O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi namangan viloyati xalq ta`limi boshqarmasi


Mavzu: Alisher Navoiy-buyuk bobomiz


Download 309 Kb.
bet2/12
Sana07.03.2023
Hajmi309 Kb.
#1247466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 та мавзу

Mavzu: Alisher Navoiy-buyuk bobomiz.


Darsning ta`limiy maqsadi: A.Navoiy haqida tushuncha berish, o`quvchilarni Navoiy bobomizga bo`lgan mehrlarini oshirish sahna ko`rinishi orqali o`quvchilar bilimini oshirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilar ongiga milliy istiqlol g`oyasini singdirish, ularni halollika rostgo`ylikka, mehnatsevarlikka o`rga-tish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarni og`zaki nutqini o`stirish, fikrlashga o`rgatish.
Darsning turi: Noan`anaviy
Darsning jihozi: A.Navoiy bobomiz rasmlari, albom, ulug` allomalar tasvirlangan buklet, test, hadis namunalari, magnitafon.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O`qituvchi: Assalom ey mening o`quvchilarim,
Kelajakda buyuk davlat quruvchilarim.
Assalom ey vatanim erkalari,
Assalom gul Vatanim g`unchalari.
O`quvchilar: Assalom muallim,
Qilamiz sizga ta’zim.
Dars musobaqa shaklida olib boriladi. O`quvchilar guruhlarga bo`linadi.
1-guruh “Boychechak”
2-guruh “Binavsha”
3-guruh “Atirgul”


REJA:

  1. Donolarning donosi.

  2. Navoiy hikmatlari.

  3. “Alisher bilan bulbul” rivoyati.

So`z mulkining sultoni, olim, davlat arbobi, ijod dostonidagi tojdorimiz A.Navoiy bobomiz 1441-yilda 9-fevralda Xirot shahrida dunyoga kelganlar. U yoshligidan boshlab juda ko`p kitob o`qir edi. Yosh Alisher o`tkir zehnli, o`ta odobli, xozirjavobli va ajoyib qobiliyati bilan ajralib turar edi. Ko`pgina shoirlarimiz she’rlarini yoddan aytib berar edi. Navoiy bobomiz o`z asarlarida uztozlarni ulug`lab yozganlar. Harf o`qitgan uztozingni hurmat qilib, uning xaqqidan qutilmoqchi bo`lsang, xazinangdagi barcha oltinlardan bersang ham uzolmaysan.
Haq yo`linda kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas ado aning xaqqing yuz ganch ila.



Download 309 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling