O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi to’raqo’rgon tuman xalq ta’limi bo’limi


Download 110.45 Kb.
bet1/13
Sana19.06.2023
Hajmi110.45 Kb.
#1624610
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qiziqarli savollar




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

TO’RAQO’RGON TUMAN XALQ TA’LIMI BO’LIMI

34-umumiy o’rta ta’lim maktabi Matematika fani o’qituvchisi Xomidjonov Ma’rufjon Mahmudjon o’g’lining
MANTIQIY SAVOLLAR


JAMLANMASI

To’raqo’rg’on-2020
1. Shunday insonlar borki, ular otni ham, filni ham qiyinchiliksiz ko’tara oladi, joyini o’zgartira oladi. Ular kimlar?
Javob: Shaxmatchilar
2. Bir kuni shofyor o’z mashinasining g’ildiraklaridan birini dami chiqib qolganini ko’rdi, lekin parvo qilmay uydan chiqib ketdi va qiyinchiliksiz yurib kechga tomon qaytib keldi. U buni qanday uddaladi?
Javob: Dami chiqqan g’ildirak zahiradagisi edi.
3. Bu shaxmat donasi sabab o’rta asrlarda arab shohlari bu o’yinni o’ynashni istashmagan.
Javob: Ot, sababi islom dinida hayvon tasviri mumkin emas.
4. Mashhur sehrgar xonaning o’rtasiga qo’l zo’rg’a sig’adigan shisha qo’yib uning ichiga kira olishini aytdi. U buni qanday uddalashi mumkin?
Javob:Shisha qo’yilsa ham, qo’yilmasa ham xonaga istalgan kishi kira oladi.
5. 4 ta 2 dan har xil matematik amallardan 9 chiqarib bering.
Javob:22:2-2
6. Ot o’z bo’yniga bog’langan qo’ng’iroqning ovozini eshitmaslik uchun necha km/soat tezlikda chopishi kerak?
Javob:0 km/soat tezlikda
7. Bu narsa insonga 2 marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi.
Javob:Tish
8. Sherlok Xolms ko’chada sayr qilib yurgan edi. To’satdan u yerda jonsiz yotgan ayol tanasiga ko’zi tushdi. Aftidan qotillikka o’xshardi. U ayolning yoniga kelib, uning sumkasini ochdi va uning telefonini oldi. Telefonda uning turmush o’rtog’i raqamini topib, unga qo’ng’iroq qildi va shunday dedi: – Tezda yetib keling. Sizning ayolingiz jonsiz topildi. Bir necha daqiqadan keyin ayolning turmush o’rtog’i yetib kelib: “Azizam, senga nima bo’ldi, nega?”, -deya yig’lab yubordi. Shundan so’ng politsiya yetib kelgach, Sherlok barmog’i bilan ayolning turmush o’rtog’iga ko’rsatib: “Bu odamni hibsga oling, u o’z ayolining qotili”, – deb aytdi. Savol: Sherlok nega bunday qarorga keldi?

Download 110.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling