Dilmurodova fayoza gulmurod qizi
Download 1.03 Mb.
|
adabiyotlar sharxi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pektinning ba’zi metallar bilan kompleksini olish va ularning xossalarini o`rganish
- Dilmurodova F.G Kafedra: Polimerlar kimyosi
- Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА O‘RTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDАGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 5A140501 – Kimyo (Fizikaviy, yuqori molekulyar birikmalar, materiallar va moddalar kimyosi) DILMURODOVA FAYOZA GULMUROD QIZI Pektinning ba’zi metallar bilan kompleksini olish va ularning xossalarini o`rganish Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya Toshkent-2023 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Fakultet: Kimyo Magistr talabasi: Dilmurodova F.G Kafedra: Polimerlar kimyosi Ilmiy raxbar: k.f.n., Mirzahidov.X. O’quv yili: 2021-2023 y. Mutaxassisligi: 5A140501-Kimyo (Fizikaviy, yuqori molekulyar birikmalar, materiallar kimyosi). MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI Mavzuning dolzarbligi. KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi: Yuqori molekulyar birikmalar kimyosining so’ngi yillardagi yutuqlari tibbiyot va veterinariyaning bir qator muammolarini xal etish uchun qo’llanila boshlandi. Ular qatoriga fiziologik faollikka ega yangi polimer materiallarni olish va polimerlarni fiziologik faol moddalar bilan modifikatsiyalash ishlarini kiritish mumkin Bugungi kunda tibbiyotda qo’llaniladigan dorivor moddalarning turi juda ko’p, lekin insoniyat rivojlanishdan to’xtamaydi. Ilm-fanda yangiliklar qilgan holda olimlar kimyogarlar, biologlar, tibbiyot hodimlari dorilarni kasalliklarga kerakli ta’sir qilishlariga emas, dorivor moddalarni sog’lom a’zolar va to’qimalarga salbiy ta’sirini yo’qotish, organizmga zaharli ta’sirini kamaytirishga harakat qilmoqdalar. Yangi dorivor shakllarni ishlab chiqish va joriy etish Farmsanoatining ustuvor vazifalaridan biridir. Xozirgi kunda dunyo bo’yicha dorivor moddalarni sotish hajmining 25% ini yetkazish tizimi yaxshilangan preparatlar egallaydi [1]. Ma’lumki, dorivor moddalarni polimerli xolatga o’tkazish: dori moddalarni uzoq vaqtgacha organizmda ushlab turish, ya’ni uni ta’sirini prolongatsiyalash; ma’lum a’zolar yoki to’qimalarga selektiv yuborish; dori shaklida qo’llab bo’lmaydigan moddalarni dori shaklida yaratish imkonini beradi. Polimerlarga ulanadigan dorivor moddalar sifatida antibiotiklarni, gormonlarni, fermentlarni, salitsilatlarni, anestitiklarni, alkaloidlarni, silga qarshi dorilarni, vitaminlrni qo’llanishi bo’yicha ma’lumot mavjud [2]. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitetining “Polimerlar kimyosi” kafedrasi olimlari uzoq vaqt davomida dorivor moddalarni suvda eriydigan tabiiy va sintetik polimerlar bilan modifikatsiyalash bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shu bilan birga, eng katta e'tibor ishlab chiqarishi respublikamizda yo'lga qo'yilgan polimerlarni o'rganishga beriladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling