Davlatimiz ramzlari:O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i
O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bo`lib, 4 xil rangdan iborat.
Havo rang - zangora osmon va musaffo suvning, hayot manbaalarining ramzidir. Shuningdek, Amir Temur bobomiz davridagi bayroqning asosiy belgisi ham havo rang bo`lgan.
Oq rang - tinchlik va poklik timsolidir. Bu rang mustaqil O`zbekistonning yo`li charog`on ekanligini bildirib turadi.
Yashil rang - tabiat timsoli, gurkirab yashnayotgan hayot va hosildorlik ramzi.
Yarim oy va yulduzlar - musaffo osmon va tinchlik ramzi. Yulduzning 12 taligi muammallik belgisidir.
O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi
O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi 1992-yil 2-iyul kuni qabul qilingan. Gerbning markazida odamlarni baxt-saodatga yetaklovchi afsonaviy xumo qushi tasvirlangan. Gerbning yuqori qismida Respublikamizning sobit va barqarorligini ramzi - 8 qirrali yulduz joylashgan. Xumo qushining orqasida yashnayotgan vodiy uzra tomonida - paxta chanoqlari O`zbekiston xalqining chap tomonida asosiy boyligimiz ramzi. Gerbning chap tomonida bug`doy boshoqlari - risq rozimiz timsoli, to`kin - sochinlik ifodasidir. Paxta chanoqlari va bug`doy boshoqlarining Davlat bayrog`iga lenta bo`lib o`ralganligi O`zbekistonda yashayotgan xalqlar do`stligi va yakdilligi ifodasi hisoblanadi.
MUSTAQILLIK SOLNOMALARI
1989-yil 21-oktyabr- O`zbekiston Respublikasi Davlat tili to`g`risida qonun qabul qilingan kun
1990-yil 21-mart - O`zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimi joriy etilgan kun.
1990-yil 20 iyun - O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan kun.
1991-yil 31-avgust- O`zbekiston Respublikasining e'lon qilingan kun.
1991-yil 1-sentyabr- O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, Umumxalq bayrami.
1991-yil 18-noyabr- O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun.
Do'stlaringiz bilan baham: |