O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi muqimiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta`lim va bolalar sporti


Download 287.5 Kb.
bet5/5
Sana05.09.2023
Hajmi287.5 Kb.
#1673113
1   2   3   4   5
Bog'liq
5.3.TAQDIMOT

O’RTA OSIYODA ISLOM DINI.

  • O’RTA OSIYODA ISLOM DINI.
  • Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablar ko’p asrlik hukmronligining o’rnatilishi bilan bog’liq. O’rta Osiyoga arab yurishlari qariyb 643-44 yil atroflarida boshlangan bo’lsa ham, o’lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so’ng faqat arab qo’mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo’lishi oqibatida O’rta Osiyo ikki qismga bo’lindi: 1) Movarounnahr («Ikki daryo oralig’i») va 2) Arodi at-turk («Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo’ysunmagan hukmdorlar yerlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi. Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi ikki omil bevosita o’z ta’sirini o’tkazdi. Abu Muslim (747-755) qo’zg’oloni davrigacha O’rta Osiyo islomdan oldingi davr hukmdorlari (ixshid, buxor-xudot va boshqalar) o’z mavqelarini saqlab turdilar. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar uchun soliq yig’ish vazifalarini bajardilar. Umaviy hukmdorlari mamlakat ichki ishlariga bevosita aralashmasdan, mahalliy sulolalardan o’lpon olish bilan cheklanardilar.
  • WWW.ARXIV.UZ

Ba’zida bu o’lpon mahalliy aholidan yig’ilgan jizya (boshqa din vakillaridan yig’iladigan soliq) sifatida qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jizya yig’ish masalasida chigallikning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Ikkinchi omil Umaviylar davrida (661-750) arablarning mahalliy aholi tarafidan islom dinini qabul qilishga monelik qilishlari bilan bog’liqdir. Chunki arablar ilk davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga ko’ra, islom dinini qabul qilgan kishi «arab»ga aylanar, ya’ni jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo’lardilar.

  • Ba’zida bu o’lpon mahalliy aholidan yig’ilgan jizya (boshqa din vakillaridan yig’iladigan soliq) sifatida qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jizya yig’ish masalasida chigallikning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Ikkinchi omil Umaviylar davrida (661-750) arablarning mahalliy aholi tarafidan islom dinini qabul qilishga monelik qilishlari bilan bog’liqdir. Chunki arablar ilk davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga ko’ra, islom dinini qabul qilgan kishi «arab»ga aylanar, ya’ni jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo’lardilar.
  • Bu holda mahalliy musulmonlardan jizya olmaslik, arab va arab bo’lmagan musulmonlarning teng huquqliligi uchun kurash olib borgan islom dini ichidagi murji’iylar diniy-siyosiy harakat g’oyalari Movarounnahrda keng tarqalish imkoniyatlariga ega bo’ldi. Chunki o’lkada arab bo’lmagan musulmonlarning haq-huquqlari arablar tomonidan poymol etilardi. Murji’iylarning faol harakatlari VII asrning 20-40 yillariga to’g’ri keladi. Murji’iy al-Horis ibn Surayj qo’zg’oloni (734-746) Movarounnahr aholisi tarafidan qizg’in qo’llab-quvvatlandi. I/VII asrda shakllana boshlagan murji’iylarning aynan imon va amalning ayri-ayri ekanligi haqidagi qarashlari bu hududda yerli aholining hech bir qiyinchiliksiz islomni qabul qilishlariga, shuning barobarida, yangi shakllanayotgan islom jamiyatida teng huquqlilikka erishishlariga qulay sharoit yaratib berdi; keyinchalik esa – ular garchi arab tilini, qiyin diniy amallarni, o’zlariga butkul yot muhitni to’la anglab yetmasalar-da, ijtimoiy mavqelari va milliy-madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldilar.
  • WWW.ARXIV.UZ
  • So’nggi tadqiqotlar Movarounnahr hududlarida islomning ilk davrlarida ratsionalizmning keng tarqalganligi haqida guvohlik beradi. O’lkada tabiiyot (Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon al-Beruniy) va falsafa (Abu Nasr al-Forobiy, Ibn Sino) ilmlari bilan bir qatorda ratsionalistik diniy ilmlar ham barq urib rivojlandi. Mu’taziliylar, ismoiliylar, ilk sufiylar (al-Hakim at-Termiziy) madaniy hayot tarixida chuqur iz qoldirdilar. Bunga javoban islom dunyosining markaziy hududlaridan traditsionalistlar (an’anachilar, ahl al-hadis) ta’limotlari kirib kela boshladi. Islom ta’limotini keyingi davrda paydo bo’lgan yangiliklardan (bid’at) tozalash bu oqimning negizgi shiori bo’lib qoldi. Bu tanqidiy ruh muhaddislarga siyosiy sohada ham ancha muvaffaqiyatlar keltirdi. Hadislarni yig’ish, tartibga solish va faqat ishonchlilarini to’plamlarga jamlash borasida mislsiz ishlar qilindi. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom ad-Dorimiy, Abd ibn Humayd al-Kashshiy, Kulayb ibn al-Haysam ash-Shoshiylar hadis to’plamlari bilan islom tarixi zarvaraqalariga o’z ismlarini yozdilar. Natijada muhaddislarning ijtimoiy-siyosiy mavqei Movarounnahrda, jumladan poytaxt Buxoroda, beqiyos o’sdi.
  • WWW.ARXIV.UZ

Фойдаланилган адабиётлар: “Диншунослик” фанидан маърузалар матни М.Йўлдошева “Ziyo. net” интернет сахифаси

  • WWW.ARXIV.UZ

Эътиборингиз учун рахмат !

  • Эътиборингиз учун рахмат !
  • WWW.ARXIV.UZ

Download 287.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling