O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Adriana Gelvetsiy (1715-1771 y) ishlarida ham tilga olingan. Ular tarbiya omillari- 
muhit va pedagogik ta’sir, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir.
SHvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827 y) o’z 
faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariyani va amaliyotni birlashtirgan va o’z mablag’lari 
evaziga yetimlar uchun uylar ochgan. 
XIX asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida ijtimoiy pedagogikaning 
pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir bo’lgan. Ikkinchi tomondan uning boshqa fanlar 
psixologiya, ijtimoiyogiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlar yaqinlashuvi bilan ham ro’y 
bergan.
XIX asr ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo’nalishlariga esa quyidagilar tegishli: 
1)  ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish- bu uning fan bo’lishiga 
olib kelgan. Bu yo’nalishga mafkurani ham kiritsa bo’ladi.
2) Ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat. Gap ijtimoiy pedagogik ta’lim, 
tarbiya maqsadi va xarakteriga ta’siri haqida ketmoqda.
3) Xayriya va o’quv-tarbiya muassasalarining tuzilishi bo’yicha ijtimoiy pedagogik 
faoliyat (Bazedovning “filantroplari”, Ouenning “yangi institut” konsepsiyalari); 
4)  ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi, “nochor” va tanlab olingan 
bolalardan tashqari unga boshqa toifadagi katta yoshdagilar ham kiradi. Asosiysi
ijtimoiy pedagogika o’z faoliyatida davlat darajasiga chiqadi va o’z sheriklari bilan birga 
talablarini qonuniy rasmiylashtirishga erishiladi. XIX asrning 60-70 yillarida Germaniya, 
Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratiladi.
Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yo’nalishlarini uning eng asosiy 
vazifasi-bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Biroq XVIII-XI X asrlarda u 
avvallari e’tiborsiz bo’lgan g’oyalar bilan to’ldiriladi. Aniqrog’i, ijtimoiy pedagogika 
g’oyasi nazariyasi va amaliyotida birinchi o’ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi.
Ijtimoiy pedagoglarni birlashtirib turgan boshqa muhim g’oya tarbiya va ta’limning uzviy 
bog’liqligini anglash bo’ldi.
Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir 
qancha qiziqarli va sermaxsul tajribalardan iborat. Nyu-Lenarkda “Inson xarakterini 
tuzishni yangi instituti”ni ishchilarning turmush darajasini yaxshilash uchun yaratib, u 
amaliyotda ishlab chiqarish ta’limini madaniyat bilan bog’lab qo’ydi. Jahonda ilk marta 
didaktik o’yinlar o’tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida g’amxo’rlik qiluvchi 
muassasalar u tomonidan tuzilgan. 
Ingliz faylasufi Gebert Spenser (1820-1903 y) oilaning shaxs shakllanishidagi 
o’rni haqidagi ijtimoiy pedagogik g’oyalar bilan to’ldirilgan asarlar yaratgan. Bu 
maqsadlarga erishishi uchun u qiziq usulni ilgari surgan-Angliyaning davlat va siyosiy 
tuzilmasini oila va maktab tomonidan imitatsiyalashuvi. 
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga 
buyurtmalar kengayadi. Unga asta-sekin yoshlarni tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulq-
atvor normalarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash kirgan. Industiryalashtirish 
qishloq axolisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib chiqardi. Buyurtmaning 
kengayishini keltirib chiqargan holat yevropa va Amerika mintaqalarining ijtimoiy 
madaniy jarayonlari bilan ham bog’liq. Qishloq axolisining shaharga ko’chib o’tishlari 


148 
g’ayriaxloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik, daydilikning ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, 
AQSHda holat nihoyatda og’ir edi. Bu davlatga boshqa kam rivojlangan davlatlardan 
axoli ko’chib kelishi bilan bog’liq. Ayni vaziyatda cherkov rolining susayishi kuzatildi. U 
shu paytgacha axloqiy normalarning ana’naviy tashuvchisi bo’lib kelgan. Biroq u 
jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va ko’pgina odamlar 
hayotida o’zining avvalgi mavqeini yo’qotdi. SHu bilan birga yevropada milliy 
davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy 
qatlamlarda muayyan g’oya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Bu esa 
masalani yechish vositalarini topishni taq azo etardi. XIX asr oxirida mustaqil fanga 
aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo’ldi. Bu paytda esa 
nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina XX asrda keng qo’llanilgan
ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi. 
Aynan shu vaqtdan ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling