O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI - O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
-
- MUQIMIY NOMIDAGI
- QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
-
- Kimyo o’qitish metodikasi kafedrasi
-
- Ergashaliyev Shuhratjon Hamidjon o’g’li
- “ Fizikaviy kimyo fanining vujudga kelishi va uning kimyo sohasidagi o’rni ”
- 5110300 - kimyo o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr
- darajasini olish uchun yozilgan
-
-
- BITIRUV MALAKAVIY ISHINING TAQDIMOTI
-
- Ilmiy rahbar: f.- m.f.n. I.T.Mahmudov.
Bugungi kunda, O`zbekistоn Respublikasida yoshlar tarbiyasiga alоhida e’tibоr qaratilmоqda. 1997 – yil 29 – avgustda O`zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O`zbekistоn Respublikasining “ Ta’lim to`g`risida ” gi Qоnuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida ham yuksak ma’naviy va axlоqiy talablarga javоb beruvchi yuqоri malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvоr yo`nalishlaridan biri ekanligiga urg`u beriladi. Yuksak ma’naviy va axlоqiy talablarga javоb beruvchi yuqоri malakali kadr bo`lib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir. - Bugungi kunda, O`zbekistоn Respublikasida yoshlar tarbiyasiga alоhida e’tibоr qaratilmоqda. 1997 – yil 29 – avgustda O`zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O`zbekistоn Respublikasining “ Ta’lim to`g`risida ” gi Qоnuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida ham yuksak ma’naviy va axlоqiy talablarga javоb beruvchi yuqоri malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvоr yo`nalishlaridan biri ekanligiga urg`u beriladi. Yuksak ma’naviy va axlоqiy talablarga javоb beruvchi yuqоri malakali kadr bo`lib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir.
Kirish.
Bu dоlzarb masalani samarali hal qilish ko`p jihatdan ta’lim muassasasi rahbari, ularning ta’lim – tarbiyasini bоshqarish layoqatlari hamda pedagоg kadrlar malakasini оshirishni tashkil etish va nazоrat qilishga bоg`liqdir. 2017 - yilning 17 – fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan PF 4947 – sonli “ O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida ” gi farmoni qabul qilindi, unga muvofiq “ umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish ” chora – tadbirlari qabul qilindi. - Bu dоlzarb masalani samarali hal qilish ko`p jihatdan ta’lim muassasasi rahbari, ularning ta’lim – tarbiyasini bоshqarish layoqatlari hamda pedagоg kadrlar malakasini оshirishni tashkil etish va nazоrat qilishga bоg`liqdir. 2017 - yilning 17 – fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan PF 4947 – sonli “ O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida ” gi farmoni qabul qilindi, unga muvofiq “ umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish ” chora – tadbirlari qabul qilindi.
2017 - yilning 20 - aprelida 2909 - sonli “ Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida ” gi qaror qabul qilindi va unda “oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish ” yuzasidan vazifalar belgilab olindi. - 2017 - yilning 20 - aprelida 2909 - sonli “ Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida ” gi qaror qabul qilindi va unda “oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish ” yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Bitiruv malakaviy ish mavzusini dolzarbligi. - Fizikaviy kimyo predmeti ham boshqa fanlar qatori hozirgi barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qiladi. Bu buyuk maqsadni amalga oshirish uchun fizikaviy kimyo kursini o‘qitishda uning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalari birligini ta’minlash zarur.Shu bilan birga fizikaviy kimyoning har bir yo’nalishining vujudga kelish tarixini o’rganish va bilish, talabalarni bu fanni o’zlashtirishiga yaxshi poydevor bo’ladi. Shu nuqtai – nazardan qaraganda ushbu mavzu dolzarb hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. - Ishdan maqsad: Bu bitiruv malakaviy ishning maqsadi umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida fizika va kimyo fanlari o’rtasidagi bog’liqlikni o`rganishdagi o’qitish samaradorligini oshirishdan hamda fizikaviy kimyoning vujudga kelishida asosiy rol o’ynagan qonunlar asosida qanday qilib ushbu fan rivojlanishga erishganligini, bunda kimlarning harakatlari va qanday faoliyatlari asosida vujudga kelganligini talabalarga yetkazib berishdan iborat bo’lib hisoblanadi.
Ishning vazifalari: - Ishning vazifalari:
- 1.Bu bitiruv malakaviy ishga oid ilmiy va ilmiy – uslubiy adabiyotlarni o’rganish , mavzuga oid birlamchi adabiyotlarni topish va ularni tahlil qilish;
- 2.Tahlil natijalariga ko’ra bitiruv malakaviy ishda ko’tarilgan mavzuning bugungi holatiga baho berish va mavzuni rivojlantirish bo’yicha tegishli yo’l – yo’riqlarni ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati. - Fizikaviy kimyoni o‘rganish bilan birga uning tarixi ham o‘rganilib borilsa:
- talabalarning tafakkuri, dunyoqarashi va o‘rganilayotgan fanga munosabati o‘zgaradi,
- Fanning tarixini o‘rganish natijasida bu fanni ilmiy jihatdan chuqur o‘zlashtirishga, unga qiziqish tuyg‘usi qo‘zg‘atishga va ko‘ngil qo‘yishga olib keladi. Fizikaviy kimyo tarixini o‘rganishda fanining yetakchi olimlarini tutgan o‘rni alohida e’tiborda bo‘lsa, ularning kashf etgan qonunlari va yaratgan kashfiyotlarining mazmun va mohiyatlari haqidagi talabalarning tasavvurlarini yanada kengayishiga olib keladi.
-
Fizikaviy kimyo fanining vujudga kelishi . - “ Fizikaviy kimyo fani – kimyoviy hodisalarni fizika fani yordamida o’rganuvchi va bu hodisalarning qonuniyatlarini ochib beruvchi va tushuntiruvchi fandir ”. Bu ta’riflarning orasidagi farqqa qaramasdan ikkala ta’rif ham fizikaviy kimyo fani fizika va kimyo fanlari o’rtasidagi chegaraviy ilmiy hududligini ta’kidlamoqda.
- Tajribaviy dalillarning to’planishi, mujassamlanishi va ularni chuqur tahlil etish zamonaviy fizikaviy kimyo fanining asosini tashkil etib, u XVIII asrdan boshlab o’rganila boshlangan. Masalan, buyuk rus tabiatshunosi M.V.Lomonosov ba’zi bir fizik – kimyoviy hodisalarni bog’liqligini anglab yetib, fizikaviy kimyo tahsilining birinchi ko’rinishini ommaga taqdim etdi va birinchi marotaba tuzlarning erishini fizik – kimyoviy jadvalini yaratdi.
Gaz holatini tadqiq etish bo’yicha ma’lumotlarni barchasini o’rganish shundan dalolat bermoqdaki,uni haqiqiy asoschilari deb D.Bernulli va M.V.Lomonosovni e’tirof etish kerak ekan. XVIII asrning birinchi yarmidayoq rus olimi D.Bernulli gazlar xossalarini zarrachalarning issiqlik harakati asosida tushuntirgan. U gaz bosimi zarrachalar harakat tezligiga bog’liqligini matematik ifodasini chiqardi. M.V.Lomonosov esa molekulyar – kinetik nazariya tushunchalarini qo’llab,o’zining “ korpuskulyar falsafa ” sini asosini tashkil qilgan issiqlik jarayonlarini,xususan issiqlikni molekulyar – kinetik nazariyasini rivojlantirdi.
Daniil Bernulli (1700 – 1782)
Mixail Vasilyevich Lomonosov (1711 – 1765)
Shotland fizigi J.K.Maksvell va avstriya fizigi L.Bolsmanning ishlari gazlarning kinetik nazariyasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shdi. - Shotland fizigi J.K.Maksvell va avstriya fizigi L.Bolsmanning ishlari gazlarning kinetik nazariyasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shdi.
- Gaussning xatoliklar yoyilish egri chizig’i asosida ular olgan natijalarga ko’ra, gaz zarrachalari har xil tezlikda harakatlanadi, shu sababli zarrachalar turli energiyaga ega bo’ladi. Boyl – Mariott qonuni faqat zarrachalar hech qanday o’lchamga ega bo’lmasdan,ular orasida bir – birini tortish kuchi ham yo’q holatda bo’lsagina bu qonun ishlashi mumkinligini Maksvell va Bolsman isbotladilar. Bu talablarga javob beruvchi gazlargina ideal gaz bo’la oladi. Real gazlar esa, zarrachalar o’lchami qancha kichik bo’lmasin baribir qandaydir o’lchamga ega va ular orasida tortish kuchlari mavjud. Real gazlar ichida “ ideal gaz ” tushunchasiga to’g’ri keladigan gazlar bu vodorod va geliy gazlaridir.
Jeyms Klerk Maksvell (1831 - 1879)
Lyudvig Bolsman ( 1844 – 1906 )
A.L.Lavuazye birinchi bo’lib kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo’layotgan issiqlikni miqdoriy aniqlashga harakat qilgan. Hosil bo’lgan issiqlikni u alohida kimyoviy “ issiqlik ”(teplorod) elementi deb qaragan. Bu farazi asosida murakkab moddalarning tarkibiga kiruvchi “ issiqlik ” (teplorod) elementining miqdorini aniqlashga harakat qilgan.To’kis bo’lmagan, o’zi yaratgan kalorimetr asbobida olib borilgan tajribalar natijasida Lavuazye – Laplas qoidasi paydo bo’ldi. - A.L.Lavuazye birinchi bo’lib kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo’layotgan issiqlikni miqdoriy aniqlashga harakat qilgan. Hosil bo’lgan issiqlikni u alohida kimyoviy “ issiqlik ”(teplorod) elementi deb qaragan. Bu farazi asosida murakkab moddalarning tarkibiga kiruvchi “ issiqlik ” (teplorod) elementining miqdorini aniqlashga harakat qilgan.To’kis bo’lmagan, o’zi yaratgan kalorimetr asbobida olib borilgan tajribalar natijasida Lavuazye – Laplas qoidasi paydo bo’ldi.
- “ Issiqlik ” (teplorod) nazariyasiga tayanib ilmiy ishlar qilgan buyuk rus kimyogari G.I.Gess reaksiyalarning issiqlik effektini tartibli ravishda o’rgandi. 1840 - yili u shunday xulosaga keldi: agar dastlabki moddalardan oxirgi moddalar turli yo’llar bilan olinishi mumkin bo’lsa, bu yo’llarda qanday oraliq reaksiyalar bo’lishidan qat’i nazar, umumiy issiqlik effekti har bir yo’l uchun bir xil qiymatga ega va oraliq reaksiyalar issiqlik effektlarining yig’indisiga teng bo’ladi. Bu umumlashtirilgan fikr Gess qonuni nomi bilan tanilgan. Bu qonunni yaratilishi tufayli buyuk rus kimyogari G.I.Gessni termokimyo asoschisi deb e’tirof etiladi. Gess qonuni umumlashgan energiyani saqlanish qonunining natijasidir. G.I.Gessning qonuni fizika va kimyo fanlari orasidagi chegarani olib tashladi va bundan ikki fanning bir – birini boyitish bo’yicha hamkorlik ishlari boshlandi.
Antuan Loran Lavuazye
( 1743 – 1794)
German Ivanovich Gess
(1802 – 1850)
1824 – yili fransuz fizigi N.L.Sadi Karno bug’ dvigatelining harakatini tahlil qilayotib o’zining nomi bilan yuritiluvchi Karno sikli hodisasini kashf etdi. U kashf etgan sikl shuni yaqqol namoyon etdiki, mexanik ish bajarish uchun bug’ mashinasining isitgich va sovutgich moslamalari orasida harorat farqi bo’lishi shart ekan. Haroratdaki farq qancha katta bo’lsa, dvigatelning foydali ish koeffitsiyenti shuncha yuqori bo’ladi. - 1824 – yili fransuz fizigi N.L.Sadi Karno bug’ dvigatelining harakatini tahlil qilayotib o’zining nomi bilan yuritiluvchi Karno sikli hodisasini kashf etdi. U kashf etgan sikl shuni yaqqol namoyon etdiki, mexanik ish bajarish uchun bug’ mashinasining isitgich va sovutgich moslamalari orasida harorat farqi bo’lishi shart ekan. Haroratdaki farq qancha katta bo’lsa, dvigatelning foydali ish koeffitsiyenti shuncha yuqori bo’ladi.
- Termodinamikaning sirlarini ochish yo’lida ingliz fizigi J.P.Joul va nemis fiziklari Yu.R.Mayer hamda G.L.F.Gelmgols kabi olimlar juda katta muvaffaqiyatlarga erishishdi.
Nikola Leonar Sadi Karno
(1796 – 1832)
Yulius Robert Mayer
( 1814 - 1878)
XIX asrning 40 - yillarida yuqorida nomlari zikr etilgan olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar natijasida “ energiya yo’qdan bor bo’lib qolmaydi va izsiz yo’q bo’lib ham ketmaydi, faqat bir turdan boshqa turga o’tadi xolos ” tushunchasi fanda muhim ahamiyat egalladi. Bu prinsip 1842 – yili Yu.R.Mayer tomonidan aytildi va keyinchalik u energiyaning saqlanish qonuni nomi bilan fanga kiritildi. - XIX asrning 40 - yillarida yuqorida nomlari zikr etilgan olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar natijasida “ energiya yo’qdan bor bo’lib qolmaydi va izsiz yo’q bo’lib ham ketmaydi, faqat bir turdan boshqa turga o’tadi xolos ” tushunchasi fanda muhim ahamiyat egalladi. Bu prinsip 1842 – yili Yu.R.Mayer tomonidan aytildi va keyinchalik u energiyaning saqlanish qonuni nomi bilan fanga kiritildi.
- Oradan besh yil o’tib G. Gelmgols o’zining mashhur “ Kuchlarning saqlanishi ” (О сохранение энергии) nomli asarini nashrdan chiqardi. Bu asarda olim energiyaning saqlanish qonunini matematik formulalar orqali isbotlab berdi.
Kondensirlangan sistemalardagi issiqlik effektlarini turli haroratlardagi erkin energiyasining o’zgarishini taqqoslayotib, V. Nernst harorat absolyut nol temperaturaga yaqinlashayotgan vaqtda ΔH va ΔG ning miqdorlari bir – biriga yaqinlashishini aniqladi. Unga ko’ra kondensirlangan sistemalarda, ya’ni bir – biri bilan eritmalar hosil qilmaydigan, mutlaqo toza, qattiq kristallardan iborat bir jinsli sistemalarda sodir bo’ladigan reaksiyalar uchun absolyut nolga yaqin temperaturalarda entropiya nolga intiladi: - Kondensirlangan sistemalardagi issiqlik effektlarini turli haroratlardagi erkin energiyasining o’zgarishini taqqoslayotib, V. Nernst harorat absolyut nol temperaturaga yaqinlashayotgan vaqtda ΔH va ΔG ning miqdorlari bir – biriga yaqinlashishini aniqladi. Unga ko’ra kondensirlangan sistemalarda, ya’ni bir – biri bilan eritmalar hosil qilmaydigan, mutlaqo toza, qattiq kristallardan iborat bir jinsli sistemalarda sodir bo’ladigan reaksiyalar uchun absolyut nolga yaqin temperaturalarda entropiya nolga intiladi:
-
-
-
Valter Nernst ( 1864 – 1941)
Vant – Goff tomonidan taklif etilgan kimyoviy reaksiyalarning tezligini aniqlash tenglamasi, nisbatan sodda va tajribalar natijasiga asoslanib reaksiyalarning tartibibini aniqlash imkonini yaratdi. Golland olimi kimyoviy jarayonga ta’sirini ko’rsatadigan omillarni, ya’ni hajmni o’zgarishi , muhit, reaksiya borayotgan idish devorlarining va boshqalarni ta’siri kabi faktorlarni tahlil qilib, kimyoviy reaksiya o’tkazayotgan vaqtda ularni ta’sirini yo’qotish yo’llarini ko’rsatib o’tdi. - Vant – Goff tomonidan taklif etilgan kimyoviy reaksiyalarning tezligini aniqlash tenglamasi, nisbatan sodda va tajribalar natijasiga asoslanib reaksiyalarning tartibibini aniqlash imkonini yaratdi. Golland olimi kimyoviy jarayonga ta’sirini ko’rsatadigan omillarni, ya’ni hajmni o’zgarishi , muhit, reaksiya borayotgan idish devorlarining va boshqalarni ta’siri kabi faktorlarni tahlil qilib, kimyoviy reaksiya o’tkazayotgan vaqtda ularni ta’sirini yo’qotish yo’llarini ko’rsatib o’tdi.
Yakob Xendrik Vant – Goff
(1852 - 1911)
Ionlarning paydo bo’lishi va ularning elektrolit eritmalardagi xosiyati muammolarini yechish yo’lidagi asosiy g’oya S.Arreniusga tegishli. U o’zining Stokgolm fanlar akademiyasiga taqdim etgan doktorlik dissertatsiyasining qisqacha mazmunini tasvirlovchi “ Elektrolitlarning galvanik o’tkazuvchanligini o’rganish ” mavzusidagi maqolasida elektrolitik dissotsiyalanish erituvchi tomonidan majbur etiladi, masalan suv tomonidan, ya’ni kislota va ishqor eriyotgan vaqtda paydo bo’ladi degan g’oyani ilgari surdi. Bu vaqtda erigan modda zarrachalari oddiy atomlarga ajralmasdan, ion holidagi zaryad tashuvchi atomga aylanadi. Shved olimi elektrolitlarning elektr o’tkazuvchanligi eritmadagi ionlar kontsentratsiyaga proporsionalligini va eritmalar suyultirilganda dissotsiyalanish kuchayishini isbotladi. - Ionlarning paydo bo’lishi va ularning elektrolit eritmalardagi xosiyati muammolarini yechish yo’lidagi asosiy g’oya S.Arreniusga tegishli. U o’zining Stokgolm fanlar akademiyasiga taqdim etgan doktorlik dissertatsiyasining qisqacha mazmunini tasvirlovchi “ Elektrolitlarning galvanik o’tkazuvchanligini o’rganish ” mavzusidagi maqolasida elektrolitik dissotsiyalanish erituvchi tomonidan majbur etiladi, masalan suv tomonidan, ya’ni kislota va ishqor eriyotgan vaqtda paydo bo’ladi degan g’oyani ilgari surdi. Bu vaqtda erigan modda zarrachalari oddiy atomlarga ajralmasdan, ion holidagi zaryad tashuvchi atomga aylanadi. Shved olimi elektrolitlarning elektr o’tkazuvchanligi eritmadagi ionlar kontsentratsiyaga proporsionalligini va eritmalar suyultirilganda dissotsiyalanish kuchayishini isbotladi.
Svante Arrenius
(1859 — 1927)
Katalizning nazariy va amaliy ta’limotlarini rivojlantirishda nemis olimi Vilgelm Ostvaldning xizmatlari beqiyosdir. Katalizatorning ta’rifi unga tegishli (1901 – yil ) bo’lib, u shunday ta’riflanadi: “ Katalizator – bu kimyoviy reaksiya tezligini oshiradigan, biroq mahsulot tarkibiga kirmaydigan har qanday moddadir ”. - Katalizning nazariy va amaliy ta’limotlarini rivojlantirishda nemis olimi Vilgelm Ostvaldning xizmatlari beqiyosdir. Katalizatorning ta’rifi unga tegishli (1901 – yil ) bo’lib, u shunday ta’riflanadi: “ Katalizator – bu kimyoviy reaksiya tezligini oshiradigan, biroq mahsulot tarkibiga kirmaydigan har qanday moddadir ”.
- Shunday qilib V.Ostvald katalizning mohiyati katalizatorning kimyoviy reaksiyani chaqiruvchisi emas, uni tezlatuvchisi deb hisoblardi. Nemis olimi reaksiya uchun katalizator majburiy narsa emas deb hisoblagan. Ostvaldning fikricha katalizator bu shunday moddaki, u zarrachalarni reaksiyaga kirishish uchun kimyoviy faollikka chorlaydi, shu sababli, ma’lum vaqt ichida ko’proq miqdordagi mahsulot chiqishiga ko’maklashadi.Ostvald kimyoviy reaksiyalarni tezligini yuqori aniqlikda o’lchashga katta e’tibor berar edi.
Peter Debay va Erix Xyukkel 1923 – yili dielektrik sindiruvchanligi yuqori bo’lgan erituvchilarda erigan kuchli elektrolitlarning suyultirilgan eritmalaridagi xossalarini, ular butkul dissotsiyalangan deb hisoblab, zaryadlangan zarrachalarni elektrostatik ta’sirlashuvini miqdoriy izohlash mumkinligini aniqladilar. Keyinroq yuqori kontsentratsiyali elektrolitlar uchun nazariya yaratilib, suvsiz va eritilgan elektrolitlarda o’rganilgan. - Peter Debay va Erix Xyukkel 1923 – yili dielektrik sindiruvchanligi yuqori bo’lgan erituvchilarda erigan kuchli elektrolitlarning suyultirilgan eritmalaridagi xossalarini, ular butkul dissotsiyalangan deb hisoblab, zaryadlangan zarrachalarni elektrostatik ta’sirlashuvini miqdoriy izohlash mumkinligini aniqladilar. Keyinroq yuqori kontsentratsiyali elektrolitlar uchun nazariya yaratilib, suvsiz va eritilgan elektrolitlarda o’rganilgan.
Peter Debay (1884 — 1966 )
Xulosa. Xulosa. - 1.Fizikaviy kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi XVII – XVIII asrning buyuk kimyogarlari R.Boyl, A.L.Lavuazye va M.V.Lomonosovlarning kimyoviy tajribalarni miqdoriy baholash haqidagi da’vatini hayotga tatbig’i bo’ldi.
- 2.Zamonaviy fizikaviy kimyoning asosiy xususiyati, tajriba natijalarini talqin etishda keng doirada fizik usullarni tatbiq etish hamda kimyoviy reaksiyalarning molekulyar darajadagi mexanizmini chuqur o’rganishdan iborat ekanligini aniqlandi.
- 3.Fizikaviy kimyo nafaqat noorganik, organik va analitik kimyoga taalluqli sohadagi tadqiqotlarni nazariy jihatdan asoslaydi, balki zamonaviy texnologik jarayonlarni paydo bo’lishiga asos yasadi.
4.XX asrning ikkinchi yarmida fizikaviy kimyo bo’limlarining juda jadal sur’atlarda rivojlanishi kuzatilmoqda, hamda molekula, ion, radikallarni turli kimyoviy va fizikaviy jarayonlardagi xususiyatini o’rganish bo’yicha yangi yo’nalishlari paydo bo’lmoqda. - 4.XX asrning ikkinchi yarmida fizikaviy kimyo bo’limlarining juda jadal sur’atlarda rivojlanishi kuzatilmoqda, hamda molekula, ion, radikallarni turli kimyoviy va fizikaviy jarayonlardagi xususiyatini o’rganish bo’yicha yangi yo’nalishlari paydo bo’lmoqda.
- 5. Elektr razryadlarida bo’layotgan reaksiyalar, past haroratli plazma jarayonlari ( plazmokimyo ), sirt hodisalarining qattiq jism xossalariga ta’siri (fizika – kimyoviy mexanika) kabi yo’nalishlari muvaffaqiyat bilan o’rganilmoqda.
- 6.Polimerlar fizikaviy kimyosi, gazlar elektrokimyosi alohida fan sifatida o’rganilmoqda.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |