2-rasm. Daraxtlar
Nastarin
Maymunjon
3-rasm. Butalar
Qoraqat
Yarimbutalar poyasining pastki qismi yog‘ochlashgan, yuqori yashil qismini qishda sovuq urib ketadigan ko‘p yillik o‘simliklardir. Cho‘llarda keng tarqalgan o‘simliklardan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular jumlasidandir (4-rasm).
Ko‘p yillik o‘tlar - yerusti qismi qishda qurib, o‘sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o‘simliklar. Bularga beda, ajriq, g‘umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko‘t, sal- lagul, qoqio‘t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, kovrak, gulsafsar singari o‘simliklar kiradi (5-rasm).
Ikki yillik o‘tlar - birinchi yili urug‘dan ko‘karib chiqib, vegetativ organlar hosil qiladigan, ildizi va barglarida oziq moddalar to‘playdigan o‘simliklar. Ular ikkinchi yili gullab meva tugadi. Bularga lavlagi, sabzi, sholg‘om, sigirquyruq va boshqalar kiradi (6-rasm).
Bir yillik o‘tlar bir yil ichida urug‘dan unib chiqadi, o‘sadi, gullaydi va meva tugib, o‘z hayotini tugatadi (7-rasm).
Teresken Sarsazan Itsigak
4-rasm. Yarimbutalar
Ko‘p yillik o‘tning hayoti Qoqio‘t
5-rasm. Ko‘p yillik o‘tlar
Qulupnay
Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan madaniy o‘simliklaming juda ko‘pchiligi bir yillik o‘simliklardir. Bularga g‘o‘za, bug‘doy, arpa, zig‘ir, yeryong‘oq, mosh, no‘xat, sholi, po- midor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar ki- radi. Bir yillik o‘tlar orasida juda mayda, yer yuzidan 5- 20 sm ko‘tarilib o‘sadigan momaqaltiroq, qo‘ytikan kabilar- ni, bo‘yi 1 m dan ham oshadigan kanakunjut, makkajo‘xori hamda kanopga o‘xshash o'simliklami ham ko‘plab uchra- tish mumkin.
Ikki yillik o‘tning hayoti
Lavlagi Karam
urug
birinchi yili
г4
qish
т
ikkinchi уЩ
1
-
r>
Bir yillik o‘tning hayoti:
1 - urug‘; 2 - voyaga yetgan o‘simlik.
Zubturum
6-rasm. Ikki yillik o‘tlar
Kungaboqar
Do'stlaringiz bilan baham: |