4-MAVZU: O’simlik va hayvonot olamining xilma-xilligi
Reja:
1. Botanika - o‘simliklar haqidagi fan.
2. Gulli о’simliklar bilan umumiy tanishish.
3. O‘simliklarning hayotiy shakllari.
4. O‘simliklar sistematikasi haqida tushuncha.
5. Zoologiya fani va uning vazifalari.
6. Hayvonlarning xilma-xilligi va ahamiyati.
7. Hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlarni klassifikatsiya qilish.
8. Hayvonlarni muhofaza qilish va “Qizil kitob” haqida.
1. Botanika - o‘simliklar haqidagi fan.
Tabiatni rang-barang o‘simliklar olamisiz tasawur qilib bo‘lmaydi. Yer yuzida o‘simlik turlari juda keng tarqal- gan. Bu o‘simliklami jazirama cho‘llardan tortib, to baland tog‘lar cho‘qqisigacha bo‘lgan turli tuproq va iqlim sharoiti- da uchratish mumkin. Tabiatda dengiz, daryo, ko‘l va ka- nallarda, shuningdek, botqoqliklarda o‘sadigan o‘simliklar ham kam emas. Ular uzoq yillar davomida turli sharoitda o‘sishga moslashgan.
Hozirgi vaqtda yer yuzida o‘simliklaming 500 000 dan ortiq turi borligi aniqlangan. O‘zbekistonda tabiiy holda o‘sadigan yuksak o‘simliklaming 4500 turi ma’lum.
O‘simliklaming tashqi va ichki tuzilishi, ulaming tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatini, o‘simliklaming o‘sishi va rivojlanishida sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlar: oziqla- nish, suv bug‘latish, fotosintez jarayonlarini, o‘simliklaming kelib chiqishini, yer yuzida tarqalishi qonuniyatlarini hamda o‘simliklar dunyosini ulaming belgilariga asoslanib, ma’lum bir sistemaga solishni, ulardan oqilona foydalanish va mu- hofaza qilish usullarini biologiyaning bir bo‘limi bo‘lgan «Botanika» fani o‘rganadi. Botanika so‘zi yunoncha «bo- tane» so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘kat, o‘t, о ‘simlik degan ma’nolami bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |