13-Ma`ruza. Mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja
Download 107.26 Kb.
|
13-estetika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
13-Ma`ruza. Mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. REJA: Estetika fanini o‘qitishning ahamiyati. Inson estetik tafakkurini shakllantirish omillari. Islomda go‘zallik tushunchasi talqini O‘rta Osiyo mutafakkirlarining badiiy estetik qarashlari. Tayanch tushunchalar: Tarbiya, estetik tarbiya, tarbiya vositalari, estetik tarbiyaga tahdidlar, ommaviy madaniyat. Estetika fani o‘qitishning ahamiyati. Inson ongi, tafakkurining shakllanishi, axloq- odobining takomillashib borishi oila, maktab, mahalla va o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta’lim – tarbiya orqali mujassamlashadi. Tarbiyaning barcha shakllari kabi estetik tarbiya ham inson ma’naviy, axloqiy, badiiy dunyoqarashining o‘sishida muhim o‘rin tutadi. Har bir inson ichki olami, his- tuyg‘ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, axloq- odobiga, dunyoqarashiga ta’sir o‘tkazishda estetikaning asosiy vositalari hisoblanmish adabiyot va san’atning ahamiyati kattadir. Demak, estetik tarbiya shaxsning shakllanishiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Eng avvalo san’at asarini idrok etish tajribasi ijodiy obrazli tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi. Murakkab va takrorlanmas voqea hisoblangan badiiy asar nozik hayoliy bog‘lanishlarni shakllantiradi, tafakkurni boyitadi va chuqurlashtiradi, hissiyotni hamda uni og‘zaki yoki boshqa shaklda ifodalash qobiliyatini rivojlantiradi. So‘z, ayniqsa shoirona so‘z hissiyoti, tasavvur va hayol takomillashadi, hayotga ijodiy munosabatda bo‘lish, o‘zining g‘oyalari, tuyg‘ularini biror badiiy vosita orqali ifodalash qobiliyatini chuqurlashtiradi. Badiiy asarga hayotning individual – psixologik va g‘oyaviy – badiiy xususiyatlari bilan takorolanmas obrazli tasviri deb qaralsa, idrokning hissiyligi shaxsning xususiyati sifatida saqlanadi va mustahkamlanadi. Asardagi go‘zallikni idrok etuvchi kishi avvalo, qahramonlar bilan birga fikr yuritadi va birga yashaydi, ba’zilarning nuqtai nazariga aylanib, boshqalarni ayblaydi, asarning o‘zidan, uning uslubidan, tili, hayotiy, ishonchli voqealar tasviridan lazzatlanadi. Asardagi obrazli – badiiylik va intellektuallik har bir insonda xuddi yoqimli, dilrabo kuy yoki qo‘shiq tinglayotgan, ajoyib rasm yoki haykalni tomosha qilayotgan kishidagi singari hissiyotlar, tasavvur va fikr mulohazalarning majmuasini vujudga keltiradi. O‘z- o‘zidan ma’lum bo‘lmoqdaki yoshlarning adabiyot va san’at asarlarini sevishi ularni idrok etish, baholash, didini o‘stirish estetik tarbiya orqali amalga oshadi. San’at, tabiat va go‘zallik elementlari mavjud bo‘lgan barcha voqealar estetik bo‘lishi bilan shaxsda badiiy did, estetik ideal, estetik tuyg‘u, estetik kechikma, go‘zallik va uyg‘unlikni ko‘rish, his qilish hamda ularni baholash qobiliyati singari alohida hususiyatlar, fazilatlarni tarkib toptiradi. Estetik bilishning hamma ko‘rinishlari qanchalik rivojlanmasin, u oxiri chegara bo‘la olmaydi, balki ular insonning butun hayoti davomida takomillashib boradi. Bog‘cha, umumiy ta’lim maktablarida estetik tarbiyaga asos solinadi. Bolalarni san’atdagi, olamdagi go‘zaliklar bilan tanishtirib, unda estetik bilishning har qanday ko‘rinishini ijodiy idrok etish qobiliyatini rivojlantiradi va unga go‘zallik va xunuklikni farqlay olishni o‘rtatadi. Estetik tarbiya oliy o‘quv yurtlarida o‘ziga xos tarzda olib borilmoqda. Estetika fani bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tiladi, har bir talaba ma’lum mavzular bo‘yicha referat yozadi, ma’lum bir adabiyot san’at asarlari bo‘yicha baxs munozaralarda qatnashadi. Teatr, muzeylarga tashrif buyuradi, shoir, yozuvchi va san’at arboblari bilan bo‘ladigan uchrashuvlarda, turli bayram konsertlarida, fakultetlararo festevallar uchun tayyorlangan ko‘rik tanlovlarda ishtirok etadi. Bir so‘z bilan aytganda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar talabalar estetik dunyoqarashning kengayishida muhim omil hisoblanadi. Mustaqil O‘zbekistonda har bir yosh yigit - qizning har tomonlama barkamol inson bo‘lib kamol topishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ana shu jarayonda estetik tarbiyaning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Birinchidan, Mustaqil O‘zbekistonda turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan odamlarning siyosiy, huquqiy, axloqiy, badiiy ongliligi tez ortib bormoqda, faolligi, insoniy fazilatlari ochiq ko‘rinmoqda, ijodiy yaratuvchilik qobiliyatlari, davr bilan hamnafas yashash xislatlari, ishlab chiqarish borasidagi ixtirolari hayotning oldida borayotganligidan dalolatdir. Ikkinchidan, Bozor iqtisodi sharoiti tufayli mamalakatimizda taraqqiy etgan mamlakatlar bilan hamkorlikda qo‘shma korxonalarning ishga tushirilishi sababli zamonaviy texnika va texnologiyalar kirib keldi. Jahon bozorida raqobatlashadigan maxsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Uchinchidan, estetik madaniyatning talablari xalqimiz turmushi va hayotining barcha jabhalariga singib ketayotir. Qayta qurilgan zamonaviy bozorlar, kafe, oshxonalar, shaxsiy savdo do‘konlari, madaniy- maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalarining davr talablari asosida jixozlanishi barcha – barchadan estetik dunyoqarash kengligini talab qilayotir. To‘rtinchidan, O‘zbekiston agrar mamlakat yurtimiz aholisining ko‘pchiligi qishloqda istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida qishloqlarimiz yildan- yilga obodonlashib bormoqda, turmush madaniyati o‘smoqda. Qishloqda mulkdorlar, tadbirkorlar, fermerlar tashkil topdi. SHaxsiy korxona, savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlash zavodlari qurildi. Zamon talablari asosida bog‘cha, maktab, kollej, kasalxona, sport inshoatlari bunyod etildi. Demak, estetik tarbiya qishloqda ham o‘z ta’siriga ega bo‘lmoqda. Beshinchidan: Estetika haqida tushuncha ommaviy axborot organlari, radio, televidenie, gazeta va kitoblar xalqimizning kundalik turmushiga singib bormoqda. Bu albatta xalqimiz estetik ongining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Estetika – adabiyot va san’atning (muzika, rassomlik, xaykaltaroshlik, kino, teatr, raqs, sirk va boshqalarning) mohiyati, kelib chiqishi va taraqqiyot qonuniyatlarining voqelikka munosabati va ijtimoiy roli, badiiy ijodiyot shakllari va uslublarini o‘rgatadigan fandir. YUnoncha «Estezikos» so‘zi «sezish», «his qilish» ma’nolarini anglatadi. Ana shu so‘z zamirida maydonga kelgan «Estetika» insonning voqelikka, olamga, san’at asarlariga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi fan sifatida dunyoga keldi. Bu fan uzoq yillar «go‘zallik falsafasi» deb yuritildi. San’at, bir tomondan, ijtimoiy ideallar asosida hayotni aks ettiradi, ikkinchi tomondan, u o‘z badiiy vositalari orqali bu ideallarni hayot manzaralarida, obrazlarda mujassamlashtiradi, bu bilan u kitobxonga, tomoshabinga idealni butun ravshanligi bilan ko‘rishga imkon tug‘diradi, kishida go‘zallik hissiyotini amalga oshgan idealning ulug‘vorligi, go‘zalligi va latofatiga nisbatan zavq uyg‘otadi. San’at kishining ko‘rkamligi va ma’naviy go‘zalligini ham mujassamlashtira oladi. Go‘zallik hissiyotini estetik his deb yuritiladi. Estetika shu hissiyotni hamda hayot va san’atda uni tug‘diruvchi faktlarni o‘rganadi. San’atning asosiy vazifalaridan biri ham hayotni bilish va uni ta’svirlash bilan kishini tarbiyalash, unda estetik hissiyot tug‘dirish, ya’ni go‘zallikni namoyish ettirish va bunga erishish yo‘llarini ko‘rsatib berishdir. Olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1717-1762yillar) «Poetik asarning ba’zi bir masalalari to‘g‘risida falsafiy mulohazalar» nomli kitobida estetikani fan sifatida qo‘lladi. Ammo estetika nazariyasi uzoq tarixga borib taqaladi. Qadimgi Misr, Bobil, Hitoy, Hindiston Eron va Turon mamlakatlarida eramizdan avvalgi bir necha ming yillar muqaddam estetik ta’limot maydonga kelganligi, o‘sha davrlarda ham estetik tarbiyaga katta e’tibor berilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Har bir inson olamdagi, voqelikdagi go‘zallik va xunuklikni turlicha tushunadi. SHu sababli kishilarning estetik didi, qarashlari, ta’savvurlarining, o‘sishida estetikaning o‘rni kattadir. Estetika – etika, falsafa, din, huquq fanlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan holda voqea – hodisalarni hayollar, badiiy obrazlar, syujet, kompozitsiya orqali tasvirlashi bilan ajralib turadi. Ma’naviy barkamol insonlar ezgulik, go‘zallik, qoidalari asosida yashashga, turmush kechirishga, mehnat qilishga harakat qiladilar.Har bir insonning kundalik faoliyati borliqqa estetik munosabati orqali namoyon bo‘ladi. Har bir insonning go‘zal bo‘lib yurishga intilishi, yarashgan kiyim kiyishi, uy, hovli, ko‘cha, ishxonani chiroyli qilishga harakat qilishi, demak unda go‘zalikka, yaxshilikka, ezgulikka bo‘lgan ixlos, intilish, ehtiyojining chuqurligidan dalolat beradi. Zotan go‘zallik, chiroylilikka havas ma’naviy barkamollik mezonidir. Download 107.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling