O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi namangan viloyati xalq ta`limi boshqarmasi


Download 309 Kb.
bet12/12
Sana07.03.2023
Hajmi309 Kb.
#1247466
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5 та мавзу

Anglash strategiyasi.
Yangi mavzu: «Ota va ona haqini bilmak zikrida».
1) O'qituvchi hikoyasi:
Ota – ona hayotimiz ustunlari, bizni dunyoga keltirib, voyaga yetkazgan, tarbiya bergan, maktab ostonasiga olib kelgan. Bu barcha xizmatlar mashaqqatini his qilishimiz va ota – onaning hurmat–izzatini joyiga qoyishimiz zarur. Bugun o'rganadigan mavzumiz aynan anna shu haqda. XI asrda yashab ijod etgan Kaykovus «Qobusnoma» nomli mashhur asarni yaratgan. Bu asarda u o'z o'g'liga hayotiy zarura bo'lgan juda ko'plab maslahatlarni bergan: Shulardan biri ota – onani hurmat qilish haqida. Bugun siz bilan Kaykovusning shu mavzudagi fikrlarini o'qib o'rganamiz.
2) Asarni o'qish. O'qituvchi asar matnini qiroat bilan o'qib beradi.
3) Asar yuzasidan dastlabki suhbat. Matnni qismlarga bo'lib o'qitish. Asar uyda o'qituvchi tomonidan qismlarga bo'lib kelingan bo'ladi, har bir qism bir o'quvchiga o'qitiladi.
4) Reja asosida savol – javob o'tkaziladi va - qismlar asosida qayta hikoya qilinadi.
5) Lug'at ustida ishlash.
Taqsim – taqsimlangan, bo'lingan
Zinhor – hech qachon.
Rizq - nasiba
Asardagi tushunarsiz bo'lgan so'zlar o'quvchilar bilan aniqlanib, izoh beriladi.
6. Savol – topshiriqlar ustida ishlash.
a) ota – onani nima uchun harmat qilish lozim deb o'ylaysiz?
b) ota – onani vazifasi va farmoni nimadan iborat ekan?
v) inson qaysi jihatdan boy bo'lishi kerak?
G) Pand – nasihatlar mazmunini o'z so'zlaringiz bilan gapirib bering.
- Magnit tasmasida ona – haqida qo'shib tinglash. O'quvchilarga uyda o'zlari ham savollar tuzib kelib, o'zaro savol – javob qilishlari topshiriladi.
Asar haqida fikrlari so'raladi.
7. O'qituvchi darsni yakunlaydi.
- Siz nimalar haqida bilib oldingiz?
- Bugungi mavzudan siz qanday xulosa chiqardingiz? Siz ota – onangizga qanday munosabatda bo'lasiz?
8. O'quvchilar rag'batlantiriladi.
9. Uyga vazifa beriladi.
O'qituvchi:
- O'quvchilar, uyda o'rgangan mavzudan xulosa qilib «ota – onam-parvonam» mavzusida insho yozib keling.
Darsimiz tugadi, xayr.
Men yuqoridagi dars orqali o'quvchilarni aqliy rivojlanishiga, dunyoqarashini kengaytirishga harakat qildim.
Boshlang'ich sinflarda ta'lim va tarbiyaning zamon talabi darajasida takomillashtirilishi, yoshlarning ma'naviy barkamol shaxslar bo'lib yetishishida asosiy omillardan hisoblanadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Boshlang`ich sinf o`qish darsliklari.

  2. Tabiatshunoslik darsligi.

  3. Boshlang`ich sinf metematika darsligi.

  4. Boshlang`ich sinf ona tili darsligi.






Download 309 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling