O‟zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi muqimiy nomidagi qo‟qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
yoshlar ongiga milliy mafkurani singdirishda sharq mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Irsiyat.2.Muhit.3.Tarbiya.
39
II bob. SHarq mutafakkirlari ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi amaliy ahamiyati. 2.1.
madaniyatni shakllantirishdagi asosiy manba sifatida. Tabiat hodisalarining takomillashib, tadrijiy rivojlanib borishidagi tushuncha va ta‘limotlar, insonning tabiat bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ilk marotaba ―Avesto‖da hamda SHarq Renessansi davrida ijod etgan allomalarimizning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Qolaversa, Amir Temur, Alisher Navoiy singari buyuk davlat arboblari ham o‘z navbatida obodonchilik, sug‘orish, bog‘-rog‘lar barpo etish ishlarini har doim qo‘llab-quvvatlaganlar. Tabiatga bo‘lgan ehtirom va uning sirlarini anglab yetishga intilish buyuk ajdodlarimizning bebaho ilmiy durdonalarida namoyon bo‘lib, jahon ilmiga beqiyos hissa bo‘lib qo‘shilgani biz uchun faxrlidir. Darhaqiqat, insoniyatning intellektual tarixida chuqur iz qoldirgan ilmiy maktab - Xorazm Ma‘mun akademiyasida keng faoliyat olib borgan Abu Rayhon Beruniy insoniyatning buyuk daholaridan biridir. Tarixiy manbalarda aytilishicha, ulug‘ qomusiy alloma 150 dan ziyod asar yozgan. Ulardan to bizgacha faqat 31 tasi yetib kelgan. Davlatimiz rahbari ta‘kidlaganidek, ―Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya‘ni bo‘shliq 40
holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit‘a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. SHuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan ―Beruniy asri‖ deb atalishi bejiz emas‖ 1 .
takomil bosqichlarida chuqurlashib, teranlashib borgan xalqimiz qadriyatida tabiatga bo‘lgan ehtirom beqiyosdir, yurtimizda uni e‘zozlash an‘anasi esa insoniyat tarixi qadar kadimiydir. Umuman aytganda, atrof-muhitga munosabat, uni anglab yetishga bo‘lgan intilish SHarq, ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o‘zgacha xususiyatga ega. CHunonchi, Abu Rayhon Beruniy ―Saydana‖ asarida 1118 turdagi dorivor o‘simlikka, shundan 750 o‘simlik va 101 ta hayvonga batafsil ta‘rif beradi. U o‘z ishida 4500 ta arab, yunon, hind, fors, xorazm, so‘g‘d, turk va boshqa tillarga oid o‘simlik nomlari, hayvonlar, minerallar va ulardan olinadigan mahsulotlar haqida ma‘lumot to‘plab, o‘sha davr dorishunoslik atamalarini tartibga solishga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan. ―Buyuk yurtdoshimizning o‘zining ilmiy-nazariy tadqiqotlari, tajribalarida tabiatdagi barcha hodisalar muayyan tabiiy qonuniyat asosida yuz beradi, tashqi kuchning ta‘siri uni izdan chiqarishi mumkin, degan xulosaga keladi. Bu bugun o‘z isbotini topgan haqiqatdir. Insoniyat tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlariga emas, aksincha, shaxsiy manfaatlariga asoslanib faoliyat ko‘rsatishi oqibatida tabiatdagi muvozanatning sezilarli darajada buzilgani, ya‘ni, dunyoning turli burchaklarida tabiiy ofatlar: suv toshqinlari, zilzilalar, o‘rmon yong‘inlari va boshqa shu kabi talofatlarning ro‘y berayotgani hech kimga sir emas. Inson tabiiy muhitga ta‘sir etar ekan, uning o‘zi ham ―aks ta‘sir‖ga duch kelmoqda‖ 1 .
qonunlarini qo‘pollik bilan buzsalar bir kun kelib tabiat ularning boshiga shunday
1 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma‘naviyat, 2008. - 171 b. 1 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 75 b. 41
kulfatlarni solishi mumkinki, buni hech qanday kuch qaytara olmas‖ - degan so‘zi bugungi global ekologik muammolarning bundan 1000 yil oldin bashoratidan darak beradi.
Beruniy mamlakat obodonchiligi ilm-fanning ravnaqiga bog‘liq bo‘lsa, yoshlarning baxt-saodati va kamolotini uning bilimi, axloqi va ma‘rifatida deb biladi. SHuning uchun u yoshlarni ilm-ma‘rifatga chorlaydi. Beruniy yoshlardan raxmdil, mexribon, kishilarga iltifotli, xayrihoh, bo‘lishni, najotsiz odamga qo‘l cho‘zishni, makkorlik, ayyorlik, adolatsizlik, boylikka xirs qo‘yish, yolg‘on gapirish kabi sifatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma‘naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi 2 turga bo‘ladi. ―Beruniy inson va axloqiy tarbiya xaqida fikr yuritar ekan, «insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, shuning uchun xar bir inson yuksak axloqli bo‘lishi lozim», - deydi‖ 1 .
tarbiya, deydi
Beruniy, kishining tafakkurini rivojlantirib, dunyoqarashini kengaytiradi. Uning o‘z-o‘zini anglab yetishiga ta‘sir etadi. Mutafakkir inson kamolotida mexnat va mexnat tarbiyasi hakida muhim fikrlarni bayon etadi. U xar bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo‘ladi. Og‘ir mexnat sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand, fan soxiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli, olimlar mehnatiga alohida e‘tibor beradi va hayrihoh bo‘lishga chaqiradi. SHu bilan birga og‘ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida ishlovchilar, dexqonlar xaqida gapirib, ularning mexnatini rag‘batlantirib turish kerak deydi.
1 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 89 b. 42
Olim bolalarni mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llarihaqida xam fikr yuritadi. U bolalarni eng kichik ilk yoshidan mehnatga o‘rgatish kerak deydi. Beruniy «Minerologiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar xaqida emas, xunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o‘rgatish metodlari xaqida qimmatli fikrlar bildiradi. «Saydana» nomli mashxur asarida esa sharqdagi dorivor o‘simliklarning tavsifi bayon qilingan. Beruniy inson kamolotida 3 narsa muxim rol o‘ynaydi deydi.
―Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari xakidagi fikrlari xozirgi davr uchun ham dolzarbdir. o‘kuvchiga bilim berishda u: -o‘quvchini zeriktirmaslik; bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik; -uzviylik, izchillik; -yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish vaxokazoga e‘tibor berish kerakligini uqtiradi‖ 1 .
boyliklarni qunt bilan o‘rganishga da‘vat etadi. Ilm toliblariga qalbni yomon ilatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, xirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuxratdan saklanishi zarurligini uqtiradi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil
insonni shakllantirishga oid bu fikrlari o‘z zamonasi uchun emas, xozirgi davr ta‘lim-tarbiyasini takomillashtirishda xam katta axamiyatga egadir.
1 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 94 b. 43
O‘sha vaqtlarda ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar majmuasi hisoblangan ―Hindiston dorilari va dorivor o‘simliklari‖ tabiat olamiga aloqador kitoblar Farobiyning yetuk olim ekanidan dalolat beradi. Uning tabiatshunoslikka doir ―Inson a‘zolari haqida risola‖, ―Hayvon a‘zolari haqida so‘z‖ kabi asarlari alohida ahamiyatga ega. Farobiy Yevropa olimlaridan 1000 yil avval fiziologiya faniga ilmiy asos solganligining o‘zi ham jahon ilm-fani taraqqiyoti beshigini kimlar tebratganini isbotlab turibdi. Al-Xorazmiy o‘zining ―Kitob surat ul-arz‖ nomli asarida 637 ta noyob tabiiy joylar, 209 ta tog‘ning geografik tafsilotini bergan. Dengizlar, daryolar va okeanlar havzasi shaklini, ularda joylashgan orollar haqida muhim ma‘lumotlarni bayon etgan. Buyuk mutafakkirlarimizdan yana biri - Ibn Sino jiddiy ekologik muammolar bo‘lmagan vaqtlardayoq, ekologiya masalalariga to‘xtalib, inson salomatligini saqlash borasida atrof-muhit ahamiyatiga katta e‘tibor berdi. U turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida atrof-muhit omillari sabab bo‘lishini, havo, suv, ovqatning o‘rnini e‘tirof etadi. O‘sha zamonda mikroskop yo‘q bo‘lishiga qaramay, yuqumli kasalliklarni ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda, jonli zarralar keltirib chiqarishini, ya‘ni makruhlar- mikroorganizmlar sababchi ekani to‘g‘risidagi fikrni aytadi. Ibn Sino o‘z asarlarida ekologiya va gigienaga bag‘ishlangan ko‘p masalalar yechimini yozib qoldirgan. SHu o‘rinda Sohibqiron Amir Temurning tabiatga munosabati haqida so‘z yuritar ekanmiz, aytish joizki, buyuk davlat arbobi birinchi galda obodonchilik ishlariga alohida e‘tibor qaratgan. ―Temur tuzuklari‖da aytilishicha, Sohibqiron qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirganlarni rag‘batlantirgan. Ushbu tuzuklarda yana qarovsiz yerlarni obod qilish, ularni hosildor yerlarga aylantirish haqidagi ko‘rsatmalar ham diqqatga sazovordir. Ularda aytilishicha, ―Xarob bo‘lib yotgan yerlar egasiz bo‘lsa, xolisa (ya‘ni davlat yerlarini boshqaruvchi mahkama) tarafidan obod qilinsin. Agar egasi bo‘lsa-yu, obod qilishga qurbi yetmasa, unga turli asboblar va kerakli narsalar bersinlar, toki o‘z yerini obod qilib olsin. Yana amr qildimki, xarob bo‘lib yotgan yerlarda sarizlar 44
qursinlar, buzilgan ko‘priklarni tuzatsinlar, ariqlar va daryolar ustiga ko‘priklar solsinlar, yo‘l ustida, har bir manzilgohga rabotlar qursinlar‖ 1 . Barchaga ayonki, Turon zamin dunyo miqiyosida sug‘oriladigan dehqonchilikning ilk vatani sifatida mashhur. O‘lkamizda qadimdan sug‘orma dehqonchilik rivojlangan irrigatsiya va melioratsiya sohasida boy tajriba to‘plangan. Misol uchun, Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Parfiya, Kushon, Turk xoqonligi, so‘ng Somoniylar, Qoraxoniylar, Temuriylar va keyinchalik shu hududda boshqa davlatlarning paydo bo‘lishida, siyosiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishida ham sug‘orish ishlarining tutgan o‘rni, suv zahiralaridan oqilona foydalanish masalasi alohida ajralib turadi. Davlat boshqaruvida suvdan oqilona foydalanishga alohida o‘rin berilganligi, miroblarga davlat arbobi sifatida munosabatda bo‘lingani ham fikrimiz isbotidir. Muxtasar aytganda, milliy ma‘naviyatimizning serqirra va teran ildizlariga tayangan holda mafkuraviy tarbiya yo‘nalishlarini ishlab chiqishda ekologik mafkura, ta‘lim va tarbiya tizimini yaratish alohida o‘rin tutishi lozim. Bu boradagi sa‘y- harakatlarga esa Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan va hech mubolag‘asiz oy sayin, kun sayin faoliyat ko‘lamini kengaytirib borayotgan O‘zbekiston Ekologik harakati haqiqiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
1 Temur tuzuklari: Ahmedov B. tahriri ostida. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa birlashmasi, 1991. – 144 45
2.2.SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy axamiyati. SHarq allomalari va mutafakkirlari yosh avlodni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tengi yo‘q fikr, g‘oyalarni ilgari surganlar, ta‘limotlar yaratganlar. Ilmiy merosni sinchkovlik bilan o‘rganish, tahlil qilish, tizimlashtirish hamda jahon fanining mazkur sohadagi yutuqlari bilan taqqoslash o‘zligimizni anglash imkonini kengaytirib, xalqimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e‘tiborini yanada oshiradi. Milliy pedagogikamiz tarixini, ayniqsa, yosh avlodni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ajdodlarimizning asrlar davomida to‘plagan tajribalarini o‘rganish esa kasbga yo‘naltirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz. Manbalarda bayon qilinishicha, azal-azaldan farzandlarini kasb-hunarga yo‘naltirishga, ularning ilm-fan, ma‘rifat sirlarini egallashiga ajdodlarimiz katta e‘tibor berishgan. Mehnat, mehnat tarbiyasi, ustoz-shogird an‘anasi, kasb-hunarning mohiyati, kasb-hunarni egallashning jamiyat va yosh avlod uchun ahamiyati, kasb-hunarlarning kishiga qo‘yadigan talablari kabi masalalar Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulug‘ bobokalonlarimizning tarixiy merosidan joy olgan. ―Avesto‖da ham bolalar yoshligidan daraxt ko‘chati o‘tqazish, uy-ro‘zg‘or qurollarini tayyorlash kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari kerakligi haqida ko‘plab satrlar mavjud. Imom Buxoriy to‘plagan hadislar kitobi – ―Al jome-as sahih‖da ham yoshlar kelajagi uchun muhim kasb-hunarni o‘rganish, mehnat qilish va uning afzalligi to‘g‘risida ko‘plab hadislar keltirilgan. Etiborlisi shundaki, mazkur to‘plamda ―To‘quvchi haqida‖, ―Temirchi haqida‖, ―Tikuvchi haqida‖, ―Savdo ishlari haqida‖ boblar mavjud bo‘lib, ularning kasbiy odobi bilan bog‘liq masalalar ham o‘zaksini topgan. Bular ona diyorimizda yosh avlodni kasbga yo‘naltirish ishini olib borishda muhim manba bo‘lgan. 46
―Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o‘rgata borish, kattalar mehnatini ezozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta‘lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab davom ettirish lozimligini alohida ta‘kidlagan. Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va insonlarning hunarmandchilik faoliyatlarini yuqori baholagan‖ 1 . O‘z-o‘zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qilish
barobarida hunarmand ustalar orasida
ixtirochilikning keng
tarqalishiga zamin yaratgan. Ayniqsa, ajdodlarimiz tomonidan toshlarni parmalab teshish, arralash va kesishda zarur bo‘lgan oddiy parmalash dastgohi hamda burg‘uning kashf qilinishi o‘sha davr uchun o‘ziga xos mo‘‘jiza sanalgan. Yuqorida bayon qilinganlar yurtimizda metallurgiya, konchilik sohalari bilan birga, hunarmandchilikning naqadar keng tarmoq otganidan dalolat beradi. Abu Rayhon Beruniy ta‘lim va tarbiyani amalga oshirishda bolaning moyilligi, qobiliyatini hisobga olish zarurligining tub mohiyatini pedagogika-psixologiya fanlari tarixida ilk bor ko‘rsatib bergan. Tarixiy manbalardan ma‘lumki, hunar egallash ko‘lami rivojlanishi yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan. Natijadaxalqimizning xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Ayrim manbalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, 32 xil hunar turi mavjud bo‘lgan aholi yashaydigan joyni shahar deb atashgan. Sohibqiron Amir Temur ham Samarqandni o‘z saltanatining poytaxti etib tanlashida yuqorida ko‘rsatilgan qoidaga amal qilganini alohida ta‘kidlash joiz. Ilk uyg‘onish (Renessans) davri fani va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan donishmand Yusuf Xos Hojib ―Qutadg‘u bilig‖ asarida har bir kishi ijtimoiy hayotning faol ishtirokchisi sifatida hunar o‘rganmog‘i, o‘z hunari bilan xalqiga,
1 Musurmonova O. Ma‘naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 192 b. 47
Vataniga xizmat qilishi zarurligini uqtiradi. Darhaqiqat, hunar o‘rganishga va mehnat qilishga intilish har bir inson uchun hayotiy ehtiyoj bo‘lmog‘i kerak. SHu bois ulug‘ mutafakkir o‘z bolalarini foydali mehnatga o‘rgatmasdan ortiqcha erkalatib, bu bilan ularning kelgusida noloyiq xatti-harakatlar qilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybdor bo‘ladigan ota-onalarni qattiq qoralab, ―Kimning o‘g‘li yoki qizi taltaytirib yuborilgan bo‘lsa, buning uchun u oxiri qattiq yig‘laydi‖, deb ta‘kidlaydi. ―Mahmud Qoshg‘ariy ―Devoni lug‘atit turk‖ asarida ―Ilmli, aqlli odamlarga yaxshilik qilib so‘zlarini tingla. Ilmlarni, hunarlarni o‘rganib, amalga oshir‖, deydi. Allomaning ushbu fikri kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, yomonlikni qoralaydi. Ilm va hunar sohiblarini e‘zozlab, kishilarni ulardan ibrat olishga chaqiradi‖ 1 . Sohibqiron Amir Temur o‘z saltanatida yirik mehnat taqsimoti negizida mustaqil soha bo‘lib ajralib chiqqan hunarmandchilik – to‘qimachilik, yog‘och va tosh o‘ymakorligi, gilam to‘qish, sopol, metall buyumlar tayyorlash kabi sohalarni yanada rivojlantirishga hamda dehqonchilik, chorvachilik va savdoga katta ahamiyat qaratgan. SHu sababli ijtimoiy hayotda yangidan-yangi kasb-hunarlarning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratilgan, ommaviy ishsizlikka yo‘l ko‘yilmagan. Ajdodlarimiz o‘z asarlarida yoshlarning kasbiy mehnat ta‘limi va tarbiyasiga juda katta etibor berganlar. Ular kasb-hunar ta‘limiga talim va tarbiyaning zaruriy tarkibiy qismi sifatida yondashganlar va uni aqliy, jismoniy va manaviy tarbiya bilan birga olib borish zarur, deb hisoblaganlar. Yoshlarga qobiliyatlarini va moyilliklarini hisobga olib, jiddiy o‘ylab mehnat turini tanlash to‘g‘risidagi pand va nasihatlarini ko‘rish mumkin. CHunonchi, Alisher Navoiy ta‘lim oluvchilarning individual, o‘ziga xos qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini ta‘kidlab, ―Insonlar tabiatan teng bo‘lsalar ham, ammo ularga turli fazilatlar berilgan‖ 2 , deydi. ―Farhod va SHirin‖ dostonida pahlavon Farhodning ilm-hunarga qiziqishini targ‘ib etadi hamda Farhodni bir necha kasblar egasi, ya‘ni sangtaroshlik, rassomlik,
1 Musurmonova O. Ma‘naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 196 b. 2
Safo Ochil. Mustaqillik ma‘naviyati va tarbiya asoslari. – T.: O‘qituvchi, 1995. –
208 b. 48
naqqoshlik kabi hunarlarni mukammal egallab olgan kishi sifatida ulug‘laydi. Ilm va hunarni egallagan, jismoniy jihatdan chiniqqan mehnatsevar Farhod kamtarin, mazlumlarga g‘amxo‘r, odil, mard va olijanob bo‘lib yetishadi. Bu kabi misollar nafaqat adabiyot darsida, balki kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta‘limi ustasi mashg‘ulotlarida ham keltirilsa, o‘quvchilarning bir necha hunarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqi oshadi. Buyuk ajdodlarimiz badan tarbiyasi, jismoniy mashqlar va sport, milliy harakatli o‘yinlarning yosh avlodning asosli kasb tanlashiga ijobiy tasirini boshqa millatlardan ancha oldin fahmlab olgani, undan oqilona foydalangani ibratlidir. Davlat va fuqarolik ishlarini to‘g‘ri tashkil etishda odamlarning psixologik, fiziologik imkoniyatlarini hisobgaolib ish ko‘rganliklari, shubhasiz, har birimizda hayrat, zavq va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otadi. Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinadiki, buyuk allomalar va mutafakkirlar kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-axloqiy, pedagogik-psixologik jihatlariga, ota-ona, maktabning roli, kasb tanlashda yosh avlodning hayot, mehnat yo‘lini mustaqil tanlashiga alohida e‘tibor 6ilan qarashgan. Bolani hunarga yo‘llashda uning qiziqish, moyilligi, qobiliyatini o‘rganish, bunday holatda ularning onglilik, izchillik va vorisiylik, yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligini qayd etgan.
Xullas, bu
kabi misollar ajdodlarimizning kasb
tanlash nazariyasini shakllantirishga munosib hissa qo‘shganidan dalolat beradi. Umumta‘lim maktablarida kasbga yo‘naltirish jarayonida ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan unumli foydalanish ijobiy samara berishi shubhasizdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga tariximizdan ko‘p misollar keltirish mumkin. Al Farobiyning ―Fozil odamlar shahri‖ Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg‘u bilik‖, Kaykovusning ―Qobusnoma‖ asari, Ahmad Yugnakiyning ―Hibatul haqoyiq‖, Sa‘diyning ―Guliston‖, Jomiyning ―Bahoriston‖, Alisher Navoiyning ―Mahbub-ul- qulub‖, Davoniyning ―Axloqi Jaloliy‖ kabi asarlarida sog‘lom va barkamol insonni shakllantirish mazmuni, yo‘llari, shakllari hamda usullari yoritiladi. SHunday asarlardan biri Kaykovusning ―Qobusnoma‖ asaridir. Ming yilga yaqin davrlardan beri 49
xalqni ayniqsa yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda qo‘llanma bo‘lib kelayotgan ―Qobusnoma‖ asari hozirgi o‘zgarishlar davrida insonni ma‘naviy kamolotga yetkazishda muhim o‘rin kasb etmoqda. XII asrning 82-83 yillarida G‘arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o‘z o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab ―Nasihatnoma‖ sini yaratdi va uni bobosi podshoh SHamsul maoniy Qobus sharafiga ―Qobusnoma‖ deb ataydi. Bu asar juda ko‘p sharq va g‘arb tillariga tarjima qilingan. 1860 yilda ―Qobusnoma‖ asari birinchi marta buyuk o‘zbek shoiri va mutaffakkiri Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan tarjima qilingan. Ushbu asar muqaddima va qirq to‘rt bobdan iborat. Muqaddimada asarning nomlanishi va G‘ilonshoh shajarasi xususida yozib, ―Ey farzand, ikki tarafdan sening asling va nasabing pokdur va ulug‘dur‖ deydi. Kaykovus ―Qobusnoma‖ asarida ilmni uchga bo‘ladi: biror kasb-hunarga bog‘liq ilm, ilm bilan bog‘liq bo‘lgan kasb- hunar hamda xayr va dalolatga taalluqli odat. Ilm olish yo‘liga kirgan toliblarga hamma vaqt parhezli va qanoatli bo‘lish, bekorchilikdan o‘zini tiyish, doimo shod- xurram va harakatchan bo‘lish, kitob o‘qishga berilish, ilm yo‘lida qayg‘u hasratga berilmaslik, ilmni yodda saqlash uchun uni takrorlab borish, ilmda haqiqat uchun kurashish, oz so‘zlab, ko‘p tinglash haqida gapiriladi. ―Kaykovus bilim va aqlning ahamiyatini aytib, uni mol-dunyodan ham yuqori qo‘yadi. ―Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqqa say‘ ko‘rguzgilki, mol bila boy bo‘lgandan, aql bila boy bo‘lg‘on yaxshiroqdur, nedinkim, aql bila mol jam etsa bo‘lur, ammo mol bilan aql o‘rganib bo‘lmas. Bilgil, aql bir moldurki, uni o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas, suvda oqmas, inson odobi ham aqlning belgisi ya‘ni ―al adab – suratil aql ‖ deb xulosa chiqaradi‖ 1 .
etadi.Kaykovus inson tarbiyasiga katta e‘tibor beradi. U axloqlilikning birinchi belgisi suxandonlik deb, suxandonlik (notiqlik) da rost so‘zlash kerakligini ta‘kidlaydi. Kayqovus asarining 5-bobi ―Ota va ona haqqini bilmoq zikrida‖ deb nomlanadi. Unla muallif ―Qur‘on‖ va ― Hadis‖lardan kelib chiqib: ―O‘z farzanding sening haqingda
1 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 75 b. 50
qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota- onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim, sen ota-onang, haqinda nima qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, odam mevaga, ota-ona daraxtga o‘xshaydur‖, deydi. ―Kaykovus oilada otaning vazifasi va burchiga alohida ahamiyat beradi. Farzand tug‘ilganda avvalo, unga yaxshi ism qo‘yish, undan so‘ng aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o‘qitish, ulg‘aya boshlaganda kasb-hunar o‘rgatish kerak, deydi. Kaykovus otaning burchi o‘z farzandiga adab ham o‘rgatish ekanligini ta‘kidlaydi. U ilm, hunar va adabni farzandga meros qoldirish har bir ota-onaning farzandi haqqini bajargani, deb hisoblaydi. Kaykovus otalarning o‘z farzandlariga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lishlarini talab qiladi. Otadan farzand hayiqib tursin, agar u hayiqmasa, ota-onani xor qiladi, deydi‖ 1 .
fikrlari ajoyibdir. Bu borada uning yoshlarni adolatsevar, insonparvar, saxovatli, sabr- qanoatli, muruvvatli, to‘g‘riso‘z, rostgo‘y bo‘lish haqidagi qarashlari mavjud. Uning yaxshilik haqidagi fazilatli fikrlari diqqatga sazovordir: ―Ey farzand, yaxshilik qil va qilg‘on yaxshilikdan hargiz pushaymon bo‘lmag‘il. Bir kishiga bir yaxshilik qilsang, ko‘rgilki, yaxshilik qilg‘on vaqtda u kishiga naqadar rohat etadi, sening ko‘nglingda ham undan ziyodroq shodlik va xurramlik yetishur‖. Kaykovus asarning ―Do‘st tutmoq zikrida‖ bobida inson do‘stsiz bo‘lgandan ko‘ra, birodarsiz bo‘lgani durustdir, deydi. Kishining qancha do‘sti ko‘p bo‘lsa, aybi shuncha sir tutiladi va fazilati ko‘payadi. U haqiqiy do‘st deb qiyinchiliklarga duchor bo‘lganda unga yordam bergan, undan yuz o‘girmagan, ta‘magir, hasadchi bo‘lmagan, aqlli, bilimli, muruvvatli kishilarni aytish va ularni do‘st tutish mumkin, deb ta‘kidlaydi. Kaykovus ―Qobusnoma‖ asarida jismoniy tarbiyaga e‘tibor berib, javonmardlik tarbiyasiga bag‘ishlaydi. U javonmardlikning jismonan sog‘lom yoshlar sifatida kamolga yetishishini ta‘kidlaydi. U inson salomatligini ta‘minlashda to‘g‘ri va oqilona ovqatlanish haqida alohida bob ajratgan. U bir kecha-kunduzda ikki mahal-erta tong va peshinda ovqatlanishni tavsiya etadi, kechki ovqatni tavsiya etmaydi. Kayqovus inson o‘z tanasining toza, pokiza bo‘lishiga
1 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 78 b. 51
ham e‘tibor berishi kerak, deydi. Uning ―Hammomga borish zikrida‖, ―Uxlamoq va osuda bo‘lmoq zikrida‖, ―Tamkin sharofati va taom tartibining bayoni‖ kabi boblarida uxlamoq, yemov-ichmoq, hammomga borish qoidalarini bayon etib, yoshlarni jismoniy, axloqiy tarbiyalab, ularni doimo faol bo‘lishga undaydi. Kayqovus javonmardlar uchun shaxmat va chavgon o‘yini, kamondan o‘q uzish kabi qoidalarni bilishi zarur, deydi. U rushda ham adolatli bo‘lishi, do‘st bilan dushmanni ajrata bilishi zarur, deydi. Kaykovusning xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlash, hamda ularni har tomonlama kamolga yetkazishga yo‘naltirilgan faoliyatning nazariy hamda amliyotga tatbiqi mohiyatini ifodalab beradi. SHu bois bu asar barcha davrda ham, xususan, xozirgi 2016 yil-―Sog‘lom ona va bola yili ‖da ham o‘z qimmatini yo‘qotmadi. Amaliy hayot dasturi sifatida o‘z qiymatini topa oldi. Qaykovusning ―Qobusnoma‖ asari har bir o‘qituvchi darslarida dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi tabiiy. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling