1. Botanika o‘simliklar haqidagi fan
Download 282.48 Kb.
|
4-Ma\'ruza. O\'simlik va hayvonot olami
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Zoologiya fani va uning vazifalari. Zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan.
- Zoologiya – eng qadimiy fan.
- 6. Hayvonlarning xilma-xilligi va ahamiyati.
0‘simliklar dunyosi esa o‘simliklar sistematikasidagi eng katta sistematik birlik bo‘lib, yopiq uragTi o‘simliklar, ochiq urug‘li o‘simliklar, qirqquloqtoifa, yo‘sintoifa, yashil suvo‘tlar va hokazo bo‘limlami o‘z ichiga oladi.
Sistematik birliklaming ketma-ketligini g‘o‘za misolida ko‘rishingiz mumkin. Bo‘lim - Gulli o‘simliklar (magnoliya toifa); Sinf (ajdod) - Ikki urug‘pallalilar (magnoliyasimonlar); Oila - Gulxayridoshlar Turkum - G‘o‘za Tur - Meksika g‘o‘zasi 5. Zoologiya fani va uning vazifalari. Zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan. Zoologiya (zoon – hayvon, logos – fan) – hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganadigan fan. Hayvonlarning xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati, kelib chiqishini o‘rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi. Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir guruhi hayvonlarning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishini, boshqalari alohida guruhlarini o‘rganadi. Zoologiya – eng qadimiy fan. Zoologiyaga oid eng qadimgi asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan. Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif berilgan. 16–17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskopda ko‘rinadigan hayvonlarni kashf etgan. Shved olimi Karl Linney 18-asrda hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib o‘rganishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o‘rtalarida hayvonlarni o‘rganish orqali o‘zining olamshumul evolyutsion ta’limotini yaratdi. Zoologiya tibbiyot, chorvachilik va xalq xo‘jaligining boshqa sohalari bilan bog‘liq. 6. Hayvonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. Yer yuzida hayvonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq, suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Parazit hayvonlar uchun esa odam, hayvon va o‘simlik organizmi yashash muhiti bo‘ladi. Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan, suv hayvonlarining gavdasi suyri shaklda, oyoqlari eshkakka aylangan. Quruqlikda yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik, harorat, yorug‘lik va boshqalar ekologik omillar deyiladi. Hayvonlarning gavda o‘lchami har xil bo‘ladi. Ular qatorida og‘irligi 150 tonnaga yetadigan gigant kitlardan tortib faqat mikroskopda ko‘rinadigan, uzunligi millimetrning o‘ndan bir, hatto yuzdan bir ulushiga teng keladigan turlari ham bor. Download 282.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling