O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi yangiqo`RG`on tumani xalq ta’limi bo`limiga qarashli


Geografiya va Iqtisodiyot bilim asoslar fanlari


Download 122.03 Kb.
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi122.03 Kb.
#1163893
1   2   3   4   5
Bog'liq
geografiya fan oyligi xisoboti

Geografiya va Iqtisodiyot bilim asoslar fanlari
oyligi bo`yicha 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi o`qituvchilari
bajargan ishlari


H I S O B O T I



  1. Maktabda Geografiya va Iqtisodiyot bilim asoslar fani bo`yicha fan burchagi tashkil etilib, doimiy ishlashi uchun sharoit yaratildi, burchakka o`quvchilar va o`qituvchi tomonidan qo`lda yasalgan harakatdagi ko`rgazmali qurollar, darslikdan tashqari o`quv qo`llanmalari , o`quv nashrlari, vaqtli matbuot nashrlari, test tarqatmalari, matematika faniga oid badiiy adabiyotlar va DTS talablari tartib bilan joylandi;

  2. O’quvchilar fan oyliklarida faol qatnashishi uchun rasmlr tanlovi, referatlar, krassvordlar tanlovlari o’tkazildi.

Xaftaning har dushanba kungi ertaliklarda Geografiya va Iqtisodiyot bilim asoslar fani bo`yicha jahon yangiliklari haqida ma’lumotlar o`qib eshittirildi;



  1. O’quvchilardan fan oylik doirasida kirish va chiqish testlari olindi. Testda deyarli barcha o’quvchilar qatnashishdi.


Reja asosida o`qituvchi Abdullayeva Sayyora tomonidan 9-sinfda Iqtisod bilim asoslari fanidan ,,Inflyatsiya va uning turlari” mavzusida ochiq dars o`tildi va pedagogik kengash tomonidan ,,namunali” deb baholandi;
Reja asosida o`qituvchi R. Qurdosheva tomonidan VIII sinfda ,,Farg’ona iqtisodiy rayoni” mavzusida ochiq dars o`tildi va pedagogik kengash tomonidan ,,namunali” deb baholandi;

  1. Reja asosida o`qituvchi R.Qurdosheva tomonidan VI “A” sinfda “Yevro Osiyo iqlimi ” mavzusida ochiq dars o`tildi va pedagogik kengash tomonidan muhokama etildi;

  2. Maktabda tashkil etilgan ,, Yosh geograflar” fan to`garagining taqdimoti o`tkazildi, taqdimotda to`garak a’zolari tomonidan yig`ilganlarga geografiya faniga doir qiziqarli tajribalar va qo`lda yasalgan modellar namoyish etildi, yig`ilganlar savollariga qoniqarli javoblar berildi;

  3. Fan oyligida faol qatnashgan V “B” sinf o`quvchisi Abdusattorova N va O’razalayiva M, 9-sinf o`quvchilari D.Abduazimov va L. Abdukarimovalargaga maktab ma’muriyatining maqtov yorlig`i tantanali ravishda topshirildi, ,, Yosh geograflar” to`garagi a’zolariga rahmatnomalar e’lon qilindi;

  4. VII sinflar o`rtasida Geografiya fanidan mushoira o`tkazildi. Unda VIII “A” sinfning qizlari va o`g`il bolalari bellashib,Geografiya fanidan olgan bilimlarini namoyish qildilar. Natija 45-41 “Qizlar guruhi” foydasiga hal bo`ldi .

  5. IX sinflar o`rtasida “Buyuk allomalar olamiga sayohat ” mavzusida qiziqarli viktorina bo`lib o`tdi. Unda o`quvchilarning geografiya faniga bo`lgan qiziqishlari hakamlar tomonidan a’lo baholandi.

  6. Mart oyi o’rtalarida maktabning VI “a” va VI“b” sinf o`quvchilari o`rtasida qiziqarli viktorina bo`lib o`tdi. Viktorinani geografiya fani o`qituvchisi S. Abdullayeva ochdi va shartlarni tushuntirib berdi:

  7. 1. Har bir guruh (“Qit’alar” va “Materiklar”) o`zining nomini izohlab beradi;

  8. 2. Har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib, savol yozilgan ko`rsatkichni oladi, unga stolda tayyorlab qo`yilgan ko`rgazmali qurollardan foydalangan holda to`liq javob beradi.

  9. 3. Tezkor savolga tez javob berish. 5 tadan ishtirokchiga o`qituvchi tomonidan savollar navbati bilan beriladi, o`ylash uchun vaqt berilmaydi.

  10. 4. Bu shartda har bir guruhdan bittadan ishtirokchi chiqib, Geografiyaga oid krossvord yechdi.

  11. Echilgan krossvordlar o`qituvchilar tomonidan baholandi.

  12. 5. Doskaga har bir guruhdan bittadan ishtirokchi chiqib, 1 daqiqada kim ko`p mashhur geografik olimlar nomini yozish musobaqasi o`tkazildi.

  13. 6. Sardorlar tomonidan tanlab olingan savollarga guruhlar birgalikda javob berildi.

  14. 7. Guruh sardorlari ishtirokida Geografiyaga oid so`z o`yini olib borildi.

  15. Har bir shart 5 nafar hakam tomonidan baholab borildi. Umumiy natija 44:42 hisobi bilan “Qit’alar” foydasiga hal bo`ldi.

  16. G`olib guruh maktab ma’muriyatining maqtov yorlig`i va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

  17. Viktorina o`quvchilarda katta qiziqish uyg`otdi.

Geografiya fan oyi yakunida geografiyava iqtisod bilim asoslari fan oyligida faol qatnashgan “Yosh geografiya” to`garagi a’zolari maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.
11 . Reja asosida IX sinflarda “Intellektual ring” viktorinasi o`tkazildi,bu viktorinada nafaqat geografiya, balki tadbirkorlik asoslari, kimyo, biologiya va boshqa fanlardan ham qiziqarli savollardan foydalanilganligi hammaga manzur bo`ldi .
Fan oyligi davomida bajarilgan ishlarni o`quv yili davomida muntazam davom ettirishga kelishib olindi.



Download 122.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling