang  hatto  dengiz  ham 

bizdan  qo’rqib  qaltiramoqda»  deb  xitob  qilgan.  Admiral  Vasko  da  Gamma  yana 

ikki  marotiba  Hindustonga  safar  qilib  1524  yili  64  yoshda  to’satdan  vafot  etadi. 

Oradan  15  yil  o’tgandan  keyin  uni  jasadini  vataniga  olib  kelib  qaytadan  dafn 

etishadi.  Qabr  toshi  ustida  shunday  yozuvlar  bitilgan, «mashhur  argonavt, 

Vidigeyra  grafi,  Hinduston  admirali  va  kashfiyotchisi  don  Vasko  da  Gamma». 

Shunday  qilib  admiral  Vasko  da  Gammaning  buyuk  iste’dodi  tufayli  elkanli 

kemalarda Hindustonga borishning eng qulay dengiz yo’li ochilgan.      

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

31 



 

III-BOB. MAKTAB GEOGRAFIYASI VA BUYUK GEOGRAFIK 

KAShFIYOTLAR  

 

3.1. BUYUK GEOGRAFIK  KAShFIYOTLAR DAVRIGA OID MAVZULARNI YANGI 

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O’QITILIShI 

 

Geografiya  fani  o’quvchilarda  Yer  haqidagi  ilmiy  dunyoqarashni 

shakllantiradi, sosial-iqtisodiy bilimlarni tarkib topdiradi, dunyo davlatlari va turli 

regionlardagi  jamiyat  va  tabiatning  o’zaro  bog’liqligi,  geografik  obyekt  jarayon 

va  hodisalar  haqidagi  bilim  va  tushunchalar  bilan  qurollantiradi.  Dunyo  tabiiy 

manzarasi  bilan  bog’liq  umuminsoniy  madaniyatning  tarkibiy  qismi  bo’lgan 

geografik madaniyatni tarbiyalaydi.   

  Qayerda qanday geografik obyekt joylashgan, ular bir biriga nisbatan anday 

o’rinda ekanligini  o’rganish orqali  -  har bir obyektning  nomi, uning xususiyatini 

ifodalovchi  hodisa  va  jarayonlarning  maxsus  geografik  terminlardan  iborat 

ekanligi aniqlab, uning mohiyatini o’quvchi bilib oladi.  Qayerda qanday geografik 

obyekt  joylashgan  uning  nomi,  ma’no-  mazmunini  bilish  geografik  bilim  va 

geografik dunyoqarash hisoblanadi.   

Shuning  uchun  quyidagilar  “Maktab  geografiyasini  qayta  qurishning  ilmiy, 

uslubiy konsepsiyasi” ning ta’lim mazmunining  majburiy  minimumi hisoblanadi: 

geografiyaning nazariy asoslari; 

geografik tadqiqot metodlari; 

tabiiy  va iqtisodiy  obyektlar;   

hodisa va jarayonlar;   

olamni idrok etishning moddiy va ma’naviy madaniyatga ifodalanishi;   

hudud  geografik  tavsifi  kabi  olti  yo’nalish  ko’rsatilgan.  Ulardan,  tabiiy  va 

iqtisodiy  obyektlarda  toponimikani  bilish,  hodisa  va  jarayonlar  bo’limida  - 

geografik  terminlarni  o’rganish  talab  etiladi.  Geografik  obyektlar  nomi  va 

joylashuvini  xaritadan ko’rsata  olish, muayyan jarayon  va hodisaning mohiyatini 

ifodalovchi  terminning  mazmunini  ta’riflay  olish  –  bu  toponimika  mazmunidagi 

ta’limiy ishdir.  



 

 

32 



Har  qanday  geografik  nomini  bilishda  birinchi  va  asosiy  vazifa  obyektning 

shu  xildagi  obyektlardan  alohida  ajratilishi  va  nomlanishida  namoyon  bo’ladi. 

Obyekt nomidan foydalanib og’zaki va yozma nutqda ushbu toponimning biror bir 

predmet  yoki  hodisa  bilan  bog’lash  imkoniyati  paydo  bo’ladi.  Nomlar  ayni  shu 

obyektning shu singari boshqa obyektlarga nisbatan hududiy joylashishi boshqalari 

bilan  hududiy  bog’liqligi  hamda  geografik  hodisa  va  jarayonlarni  obyekt  bilan 

bog’lashga yordam beradi.   

Ta’lim  mazmuning  majburiy  minimumi  o’quvchilar  egallashi  shart  bo’lgan 

ko’nikma  va  malakalar  –  ko’rsatish,  aniqlash,  tasvirlash,  tushintirish,  bashorat 

qilish kabi ko’rsatkichlar  vositasida   ifodalangan. Ular  asosan  obyektni xaritadan 

ko’rsata  olish  va  uning  xususiyatini  ta’riflay  olish  toponimikaning  bilish  bilan 

bog’liq.  

Nomning  hududiy  o’rnini  belgilash  natijasida  yangi  nomlar  yasaladi. 

Chunonchi,  Sibir  –  G’arbiy  Sibir  pasttekisligi  O’rta  Sibir  yassi  tog’ligi,  namlik 

hududiy  doirasini  aniqlash  geologik  geografik  ifodalar,  ilmiy  atamalar  yasash 

uchun  qulaydir.  Baykal  burmalanishi  –  Perm  davri  ,  Toshkent  geologik  asri, 

Qo’qon  shamoli,  Tyanshan  sirtlari,  Sibir  antisikloni,  Yenisey  kryaji,  Aldan  

qalqoni va hokazo.  

Toponimlar  obyektning  o’rni,  turi,  tabiiy  hodisa  va  jarayonlar  bilan 

bog’liqligini ifodalashi bilan geografik ta’limda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki 

ular  geografik  obyektning  joylashishi  bilan  birga,  uning  turi,  obyektning  qanday 

xildagi tabiiy voqyealikka mansubligini ham bildiradi.  

Ma’lumki,  uzoq  o’tmishda  ham  qadimgi  odamlar  tabiat  bilan  yuzma-yuz 

kelganda  tabiatni  tashkil  etgan  tarkibiy  qismlarga  ajratish  ehtiyojini  sezganlar,  

odamlarni  o’rab  turgan  tabiatni  qismlarga  ajratish,  har  bir  qismning  hususiyatini 

aniqlash  lozim  bo’lgan,  ammo  ularda  so’z  boyligi  yetishmagan.  Shuning  uchun 

suv, daryo, dengiz, ko’l va boshqa shu kabi oddiy so’zlar bilan ifodalashgan.   

Shu boisdan ham hozirgi toponimlar ichida – suv   (Oqsuv,  Qorasuv)  -  shu  

(Xeyshue)  va  (Obva, Lobva  Vodva – fin-ugor  tillarda  - va - suv)  - don  (ardon,  

sardon,  nordon,  razdon,  osetin tilida don - daryo)  ko’plab uchraydi.  Keyinchalik 



 

 

33 



bu  oddiy  so’zlar  bilan  ifodalangan  obyektlarni  bir-biridan  ajratish  kerak  bo’lgan, 

natijada  bu  so’zlar  yoniga  -  oldiga  -  old  qo’shimcha  sifatida  bu  obyekt  rangi, 

tezligini bildiruvchi sifatlar qo’shimchalar qo’shilgan.  

Natijada  Qizilsuv,  Sarisuv,  Sovuqsuv,  Jilisuv  kabi  nomlar  paydo  bo’lgan.  

Shuni  aytish  kerakki,  geografik  nomlarning  paydo  bo’lishi  juda  murakkab  va 

uzoq  davom  etgan  tarixiy  jarayon.  Shu  tufayli  ko’pgina  gidronimlarning  paydo 

bo’lgan vaqti aniq tarixiy voqyealik bilangina to’g’ri tushuntirib berish mumkin.  

Darhaqiqat,  har  bir  geografik  obyektning  aniq  o’ziga  xosligini  ifodalash 

uchun  tashqi  qiyofasi  jihatdan  inson  tanasining  a’zolari  yoki  tanish  narsalarning 

shakllariga  o’xshashlikni  bildiruvchi  so’zlarni  ayni  shu  obyektning  shakliga 

muqoisa  qilingan.  Shu  sababdan,  daryo,  irmoqlar  nomlarida  “ko’z”  so’zi  

harakterlidir.  

Geografik  nomlar tarkibidagi og’iz  (og’zi keng qishloq, yaylov, - Og’zikent, 

Oqdahana) ko’z - (chashma - Hazorchashma) nomlarini ko’rsatish mumkin. Inson 

tanasining  a’zolariga  o’xshatib  ataladigan  geografik  nomlar  rus  va  boshqa  xalq  

tillarida  ko’p  uchraydi.  Masalan,  Ob  gubasi  (Ob  daryosining  qo’ltig’i),  qo’ltiq, 

bel,  tumshuq,  burun  kabi  bir  qator  terminlar  ukchraydi.  Oddiy  sifatiy  ma’nodagi 

so’zlarning  geografik  nomlarga  aylanishi  barcha  xalqlarda  uchraydi.  Sahroi  

Kabir  - arabchada Kata Sahro, Gobi –mo’g’ilcha - suvsiz  cho’l, Pireneya  basklar 

tilida  piren – tog’.     

Geografik  xususan,  hozirgi  siyosiy  va  kundalik  matbuotda  yurtimizning 

geografik  o’rniga  nisbat  berish  Amudaryo  bilan  Sirdaryo  oralig’i  -  ikki  daryo 

orasidagi arabcha  Movarounnahr deb yuritiladi.  Bu o’rta asrlarda  paydo bo’lgan 

nom  arablar  yurtiga  nisbatan  Amudaryoning  orqasidagi  yurt  degan  ma’noni 

anglatadi.  

Yevropa  kitoblarida  Transoksiana  -  Oks  orqasi  -  Amu  orqasidagi  yurt  deb 

ham  yuritiladi.  Aslida  Oks  -  O’ks  -  daryo,  Amuning  yunoncha  nomi 

Movorounnahrga  qadar  mahaliy  xalqlar  Vorajayhun  yoki  Vorozrud  deb 

yuritganalri haqida  ma’lumotlar bor.   


 

 

34 



  Nomlarning  lug’aviy  ma’nosini  bilish  shu  toponimning  xususiyati  va 

tarixi  bilan  bog’liq  voqyealiklarni  bilish  demakdir.  Argentina  davlatining 

poytaxti  “Buenos  -  Ayres”  -  yaxshi  havo  manosini  bildiradi. 1582  yili  ispanalar 

shaharga asos solib, xiristian dini avliyolari   sharafiga - 29-may muqaddas uchlik 

kuni  munosabati  bilan  “Iffatli  Mariananing  porti,  uchlik  avliyo  shahri,  yaxshi 

havoli  shahar”  deb  ataganlar.  Bu  nomdan  faqat  “Yaxshi  havo”  –  Buenos-Ayres  

qolgan.  

Urugvay  davlatining  poytaxti  -  Montivedio  shahrining  nomlanishi 

quyidagicha:  dastlabki  paytlarda  ispan  kortograflari  tog’larni  raqamlar  bilan 

belgilangan, “tog’ - monte” ning joylanishiga qarab, g’arbiy yoki  sharqiy tog’ deb 

xaritaga  tushirilgan.  1720–yilda  partuganlar  bu  yerda  qo’rg’on  barpo  etib  –

joylashgan  o’rniga  ko’ra  –  g’arbdan  oltinchi  tog’  –  Monte-  ve  –  rim  raqami  VI 

olti, ya’ni Montevedio deb atashgan. 

Dunyodagi  eng  aholisi  ko’p  Xitoy  Xalq  Respublikasininig  poytaxti  nomi  – 

Pekin  Beyesizin  –  Shimoliy  poytaxt  manosidagi  so’z,  Osiyodagi  eng  rivojlangan 

davlat Yaponiya poytaxti - Tokio so’zi, ‘”Sharqiy  poytaxt” demakdir. 1457-yilda 

hozirgi  imperator  saroyi  o’rni  Ota  Dokan  degan  kishi  qasr  qurib,  uni  Edo  deb 

ataganki, bu so’z ”daryo mansabi” demakdir. 

1590 - yili imperator lashkarboshisi Edoni egallaydi. 1603 - yilda  esa Iyeyasu 

hokimiyatni  qo’lga  olishi  bilan  Edo  Yaponiyaning  amaldagi  poytaxtiga  aylandi. 

Shu  davrdan  boshlab  shahar  norasmiy  poytaxt  vazifasini  o’taydi.  1868  -  yilda 

imperator  Musixito  davlatning  poytaxtini  Kiotodan  (G’arbiy  poytaxt)  Edoga  

ko’chirib, uning nomini  Sharqi  poytaxt  -Tokioga  aylantirgan. 

Avstraliya  -  janubiy  yer,  Grenlandiya  -  yashil  yer,  Islandiya  -  muzloq  yer, 

Missisipi  –  katta  suv,  Himolay  –  qorlar  makoni,  Qoraqurum  –  qorsiz  o’rmonsiz 

tog’ va hakozo nomlarning ma’nosini bilish geograf uchun kasbiy  burch.  Ammo 

har  bir  darsda  o’qituvchi  hyech  bo’lmasa  25-50  georafik  nomni  ishlatadi,  bu 

tomonimlarni  eng  muhimlarini,  diqqatga  sazovorlarini  bilish  dars  samaradorligi 

uchun nihoyatda muhim.  


 

 

35 



Nomning  ma’nosi  va  geografik  o’rni  -  bular  geografiya  darslariga 

qo’yiladigan odatiy talablar, oddiy talab esa geografiyaning boshqa fanlardan farq 

qilishini,  uning  qiziqarli  va  ommabopligini  ta’minlaydi.  Geografik  nomlarning  

imlosi,  ya’ni  transkripsiyasi  –  to’g’ri  yozilishi  o’quvchi  savodxonligi  uchungina 

emas, geografiya bilan filologiya fanlarining o’zaro aloqasi uchun zarur.  

O’zbek  tilidagi  ko’pchilik  nomlarni,  albatta,  o’qituvchi  yozadi,  ammo 

qo’shaloq  so’z  bo’lsa  -  Mingbuloq,  Qatortol  kabilar  birga  yozilishi  yoki  ayrim 

yozilishi  o’zlashtirish  katta  ahamiyatga  ega.  Bunda  o’zbek  tilining  qoidalari  

talabidan  kelib  chiqib,  alohida  ma’no  bersa  –  (Yangi  Bo’ston,  Yuqori  Uchma, 

Quyi Chirchiq) alohida yozilishini  bilish  muhim  masala  hisoblandi.  

Shuni  ham  aytish  kerakki,  kalka  –  tarjima  nomlarni  bilish  geografikn  

ta’limda  muhim  masala  hisoblanadi.  Shimoliy  Muz  okeani,  Olovli  yer  orollari, 

Yashil  burun  orollari,  Birlashgan  Arab  Amirliklari  kabi  minglab  nomlar 

tarjimada beriladi.  

Yaponiyaning – “kunchiqar mamlakati”, Vensuella – kichik Venesiya, Ulan – 

Ude  –  Ude  daryosi  bo’yidagi  shahar,  Kolorada  –  qizil  daryo,  Rio  –  negru  -

qoradaryo  va boshqa  shunga o’xshash  nomlar tarjima  qilinmaydi. Ayni  vaqtda 

bir  obyekt  nomi  boshqasiga  ko’chirilishi  mumkinligi haqida ham  ma’lumotga 

ega bo’lish foyidadan xoli emas.  

Masalan,  O’zbekistondagi  uchta  viloyat  nomi  daryodan  o’tgan 

(Qashqadaryo,  Surxondaryo,  Sirdaryo)  qolganlarining  nomi  shaharlar  nomidan 

o’tganligini  ta’kidlash  lozim.    Jazoir,  Tunis,  Lyuksemburg,  Gvatemala  kabi 

davlatlar  nomi  shahar  ismi  bilan  atalsa,  Paragvay,  Kongo,  Niger,  Senegal, 

daryolari  nomi  mamlakat  nomiga  aylangan.  Xuddi  shunday  nomlar  dengiz, 

davlat, oqim, okean  nomiga o’tganligini ta’kidlash lozim. 

Geografik  va  toponimika  fanlari  ta’limidagi  eng  nozik  masalalardan  biri, 

an’anaviy nomlar bo’lib, bunday  nomlarni  shu  davlat  xalqi  tushunmasligi ham 

mumkin.  Masalan,  Albaniya  –  Shkiperiya,  Germaniya  –Doychland,  Finlandiya  -  

Suomi, Polsha- Polland va hokozo. 


 

 

36 



Geografiya  talimi  jarayonida  geografiyani  qiziqarli  tomonini  oshirish  

uchun  ta’riflanayotgan  atama  termin  va  nomlarning  ma’no  mazmuni  va  kelib 

chiqishini  bilishga  intilish  buni  imkoni  boricha    o’qituvchi  talabaga 

tushunarli, sodda qilib yetkazishi muhim  ahamiyat  kasb  etadi.   

Shu nuqtai - nazardan o’z o’lkasining tarixi, tabiati, boyliklarini  o’rganadigan 

ekskursiyalar  tashkil  etish,  to’garak  ishini  jonlashtirish,  sinfdan  va  maktabdan  

tashqari  tadbirlarni  tashkil  etish  ishlarni  muhim  ahamiyatga  ega.  Geografik  

ta’limning   o’ziga  xos  qirralari  ko’p  bo’lib,  hoh  oliy  ta’lim,  hoh  umumiy  o’rta 

ta’limda  bo’lsin,  umuminsoniy  madaniyatning  tarkibiy  qismi  bo’lgan  geografik 

dunyoqarash  va geografik  madaniyatini faqarolarda shakllantiradi.  

Sayyoramizning  istalgan  joyida  ro’y  berayotgan  tabiiy  iqtisodiy  siyosiy 

voqyealik va hodisalarning  makonini aniq  tasavvur etish  geografik dunyoqarash  

hisoblanadi.  Materik,  okean,  davlatlarning   joylashgan  o’rni  qiyofasi  ozmi-

ko’pmi   tabiiy va  iqtisodiy - ijtimoiy xususiyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lib, 

ularning o’rni haqida tasavvurga ega bo’lishi  geografik madaniyatdir.   

  Geografik  dunyoqarash  va  madaniyat  albatta  joy  nomlari  -  toponimlar  

orqali  mujassamlashgan.  Shunday  ekan  geografik obyektlarning  nomlari, ya’ni 

toponimlar  asosan  geografik  ta’lim  jarayonida  bilib  olinadi.   Toponimikaning 

geografiya  ta’limida  o’rganilishining  ahamiyati  ham  shunda.  Buning  ustiga  

geografiya  ommabop  va  qiziqarli  o’quv  predmeti  deb  sifatlanar  ekan  

tariflanayotgan  nomning  ma’nosi,  atalish  tarixi,  aniq  xususiyatlari  haqida 

ma’lumot berilsa geografaiyaning jozibadorligi  ta’minlanadi. 

  Geografik xaritalardagi istalgan  joy nomi  zamirida  tabiat, tarix  va lisoniy  

belgilar  oshkora  yoki  yashirin  ekanligini,  ularni  tahlil  etish  orqali  o’rganish 

mumkin.  Eng  yirik  geografik  nomlar  makrotoponimlar  bo’lib,  ularda  ayrimlarini 

tahlil etish fan predmeti va vazifasi naqtai  nazardan  o’rganiladi. 

Har  bir  o’lka  toponimlari  birinchi  navbatda  tabiat  bilan  jamiyat  haqidagi 

bilimlarni  kengaytirishga  xizmat  qiladi  va  obyekt  haqida  axborot  berishga 

qaratilgan.  Shu  sababdan,  eng  avvalo  o’z  o’lkasining  qolaversa  faqat  darslarda 

emas har kuni  ommaviy axborot  vositalarida eshitiladigan   geografik nomlarning 



 

 

37 



ma’nosini va atalish sababini bilish bugungi axobrotning tezkorligi davrning talabi  

hamdir. 


Ayni  paytda  o’zi  yashab  turgan  o’lka  o’zi  mansub  bo’lgan  xalq  o’tmishi  va 

qadryatlarini  hurmat  qilish,  avlod-ajdodlarning  orzu-umidlari  mujassam  bo’lgan 

nomlar  vatan  tarixining  bir  bo’lagi  bo’lganidan  xalqning  topqirligi  va 

donishmandligini  ko’rsatadigan  geografik  nomalar  vatanga   iftixor  tuyg’ularini 

tarbiyalaydi.   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

38 



3.2. BUYUK GEOGRAFIK  KAShFIYOTLARNING O’RGANILISh TARIXI 

 

Buyuk  geografik  kashfiyotlar  deyarli  butun  insoniyat  tarixi  davomida  amalga 



oshirilgan  quruqlik  va  dengizdagi  eng  muhim  kashfiyotlar  kompleksi  deb  tan 

olingan.  An’anaviy  ravishda  buyuk  geografik  kashfiyotlar  faqat  yangi  era 

davomidagi buyuk geografik kashfiyotlar bilan belgilanadi. (XV asr o’rtalari -XVII 

asr o’rtalari). Dactlabki davrga quyidagi kashfiyotlar kiradi: Janubiy Osiyo va Hind 

okeani  (Xarappa  sivilizasiyasi  dengizchilari  va  savdogarlari,  eramizdan  avvalgi 

XXI-XX asrlar); Yevropaning Janubiy qirg’oqlari, O’rta yer dengizi va Qora dengiz 

(krit va axey dengizchilari, eramizdan avvalgi XVI-XIV asrlar); Sharqiy Osiyo  (In 

savdogarlari,  harbiylari,  dengizchilari;  eramizga  qadar  XIV-VIII  asrlar);  Afrika 

atrofida  suzish  va  uning  kattaligini  aniqlashtirish  finikiyalik  dengizchilari 

eramizgacha 609-595  yy); Shimoliy Atlantika, Buyuk  Britaniya  oroli, Shimoliy  va 

Baltika  dengizlari  (Piteas  eramizdan  avvalgi  320  yilga  qadar);  Sharqiy  Yevropa 

(Kiyev Rusi savdogar va kolonislari; 9-10 asrlar); Grenlandiya va Amerika shimoli-

sharqi (Eyrik Raudi, Leyf Eyrikson, 981-1004).  

Markaziy  va  Janubiy  Amerika  kashf  etilishi  (  X.Kolumb,  A.Vespuchchi, 

A.Veles de Mendosa (A.Velez de Mendoza) va boshqalar 1492-1502); Yevropadan 

Hindistonga  dengiz  yo’llari  (Vasko  da  Gama, 1497-99); 1-yer  aylana  sayohat 

(F.Magellan, 1519-22)  -  Dunyo  okeanining  mavjudligi  va  Yerning  shar  shaklini 

isbotlagan;  Shimoliy  Osiyo  va  uni  Shimoliy  Amerikadan  ajratib  turuvchi  bo’g’oz 

(Yermak,  I.Yu.  Moskvilin,  S.I.Dejnev, 1582-1648);  Avstraliya  (A.Tasman, 

V.Yanszon, 1606-42).  

Buyuk geografik kashfiyotlar keyinchalik ham amalga oshirilgan: Alyaskaning 

ochilishi  (M.S.Gvozdev,  V.Bering,  A.I.Chirikov, 1732-41)  va  Antarktida 

(F.F.Bellinsgauzen, M.P. Lazarev, 1820). Ilmiy ahamiyatiga ko’ra buyuk geografik 

kashfiyotlar  qatoriga  Dunyo  okeani  tubi  relyefini  aniqlash  borasidagi  tadqiqotlarni 

(Ch.Tomson,  D.Merrey, 1872-76)  va  yagona  planetar  tog’  tizmalarining  okeanlar 

o’rtasi  tizimi  kashf  etilishini  ham  kiritish  mumkin. (B.Xeyzen,  G.Menard, 

D.L.Bezrukov va boshqarlar, 1955-62).  


 

 

39 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

P.G.Terexovning "Umumiy yer bilimi" kitobida XV asr oxiri XVI asr boshida 

"50 yildan ham oz muddat ichida yevropaliklar deyarli butun yer shari tog’risidagi 

geografik  ma’lumotlarini  kengaytirdilar.  Ular  quruqlik  va  okeanlarning  butunlay 

noma’lum bo’lgan juda katta qismlarini kashf etdilar. Shuning uchun  ham bu davr 

Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb ataladi". "Geografik kashfiyotlar" deb faqat 

yangi,  avval  ma’lum  bo’lmagan  "quruqlik  yo’lidagi"  yoki  "hududiy"  geografik 

obektlar:  tog’,  ko’l,  orollar  va  hokazolarning  (aniqlanishi)  topilishi  tushunilgan. 

1872  yili  "Chellendjer"da  qilingan  ekspedisiyadan  so’ng  "geografik  kashfiyotlar" 

tushunchasiga  okeanografik  kashfiyotlar  -  Dunyo  okeanidigi  kashfiyotlar  ham 

kiritiladigan bo’ldi. 

Hozirgi  davrda  geografik  kashfiyotlar  tushunchasiga  yangi  geografik 

qonuniyatlarning  ochilishi,  yangi  ilmiy  nazariyalar,  yangi  ilmiy  qonunlarning 

aniqlanishi,  geografik  obyektlarni  ilmiy  o’rganish  jarayonida  erishilgan  yangi 

yutuqlar  ham  kiritiladi.  N.G.Fradkin  o’zining  "Geografik  kashfiyotlar  va  Yerning 


 

 

40 



ilmiy o’rganilishi" (1972) kitobida va undan so’ng Yu.G.Saushkin "Geografiya fani 

kecha, bugun, erta" kitobida (1980) bunday kashfiyotlarni nazariy deb ataydi.  

N.G.Fradkin  agar  o’tmishda  geografik  kashfiyotlar  xalq  vakillarining  u  yoki 

bu geografik obyektni (materik, bo’g’oz, vulqon va boshqalar) birinchi marta borib 

ko’rishi, yozuvga ega bo’lib, o’sha obyektni tavsiflashi va uni xaritaga tushurishini 

anglatgan bo’lsa, endi geografik kashfiyotlar tushunchasi faqat hududiy emas, balki 

geografiya  doirasidagi  nazariy  kashfiyotlarni,  yangi  geografik  qonuniyatlarning 

ochilishini ham tushunmoq kerak deb hisobladi. Yu.G.Saushkin «nazariy geografik 

kashfiyotlar  fanning  fundamental  tadqiqotlari  sirasiga  kiradi.  Yer  yuzasini  -  ham 

quruqlikni, ham dunyo okeanini o’zlashtirish jarayonida ular hayotiy zarurdir» deb 

yozadi. 

Shu  tarzda  xulosa  qilish  mumkinki,  geografik  kashfiyotlar  turlicha  bo’ladi. 

Tabiiyki,  o’tmishda  hududiy  kashfiyotlar  ko’p  bo’lgan.  Eng  mufassal  aniqlikni 

I.P.Magidovich  va  V.I.Magidovichlar  geografik  kashfiyotlar  tarixi  bo’yicha  ancha 

fundamental ilmiy asar bo’lgan "Geografik kashfiyotlar tarixidan ocherklar" (1982) 

muqaddimasida beradilar.  

 


 

 

41 



Ular geografik kashfiyotlar tushunchasi ostida «yozuvni (rasmlaridan tashqari) 

biladigan  xalq  vakillari  tomonidan  avval  ma’lum  bo’lmagan  yoki  faqat  eshitib 

ma’lum  bo’lgan  okeanlar  qismlari,  dengizlar,  qo’ltiq  va  bo’g’ozlar,  materiklar  va 

ularning  qismlari,  orollar,  daryolar  va  ko’llarni  birinchi  marta  maqsad  qilib  yoki 

tasodufan borib ko’rilishining tarixiy isbotlanganlarini» tushunadilar.  

Hozirgi  vaqtda  bunday  kashfiyotlar  asosan  yakunlangan  va  okean  va  dengiz 

qirg’oqlarini,  muzliklar  chegaralarini  aniqlash,  o’rmon  massivlarini  chizish  va 

xokazolardan iborat. Shuningdek eng asosiy okeanografik kashfiyotlar ham amalga 

oshirilgan.  Hozirgi  vaqtda  nazariy  kashfiyotlar  uzunlik  qilmoqda.  Modomiki 

nazariy  kashfiyotlarga  tadqiqotlar  orqali  -  turli  usullar  bilan  va  turli  sharoitlarda 

ishlash jarayoni orqali, shu jumladan ekspedisiyalar, yangi bilimlarni ishlab chiqish 

jarayoni  orqali  erishilar  ekan,  ularni  tadqiqotlar  asosidagi  kashfiyotlar  deb  ham 

atash mumkin. 

Yuqorida  aytilganlardan  kelib  chiqib,  zamonaviy  geografik  kashfiyotlar  tarixi 

faqat  yer  yuzasini:  alohida  kontinentlarni,  okeanlarni,  dengizlarni,  orollarni, 

planetamiz  geografik  xaritasini  uzluksiz  aniqlashtirish  va  tadqiq  etish  jarayoni 

davrlarinigina  emas,  balki  uni  geografik  bilimlar  tarixi  va  geografiya  fani  tarixi 

bilan  yaqinlashtiradigan  nazariy  geografik  kashfiyotlar  tarixini  ham  qamrab  olishi 

kerak. 

Bu  o’z  navbatida  keyingi  umumlashtirishlar  uchun  -  avval  emperik,  so’ng 



nazariy  xulosalar  uchun  zarur  bo’lgan  ulkan  faktik  materiallarni  to’plagan 

sayohatchilar  va  ekspedisiyalarga  yana  ham  jiddiy  e’tibor  qaratishni  talab  etadi. 

Ular  ichida  ayniqsa  o’lja  uchun  emas,  haqiqat  uchun  uzoq  safarga  chiqqanlarga, 

notanish  joylar  va  geografik  obyektlarni  xaritaga  tushirish  bilan  chegaralanmay, 

turli xil tadqiqotlar olib borib, ularning xususiyatlarini o’rganib, olingan xulosalarni 

jamiyat foyidasiga qaratishga harakat qilganlarga e’tibor qaratish lozim. 

Geografik  kashfiyotlar  va  tadqiqotlar  tarixining  geografik  bilimlar  tarixi, 

g’oyalar  tarixi,  geografiya  fani  tarixi  bilan  chambarchas  bog’liqligi  bu  tarixchilar 

uchun umumiy davrlashtirishni qo’llash imkonini beradi. So’nggi manbalar orasida 


 

 

42 



M.M.Golubchik,  S.P.Yevdakimov  va  G.N.Maksimovlarning  "Geografiya  tarixi" 

(1998) kitobida bu masala yetarlicha asoslab bayon etilgan.  

Bunday  davrlashtirishni  ular  4  davr  yoki  bosqichga  bo’ladi:  birinchisi  - 

geografik  bilimlarning  dastlabki  jamg’arilishi  va  geografiyaning  fan  sifatida 

shakllana  boshlashi  (qadimgi  davrlardan  XVII  asr  o’rtalarigacha),  ikkinchisi  - 

geografik  bilimlarni  ilmiy  tizimlashtirish,  tartibga  solish  davri  (XVII  asr 

o’rtalaridan  XIX  asr  o’rtalarigacha),  uchinchisi  -  zamonaviy  geografiyaning 

shakllanishi  (XIX  isr  o’rtalaridan  XX  asr  20-yillarigacha)  va  to’rtinchisi  - 

zamonaviy geografiya davii (XX asr 20-yillaridan hozirgi davrgacha).  

Bu  mualliflar  keltirilgan  «bosh  davrlashtirish»...  boshqa,  yanada  mayda 

qismlarga  bo’lishni  ictisno  etmaydi  deb  hisoblaydilar. "Buyuk  geografik 

kashfiyotlar  davri"  birinchi  davrning  so’nggida  ajratilgan  va  o’ziga  xos 

xususiyatlari ko’rsatilgan. Geografik kashfiyotlar turli masshtabda bo’lishi mumkin: 

global-planetar va mintaqaviydan to mahalliy - o’lkashunoslikkacha.  

A.G.Isachenko Kolumbgacha Amerikaning borib ko’rilganligi ehtimoli haqida 

fikr  yuritar  ekan, "Geografik  fikrlar  rivoji" (1971) kitobida  quyidagilarni  yozadi: 

"...bunday  voqyeani kashfiyot sifatida ko’rib chiqish to’g’riligi  ehtimoldan uzoq, u 

hech  qanday  tarixiy  rol  o’ynamadi,  insoniyatning  geografik  tasavvurlariga  ta’sir 

ko’rsatmadi...". Bu masalada Z.I.Gordeyeva fikri ("Yerning geografik kashf etilishi: 

tarixi va istiqboli" NIA-Priroda nashriyoti, 2002) A.G. Isachenko fikri bilan qarama 

- qarshi. Uning fikricha, bunday deyish faqat Buyuk kashfiyotlarga nisbatan to’g’ri 

bo’lishi  mumkin.  Agar  «tarixiy  naf  (ta’sir)»  bir  necha  martaga  kam  bo’lsa-chi? 

Agar  inson  birinchi  bor  ko’l  yoki  avval  geograflarga  noma’lum  bo’lgan  tog’ 

cho’qqisini topsa-chi?. 

1946 yil Moskva viloyati Ruzskiy tumani yosh tabiatshunoslarining Markaziy 

stansiyasi  tomonidan  A.Ye.Stavrovskiy  rahbarligida  tashkil  etilgan  bolalar  yozgi 

ekspedisiyasi qilgan ishni qanday atash mumkin? Ekspedisiya yakunlaridan biri shu 

bo’ldi-ki,  I.A.Zdanovskiyning  o’sha  davrgacha  eng  mufassal  hisoblangan 

gidrografik  xaritasiga  to’rtta  aniqlanmagan  daryocha  belgilandi:  Studentka, 

Poboyenka, Kazanochka va Gryazka. 



 

 

43 



Bu gidrografik topilma geografik kashfiyot emasmi? Albatta, bir tomondan bu 

mahalliy  kashfiyot, «o’lkashunoslik,  masshtabidagi  kashfiyot  bo’lsa-da,  boshqa 

tomondan  ular  yetarlicha  ahamiyatli,  modomiki  bu  kashfiyotlar  tufayli  geografiya 

planetar  jarayonlarga  ta’sir  ko’rsatadigan  Buyuk  Volga  daryosi  «kapillyarlari» 

haqida yanada obyektiv bilimlarga yaqinlashdi: U bolalar kim, biz ular haqida nima 

bilamiz?  I.M.Zabelinning  "Aslida  bo’lmagan  uchrashuvlar" (1958) kitobida 

keltirilgan  mulohazaga  qo’shilish  mumkin. "biz  hali  kamtarin  kuzatuvchilarga 

yetarlicha e’tiborli emasmiz... Buyuk sayohatchilar va dengizchilarning safarlari yer 

shari  bo’ylab  ingichka  va  siyrak   to’r  tortdi,  qolgan  barchasi  biz  deyarli 

eslamaydiganlar tomonidan tasvirlangan va o’rganilgan. 

Uncha  katta  bo’lmagan,  lekin  barcha  uchun  qadrli  bo’lgan  joyni 

o’rganganlarnigina  emas,  balki  planetamizning  diqqatga  sazovar  joylarini  birinchi 

kashf  etganlarni  ham  bilish  qiziqarli:  Amazonka  -  Janubiy  Amerikada  joylashgan 

eng  uzun  daryoni  (shu  jumladan  uning  yerdagi  eng  uzun  daryo  ekanini  birinchi 

kashf  etganni  ham),  Marianna  botig’ini  -  Dunyo  okeanining  eng  chuqur  (11022 

metr)  joyini,  Baykalni  -  planetamizdagi  eng  chuqur  ko’lni  kashf  etganlarni  bilish 

qiziqarli.  

Yerning  tabiiy  qadriyatlarini  birinchi  kashf  etganlar,  shu  jumladan  ruslarga 

Volga  va  Okani,  moskvaliklarga  Moskva  daryosi,  Ural  aholisiga  Narodniy 

tog’larini,  Kavkaz  xalqiga  -  Elbrus  tog’ini  va  buni  birinchi  kashf  etganlarni  bilish 

qiziqarli.Albatta,  geografik  kashfiyotlar  tarixi  bilan  tanishishda  dastlab  asosiy 

e’tibor  geografiyani  mustaqil  fundamental  fan  sifatida  shakllanishi  va  vujudga 

kelishida  katta  rol  o’ynaganlarga  qaratiladi  va  ular  orasida  Yerning  birinchi 

tasviridan hozirgi ko’rinishini tasvirlashgacha katta hissa qo’shgan sayohatchilarga 

e’tibor  qaratiladi.XVII  asrdan  boshlab,  e’tiborga  molik  geografik  kashfiyotlarning 

asosiy qismi maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan bo’ldi. Geografik kashfiyotlar 

yerni  har  tomonlama  o’rganish  jarayonida  va  atrof-olam  haqidagi  yangi  geografik 

bilimlar hosil qilinishida katta rol o’ynagan olimlar qo’liga o’tdi.  

Geografik kashfiyotlar tarixiga oid bir qator umumlashma adabiyotlar mavjud. 

I.P.Magidovich  "Geografik  kashfiyotlar  tarixi  bo’yicha  ocherklar,  M., 1957, 



 

 

44 



Ya.F.Antoshko  va  A.I.Solovyov  "Yerni  geografik  o’rganish  tarixi",  M., 1962, 

A.G.Isachenko  "Geografik  fikrlar  rivoji"  M., 1971,. V.A.  Yesakov  "XIX  asr  -  XX 

asr  boshlarida  rus  geografik  tadqiqotlari",  M., 1978 (R.U.Rahimbekov, 

Z.N.Donsova  «O’rta  Osiyo  tabiatini  geografik  o’rganish  tarixi», T., «O’qituvchi»-

1982, 3-bet)  kabi  asarlarda  buyuk  geografik  kashfiyotlar  tarixiga  oid  ma’lumotlar 

bor.  Z.I.Gordeyevaning  "Yerning  geografik  kashf  etilishi:  tarixi  va  istiqboli" 

(Priroda.2002)  kitobida  buyuk  geografik  kashfiyotlar  tarixi  atroflicha  yoritilgan.  U 

ilmiy mazmunda, keng adabiyotlar to’plamidan foydalanilgan holda yozilgan. Unda 

antik  davrdan  boshlab  bugungi  kungacha  Yerning  geografik  o’rganilishi  tarixi 

bayon  etilganligi  bois  unda  buyuk  geografik  kashfiyotlar  tarixini  bir  tizimga 

solingan,  uzviy  ketma  -  ketlikda  ko’rib  chiqish  mumkin.  Ammo  yuqorida  sanab 

o’tilgan  adabiyotlar  asosan  rus  tilida  bo’lib,  bu  o’quvchilar  uchun  ba’zi 

qiyinchiliklarni tug’diradi.  

O’zbek  tilidagi  buyuk  geografik  kashfiyotlar  tarixini  biz  asosan  qit’alar  va 

materiklar  geografiyasi,  umumiy  yer  bilimiga  oid  o’quv  adabiyotlarida 

uchratishimiz  mumkin. Buyuk  geografik kashfiyotlar  tarixi  insoniyat  tarixining bir 

qismi sifatida tarixiy adabiyotlarda ham uchraydi. Xususan, o’rta asrlar tarixiga oid 

adabiyotlarda  Buyuk  geografik  kashfiyotlar  davri  deb  atalgan  XV  -XVII  asr 

geografik kashfiyotlari tarixini ko’rib chiqish mumkin. 

Dunyo  geografiyasining  umumiy  tarixiga  doir  yirik  monografiyalarda  O’rta 

Osiyolik  olimlarga  yetarlicha  o’rin  ajratilmagan.  Chunonchi,  Dj.Beykerning 

geografik  kashfiyotlar  va  tadqiqotlar  tarixi  to’g’risidagi  kitobida  «Al-Beruni» 

to’g’risida  ma’lumot  yarim  betdan  oshmaydi.  I.P.  Magidovichning  «Geografik 

kashfiyotlar  tarixidan  ocherklar»  asarida  Xorazmiy  to’g’risida  2  satr,  Beruniy 

to’g’risida  9  satr  yozilgan  xolos...  Rixard  Xennigining  «Noma’lum  yerlar» asarida 

O’rta osiyolik olim va sayyohlardan ba’zilari qisqa ba’zan xatolar bilan bo’lsa ham 

har holda tilga  olingan. ... Holbuki, O’rta Osiyo  va Xurosonda atoqli  geograf  olim 

va  sayyohlar  ozmuncha  bo’lmagan,  ular  ajoyib  asarlar  yozganlar  (X.Hasanov 

«Sayyoh olimlar» T., «O’zbekiston»-1981, 7-bet). 

 


 

 

45 



X U L O S A 

 

XVI-asrga  qadar  Sharq  bilan  G’arb  xalqlari  o’rtasidagi  tarixiy-madaniy  va 



savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo’lgan Buyuk Ipak 

yo’li muhim o’rin tutgan edi. Bu yo’l miloddan avvalgi 2-asrda vujudga kelgan va 

“buyuk meridianal yo’l” deb atalgan.  

X.  Kolumb,  Vasko  da  Gama,  F.  Magellan  sayohatlari  va  kashfiyotlari  bilan 

Buyuk  geografik  kashfiyotlarning  birinchi  bosqichi  tugadi.  Endilikda  yangi 

ochilayotgan  yerlarga  yangi  toifadagi  kishilar,  harbiylar,  savdogarlar,  ruhoniylar 

yo’l  olishdi.  Ularning  maqsadlari  yagona  –  oltin  va  hukmronlik  edi  deb  yozadi 

zamondoshlar.  

Ispanlar  oldida  ulkan  hudud  –  Janubiy  va  Markaziy  Amerika  turar  edi.  Bu 

hududlarda  yuksak  sivilizasiyaga  erishgan  davlatlar  Inklar,  asteklar  va  mayyalar 

davlatlari  hukm  surar  edi.  Ispanlar  o’zlarining  XV-XVI  asrlardagi  yangi  yerlarni 

egallash  harakatlarini  konkista  (isp.  egallash)  va  harakat  qatnashchilarini 

konkistadorlar  deb  atashgan.  Konkistadorlarning  oz  sonli  otryadlari  yirik  davlatlar 

va qabilalarni o’zlariga bo’ysundirdilar yoki yer yuzasidan yo’q qilib yubordilar.  

XV-XVI-asrlar  chegarasida  Kolumb  va  izdoshlari  tomonidan  Yukatan  yarim 

orolidan  janubiy  tropikkacha  bo’lgan  qirg’oq  chiziqlari  aniqlangan  edi. 1510 yilda 

Alonso  de  Oxedaning  Uraba  qo’ltig’ining  sharqiy  qirg’og’ida  San-Sebast’yan 

qal’asini  bunyod  qilishi  materik  ichkarisiga  kirib  borishga  imkon  tug’dirdi.  Oxeda 

mahalliy hindularni qul qilmoqchi bo’ldi, lekin qattiq qarshilikka duch keldi. Qal’a 

yashash uchun noqulay joyga qurilgan edi.  

Alonso de Oxeda Espan’olga (Gaiti) jo’nab ketib, qaytmagach Vasko Nunyes 

de  Bal’boa  bu  yerni  tashlab  Oltin  Kastil’ya  (Panama  bo’yni)  ga  ko’chishni  taklif 

qiladi.  Hokimiyatni  o’z  qo’liga  olgan  bu  odam  hindu  qabilalariga  hujum  qiladi. 

taslim  bo’lgan  va  oltinlarni  topshirgan  qabilalarni  omon  saqlab  qoladi.  Shunday 

qabilalardan u, ulkan tog’lar ortidagi dengiz va Inklar haqida eshitadi.  

1513  yilda  u  190  ta  ispan  va  25  ta  hindu  hamrohligida  yo’lga  chiqib,  Tinch 

okean  (Janubiy  dengiz)  qirg’oqlarigacha  yetib  boradi.  Uning  bu  kashfiyoti 

ispanlarga yangi imkoniyatlar beradi. 1517 yilda Fransisko Ernandes de Kordoba 3 



 

 

46 



ta kemada Yukatan  yarim  orolining shimoliy  va  g’arbiy qirg’oqlarini tekshirdi. Bu 

hududda topgan oltinlari ularga yana g’ayrat bag’ishladi. Yangi ekspedisiyaga Xuan 

de Grixalva boshchilik qildi.  

Ular o’zlari eshitgan oltinga  boy Mexiko tomonga yaqinlashganlarida asteklar 

hukmdori  Motekoxsuma  Shokoyosin,  yoki  ispanchasiga  Montesumaning  elchilari 

peshvoz  chiqib,  ispanlarning  buyumlarini  oltinga  almashtirishadi.  Ispanlar 

asteklarning  ulkan  piramidalarini  ilk  bor  ko’rishdi.  Ularning  olib  kelgan  oltinlari 

Kuba  gubernatori  Diyego  de  Velaskesni  Ernan  Kortes  boshchiligida  ekspedisiya 

jo’natishga qiziqtirdi.  

Kortes  1519  yilda  ilk  bor  quruqlik  sayohatini  amalga  oshirdi. 400 soldat, 15 

otliq va 6 ta to’p bilan buyuk imperiyani bo’ysindirdi. U Tenochtitlanga kirib borib, 

Montesumani  asir  oldi,  hindular  qo’zg’olon  ko’targach,  uni  o’ldirib  ittifoqdosh 

hindular yordamida asteklarni yengdi.  

1530  yilning  27  dekabrida  Fransisko  Pisarro  180  kishi  hamroqligida 

Panamadan  janubga  suzib,  ekvator  chizig’ida  qirg’oqqa  tushdi.  Peruga 

uyushtirilgan  bu  safar  birinchisi  bo’lmay,  oldin  ham  Pisarro  bir  necha  bor  inklar 

davlatiga  yaqin  kelgan  edi.  ayni  davrda  inklar  davlatida  fuqarolar  urushi  tugab, 

kuchsizlanib  qolgan  edi.  Pisarro  inklar  podshosini  qo’lga  olib,  bir  uy  to’la  oltinga 

almashtirishga rozi bo’ldi. Ammo va’dasida turmay uni o’ldirdi va inklarni tor-mor 

qildi.  


Ispanlar  1532-33  yillar  davomida  Peru,  Ekvador  va  Kolumbiya  hududlarini 

egallab  olishdi.  Bundan  keyingi  yillar  davomida  to’xtovsiz  yurishlar  qilib  And 

tog’larining  janubiy  hududlarini  ham  egalladilar.  Materikda  faqat  araukanlar 

qabilasigina  ispanlarga  bo’ysinmadi.  Ispanlarning  yurishlari  ko’proq  qirg’oqqa 

yaqin  hududlar  edi.  Lekin  1541  yilda  Fransisko  de  Orel’yano  Napo  daryosidan 

suzishni boshlab, Amazonkaning quyilish joyigacha yetib bordi.  

Janubiy  va  Markaziy  Amerikadan  misli  ko’rilmagan  boyliklarga  ega  bo’lgan 

Ispaniya Yevropadagi eng boy davlatga aylandi. Ispanlar va portugallar 1494 yilda 

Rim  papasining  farmoniga  suyanib  barcha  yangi  yerlarga  o’z  egalik  huquqlarini 

da’vo qilishar, ammo Fransiya va Gollandiya buni tan olmas edi. Ularning qaroqchi 



 

 

47 



kemalari oltin ortilgan ispan va portugal kemalarini egallab, boyliklarini tortib olar 

edi.  


Ingliz  Frensis  Dreyk  yangi  yerlardagi  ispan  qal’alariga  hujum  qilish  orqali 

shuhrat  qozondi.  U  inglizlardan  birinchi  bo’lib,  Janubiy  Amerika  materigini 

janubdan  aylanib  o’tdi  va  Tinch  okean  qirg’oqlaridagi  ispan  kemalariga  ortilgan 

oltinlarga  ega bo’ldi. Uni tutmoqchi bo’lgan ispan  va portugal kemalaridan qochib 

480  shimoliy  kenglikkacha  bordi,  shundan  so’ng  g’arbga  burilib,  Tinch  va  Hind 

okeanlarini kesib o’tib, Angliyaga qaytib keldi.  

U  shimoliy  Amerikaning  g’arbiy  qirg’oqlarini  kashf  qildi  va  ikkinchi  bo’lib 

Yer  shari  bo’ylab  sayohatni  amalga  oshirdi.  Angliyaning  dengizlarda  hukmronlik 

davrini  boshlab  berdi.  Ispanlarning  “Yengilmas  Armada”  floti  yengilgandan  keyin 

(1588  y) Angliya dengizlarda  yangi  yer  ochish uchun  erkin suza boshladi. Janubiy 

yerni topishga urinish natijasida Yevropaliklar Avstraliya materigini kashf qildilar. 

Uning  qirg’oqlari  haqida  malayaliklardan  eshitib,  turli  yo’nalishlarda  izlab  ko’rib, 

topganlaridan so’ng o’zlari izlagan Janubiy Yer emas ekanligini bilganlar.  

Antik  davr  geograflari  Ptolomey  va  Pomponiy  Mela  janubda  yirik  materik 

bo’lib,  u  Osiyo  va  Afrikaning  janubiy  qirg’oqlari  bilan  tutashib  turadi  deb 

hisoblaganlar,  lekin  Marko  Polo  va  Vasko  da  Gamaning  suzishlari  bu  fikrning 

noto’g’riligini ko’rsatdi.  

XVI  asrda  Janubiy  materik  haqidagi  fikrlar  yana  paydo  bo’ldi.  Endi  Terra 

Australia  incognita  deb  atalgan  bu  yerni  turli  kattalikda  tasvirlaganlar. 1570 yilda 

Abraxam Orteliy dunyo atlasini yaratadi va janubiy materikni nihoyatda ulkan qilib 

tasvirlaydi hamda u yerning tabiati haqida afsonaviy ta’riflar keltiradi.  

O’sha  davrda  dengizchilar  uchun  janubiy  kengliklar  noma’lum  edi. 

Dengizchilar  40-kengliklarni  “o’kiruvchi”, 50-kengliklarni  “chinqiruvchi”, 60-

kengliklarni  “quturgan”  deb  ta’riflaganlar.  Lekin  ular  doimo  janubga  tomon  siljib 

borganlar. 1616 yilda Yakob Lemer va Villem Sxauten Olovli Yer orolini ochdilar 

va  janubdagi  Estados  orolini  materik  deb  o’yladilar. 1526 yilda  portugal  Jorj 

Minezisha  va  1545  yilda  ispan  In’igo  Ortis  de  Retes  Papua  –  Yangi  Gvineya 

qirg’oqlariga yetib borganlar.  



 

 

48 



Bundan  keyingi  kashfiyotlar  Okeaniya  orollarining  ochilishi  bilan  bog’liq 

bo’lib, Pyedro Sermento de Gamboa va Al’varo Mendan’ya de Neyra Tinch okean 

hududidagi  boy  yerlarni  izlab  Solomon  orollarini  kashf  etishdi.  Lekin  boylik  yo’q 

edi. 1567 yildagi  bu  suzish  natijalari  unutilgach, 1595 yilda  Mendan’ya  yana 

suzishga  otlanib  Markiz  orollarini  kashf  etdi,  ammo  Solomon  orollarini  topa 

olmadi. 1606 yilda Kiros Yangi Gebrid orollarini kashf etdi. 1614 yilda Luis Torres 

Yangi  Gvineya  va  Avstraliya  o’rtasidagi  bo’g’ozni  ochdi.  Ushbu  suzishlar  bilan 

ispanlarning geografik kashfiyotlar davri tugadi.  

Gollandiyadagi  Ost-Indiya  kompaniyasi  Zond  orollarini  1602  yilda  egallab 

oldi. 1605-1606  yilda  Villem  Yanzon  Yangi  Gvineyaning  janubi-sharqiy 

qirg’oqlaridan  suzib  Arafur  dengizini  kesib  o’tadi  va  Avstraliyaning  Keyp-York 

yarim orolining g’arbiy qirg’oqlariga yetib boradi.  

1616-1636  yillar  davomida  gollandlar  Avstraliyaning  janubiy  qirg’oqlari, 

Arnemlend yarim orolining shimoliy qirg’og’i va Karpentariya qo’ltig’ining sharqiy 

qirg’oqlarini ochdilar.  

Abel  Tasman  ekspedisiyasi  1642  yil  Tasmaniya  orolini  (Van-Dimen  yeri), 

Yangi  Zelandiya,  Tonga  va  Fidji  orollarini  ochdi.  Tasmanning  1644  yildagi 

ekspedisiyasi  Keyp-York  yarim  orolidan  Shimoli-g’arbiy  burungacha  5500  km 

qirg’oqbo’yini kartaga tushirdi. Avstraliya (Yangi Gollandiya) katta orollar majmui 

yoki yaxlit materik ekanligi aniqlanmadi. Janubiy noma’lum yerning aslida yo’qligi 

18-asrgacha noaniq bo’lib qoldi. 

Ruslarning  geografik  kashfiyotlari  Sibirning  o’zlashtirilshi  va  Shimoliy  Muz 

okeani  qirg’oqlarini  aniqlash  bilan  bog’liqdir.  XVI-XVII  asrlarda  ruslar  Sibirni 

o’zlashtirib,  Uzoq  Sharqqacha  yetib  bordilar.  Bu  kashfiyotlarning  eng  buyugi 

Semyon Dejnyovning 1649 yilda Chukotka yarim oroliga yetib, Osiyo va Amerika 

o’rtasidagi bo’g’ozni topganligidir.  

Buyuk  geografik  kashfiyotlar  Yevropadagi  geografiya  fanining  rivojlanishiga 

katta  ta’sir  ko’rsatdi. 1567 yilda  Lyudoviko  Gvichchardinining  “Niderlandiya 

ta’rifi”  kitobi  chop  etildi.  Uni  birinchi  iqtisodiy  geografik  qo’llanma  deb  atasa 

bo’ladi. Yevropa Uyg’onish davrida Niderlandiya kartografiya fanining rivojlanish 



 

 

49 



markazi bo’ldi.  XVI asrda  Gerard  Kremer (Merkator) va Abraxam Orteliy  Buyuk 

geografik  kashfiyotlar  natijalarini  umumlashtirib,  atlas  yaratdilar.  Yan  Vermeyer 

geografik kartalar chizdi. 1544 yilda Sebast’yan Myunster  “Kosmografiya” asarini 

chop qildi. Kitobda noma’lum joylarning afsonaviy tasvirlarini hisobga olmaganda, 

geografik  bilimlarning  umumlashtirilishi  va  fan  tizimining  yaratilishidagi  ilk 

qadamlardan biri deb atash mumkin.  

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

50 



 

TOPONIMIK IBORALAR ShARHI 

 

Toponimikani  ham  boshqa  fanlardek  o’ziga  xos  iboralari  mavjud.  Ularni 

yaxshi  o’zlashtirish  esa  fan  sir-asrorlarini  bilib  olishni  osonlashtiradi.  Qo’yida 

toponimikada qo’llaniladigan asosiy so’z va iboralarni qisqacha sharhi berilgan. 

 Agroonim - (yunoncha agros –dala, ekinzor, shudgor) – toponimning bir turi. 

Masalan, Bedapoya, O’ttizgektar, Mo’soning yeri.  

Antroponim  -  (yunoncha  antropos  -  odam)-  atoqli  otning  bir  turi.  Odamning 

ismi, familiyasi, taxallusi, laqabi. Masalan, Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Safar 

ota, Hayitqul tepa. 

Atoqli  ot  -  biron  obyektni  boshqa  obyektlardan  farq  qilish  uchun  xizmat 

qiladigan so’z yoki so’zlar birikmasi, onim. Masalan, Mirzacho’l, Qizilqum, Qili va 

boshqalar. 

 Geografik  atamalar  -  geografik  obyektning  turini  bildiradigan  so’zlar 

geografik  atamalar  hisoblanadi.  Masalan,  adir,  qir,  ko’l,  cho’l,  tog’,  quduq,  soy, 

tekislik  va  boshqalar.  Geografik  atamalar  turdosh  otlar  bo’lganida  geografik 

nomdan  keyin  kichik  harflar  bilan  alohida  yoziladi.  Ko’proq  shevalarda 

ishlatiladigan  atamalar  mahalliy  geografik  atamalar  yoki  xalq  geografik  atamalari 

deyiladi.  

Gibrid nom - ikki  va undan  ortiq  tillarning  leksik  va morfologik unsurlaridan 

tarkib topgan nomlar. Masalan, Toshkamar, Ko’kgumbaz, Xayrobod va boshqalar. 

Gidronim  -  (yunoncha  gidro  –  suv,  onim  –  nom,  ism)  -  toponimning  bir  turi. 

Tabiiy yoki inson tamonidan bunyod etilgan har qanday suv obyektlari  - okeanlar, 

dengizlar,  daryolar,  kanallar,  suv  omborlari,  soylar,  quduqlar  va  boshqalar. 

Masalan, Zominsuv, Sangzor, Qili, Aydarko’l, Tuzkon. 

Makrotoponim  -  ma’lum  va  mashhur  bo’lgan  tabiiy  geografik  obyektning 

atoqli  oti,  materiklar,  qit’alar,  okeanlar,  eng  katta  tekisliklar,  tog’lar,  tabiiy 

geografik  o’lkalar  nomi.  Masalan,  Turon,  Qizilqum,  Osiyo,  Oloy,  Pomir.  Bular 

ko’pincha olimlar, sayyohlar tomonidan beriladi va rasmiylashtiriladi. Makrotoponimlar 



 

 

51 



ba’zida  yerli  aholiga  ma’lum  bo’lmasligi  mumkin,  chunki  ular  asosan 

mikrotoponimlardan foydalanadilar. 

Mikrotoponim  -  muayyan  hududda  ma’lum  bo’lgan  kichik  geografik 

obyektlarning  atoqli  otlari.  Masalan,  buloqlar,  ko’priklar,  jarliklar,  quduqlar, 

bog’lar  va  boshqalar.  Mikrotoponimlar  uchun  omonatlik,  o’zgaruvchanlik, 

harakatchanlik  xosdir,  hamda  ular  nafaqat  geografik  tushuncha  balki,  ma’naviy 

tushuncha hamdir. 

Mikrotoponimlar  odatda  og’zaki  nutqda  qo’llaniladi,  kamdan-kam  yozuv 

ma’lumotlarida  ishlatiladi.  Tilning  o’zgarishi  bilan  mikrotoponimlar  ham 

o’zgaradi.  Ularning ko’pchiligi yuqolib ketishi ham mumkin.  

Oykonim  -  (yunoncha  oykos  -  uy,  turar  joy,  makon)  -  toponim  turi,  aholi 

yashaydigan  har  qanday  joyning  qishloq,  ovul,  shaharcha,  shaharning  nomi. 

Masalan, Jizzax, Zomin, Do’stlik, Marjonbuloq. 

Oronim - (yunoncha oros – tog’) – tog’lar, qirlar, tepaliklar, dovonlar, daralar 

va  boshqa  bir  qator  orografik  obyektlarning  nomi.  Masalan,  Nurato,  Turkiston, 

Molguzar, Amir Temur darvozasi. 

Toponim  -  (yunoncha  topos  –  joy,  makon,  onima-  nom,  ism.)-  har  qanday 

geografik  obyektning  atoqli  oti,  nomi.  Masalan,  gidronim,  oykonim,  urbonim, 

agroonim. 

Totem - urug’chilik  tuzumining  ilk davrida hayvon  va  o’simliklar turiga  yoki 

jonsiz  tabiat  narsalariga  topinish.  Masalan,  bolg’ali,  taroqli,  oytamg’ali,  erganakli 

va boshqalar. 

Transkripsiya  -  (lotincha  transriptio  –  ko’chirib  yozish)  boshqa  tildagi 

geografik  nomlar  (fonemalar)ni  o’z  tilidagi  grafemalar  (harflar)bilan  ifodalash, 

yozish.  Transkripsiya  deganda  so’zlarni  va  matnlarni  ularning  talaffuzini  hisobga 

olgan  holda  muayyan  yozuv  vositalari  yordamida  yozish,  ifodalash  usuli 

tushuniladi. 

Formant - (lotincha formans - hosil qiluvchi) –so’z yasaydigan, lekin, mustaqil 

ishlatilmaydigan unsur. Toponimlar tarkibida ayniqsa ko’p uchraydi. Masalan, kent- 

Nushkent, Yangikent; loq - Toshloq, Qumloq va boshqalar. 



 

 

52 



Urug’  -  kishilarning  eng  qadimgi  birligi  bo’lib,  qarindosh  avlod  –  bir  ota-

onadan tarqalgan avlod. Urug’chilik qon- qarindoshlikka asoslangan bo’lib, har bir 

urug’ odamlari bir-birlari bilan xo’jalik va ijtimoiy jihatdan o’zaro bog’liq.  

Etnonim  -  (yunoncha  etnos-xalq,  onim-ism,  nom)  –  urug’,  qabila,  elat,  xalq, 

millat  va  boshqa  xil  etnik  uyushmalar  nomi.  Urug’,  qabila,,  xalq  nomi  o’zi 

tamonidan tanlangan yoki o’zgalar tamonidan berilgan bo’lishi mumkin. Masalan, 

barlos, nayman, qipchoq, jaloyir, laqay va boshqalar. 

Etimon  -  (yunoncha  etimon-haqiqat,  so’zning  asosiy  ma’nosi)  –  muayyan 

nomning tadqiqotchilar aniqlagan dastlabki shakli, ma’nosi. 

Haqiqiy 


toponim 

bu 



xarita, 

ma’lumotnomalarga 

tushgan, 

aslida 


mikrotoponimlardan  kelib  chiqqan  tabiiy  va  sun’iy  obyektlarning  yakka  nomi.  Ular 

har  xil  xalq  va  turli  tillar  mahsulidir, juda  ko’p  ishlatiladi  va  o’zi  joylashgan  hududdan 

boshqa joylarda ham ma’lumdir.     

Qabila - (arab) urug’, urug’-aymoq- bir ota-onadan tarqalgan bir nechta urug’ 

uyushmasi.  Qabila  urug’ga  nisbatan  yirik  bo’lib,  bir  nechta  urug’larning 

birlashuvidan hosil bo’ladi. Masalan, ming, nayman, jaloyir, qo’ng’irot, qipchoq va 

hokazo.  

  

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

53 



FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR 

 

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T.; Ma’naviyat, 2008.  



2. Alibekov L.A. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi. -Samarqand. 2006. -163 b. 

3. Gulyayev V. I. Po sledam konkistadorov. M., 1976. 

4. Do’simov Z. Joy nomlarining qisqacha izohli lug’ati. -T.; 1977, b.4.  

5.

 



Magidovich I. P., Magidovich V. I. Ocherki po istorii geograficheskix otkro’tiy. 

-M., 1983.  

6.  Murzayev  E.M.  Etyud

ы  po  toponimike  Sredney  i  Sentralnoy  Azii.  Voprosы 

geografii 

№ 8. -M.; 1948. 

7. Murzayev E.M. Toponimika - populyarnaya. -M.; 1973.  

8. Murzayev E.M. Ocherki toponimiki. -M.; 1974.  

9.  Murzayev  E.M.  Toponimika  Sredney  Azii  i  Kazaxstana.  Onomastika  Sredney 

Azii. -M.; 1978. 

10. Murzayev E.M. Geografiya v nazvaniyax. -M.; 1979. 

11. Murzayev E.M. Slovar narodn

ыx geograficheskix terminov. -M.; 1999. 

12. Nabiyev A. Tarixiy o’lkashunoslik. -T.; 1996, b.130 

13.  Nafasov  T.  Janubiy  O’zbekiston  toponimiyasinining  etnolingvistik  analizi.  T.; 

1985.  


14. Nikonov V.A. Vvedeniye v toponimiku. -M.; 1965.  

15. Qorayev S. Geografik nomlar ma’nosini bilasizmi? -T.; 1970. 

16. Qorayev S. Geografik nomlar ma’nosi. -T.; 1978. 

17. Qorayev S. Geografik terminlar va tushunchalar izohi lug’ati. -T.; 1979. 

18.  Qorayev  S.  O’zbekiston  oykonimlarini  sosial-iqtisodiy  geografik  aspekda 

o’rganish. O’z. GJA. 18-jild.-T.; 1997. 

19.  Qorayev  S.  O’zbekiston  toponimlarini  hosil  qiladigan  asosiy  terminlar  va 

boshqa so’zlar lug’ati. -T.; 2001. 

20. Qorayev S. O’zbekiston viloyatlari toponimlari. -T.; 2005. 

21. Qoraev S. Toponimika. -T.; 2006. 

22. G’ulomov P. Jo’g’rofiya atamalari va tushunchalari izohli lug’ati.-T.; 1994. 

23. Haydarov H. Jizzax viloyati tarixi. -T.; 1996.  



 

 

54 



24. Hasanov H. O’rtaosiyolik geograf va sayyohlar. -T.; 1964.  

25. Hasanov H. Geografiya terminlari lug’ati. -T.; 1964. 

26. Hasanov H.  O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan. -T.; 1965.                      

27. Hasanov H. Yer tili. -T.; 1977. 

28. Hasanov H. Geografik nomlar siri. -T.; 1985. 

29. Hakimov Q., G’o’dalov M. Jizzax viloyati geografiyasi. -Jizzax, 2004.  

30. Elyektron adabiyotlar va Intyernyet manbalari. Intyernyet saytlar: 

       


http://geo

. 1 september. ru. 

wgeo. ru 

geografiya. ru 

world. freeglobus. com 

www. ref. nnov. ru   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

55 



JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

TABIATShUNOSLIK VA GEOGRAFIYa FAKULTETI 

 

GEOGRAFIYa VA UNI O’QITISh METODIKASI KAFEDRASI 

GEOGRAFIYa VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI YO’NALIShI  

 

 

“TASDIKLAYMAN” 

FAKULTET DEKANI ____________________ 

“ ____ ”________________ 2012 yil 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISh BO’YIChA TOPShIRIQ 

 

BITIRUVChI:                    SAFAROV ShUHRAT  



 

1. Ish mavzusi: BUYuK GEOGRAFIK KAShFIYoTLAR VA TOPONIMIKA  

 “___” _______ 201_ y. Rektorning ___ sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan.  



2. Ishni topshirish muddati:  20.05.2013 y. _________________ 

3. Mavzu bo’yicha ma’lumotlar beruvchi adabiyotlar ro’yxati: 

E.M.Murzayev Ocherki toponimiki -------------------------------------- 

S.Qorayev Toponimika  ---------------------------------------------------- 

H.Hasanov Geografik nomlar siri   ------------------------------------ 

N.Oxunov Joylar va nomlar ……………………………………………. 

Z.Saidboboyev Tarixiy geografiya …………………………………………. 

M.Mirakmalov Geografiyada toponimika ……………………………… 

4. Ishning maqsadi va hal qilinadigan masalalar: 

Bitiruv  malakaviy  ishning  asosiy  maqsadi  dunyo  xaritasidagi  millionlab  joy  nomlari  va 

ularni paydo bo’lishi buyuk  geografik kashfiyotlar davri bilan bog’liq bo’lsa ham ular orasidan 

eng muhimlarini aniqlash va maktab geografiya darslarida ulardan foydalanishni ilmiy manbalar 

yordamida ochib berishdan iborat.  

5. Grafik qismi materiallari ro’yxati : 5-ta jadval va 3 kartadan iborat ..... 

Maslahatchilar: 

Bo’limlar 

 Maslahatchi 

(F.I.Sh) 

Imzo sana 

Topshiriq qabul qilindi 

Topshiriq berildi 



 

 

56 



1-bob 

g.f.n. Hakimov Q. 

20.11.2012 y. 

20.01.2013 y. 

2-bob 

g.f.n. Hakimov Q. 



20.01.2013 y. 

20.03.2013 y. 

3-bob 

g.f.n. Hakimov Q. 



20.03.2013 y. 

20.05.2013 y. 

 

 

 

 

 

Bitiruv ishi bajarish rejasi: 

№ 

Bosqichlar nomi 



Bajarish 

muddati 


Bajarildi 

KIRISh 



 

01.12.2012 y. 



 

1.0.-BOB.  BUYuK  GEOGRAFIK  KAShFIYoTLARNING  



BOShLANISh DAVRI.   

 

20.01.2013 y. 



 

2.0. -BOB. BUYuK GEOGRAFIK KAShFIYoTLAR 



DAVRIDA OLIMLAR TOMONIDAN BAJARILGAN 

IShLAR 


20.03.2013 y. 

 

3.0. -BOB. MAKTAB MATERIKLAR VA OKEANLAR 



TABIIY GEOGRAFIYaSI DARSLIRIDA BUYuK 

GEOGRAFIK KAShFIYoTLAR DAVRIGA OID 

MAVZULARNING O’QITILIShI 

 

20.05.2013 y. 



 

GLOSSARIY 



25.05.2013 y. 

 



XULOSA 



 

 

 

 

ILMIY RAHBAR:                                                           g.f.n. Q.HAKIMOV  

 

KAFEDRA MUDIRI:                                                     g.f.n. Q.HAKIMOV  

 

TOPShIRIQNI BAJARIShGA OLDIM: _____________  Sh.SAFAROV 

 

 19 -  noyabr  2012    yil 

  

Document Outline

  • “BUYUK GEOGRAFIK  KASHFIYOTLAR VA TOPONIMIKA”
  • GEOGRAFIYa VA UNI O’QITISh METODIKASI KAFEDRASI
    • “TASDIKLAYMAN”
  • KIRISh

Download 492.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling