13-Ma`ruza. Mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja
Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi
Download 107.26 Kb.
|
13-estetika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Estetikaning zamonaviy muammolari.
Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Tabiat - estetik tarbiyaning zaruriy vositasidir. SHuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo‘lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. CHunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo‘lib etishishiga monelik ko‘rsatadi. SHuning uchun inson va tabiat o‘rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
Estetikaning zamonaviy muammolari. Texnogen sivilizatsiya - estetik faoliyat va estetik didni shakllantirishning muhim omilidir. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni insoniylashtirish va go‘zallashtirishn estetik muammolardan hisoblanadi. Voqelikka estetik munosabatlar, milliy va umumbashariy ahamiyatga egadir. Estetik qadriyatlar esa – barqarorlikni ta’minlovchi omil hisoblanar ekan,“dunyoni go‘zallik qutqaradi” shiori global ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. “Go‘zal muhitda yashash oliy ne’mat” – estetikaning bosh tamoyilidir. Olamni estetik anglashda axborot va jamiyat axborotlashuvining roli ortib bormoqda. Axborot estetikasining o‘ziga xos xususiyatlari va uning siyosiy, badiiy, ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy jarayonlar bilan bog‘liqligidadar. Reklama estetik ma’lumot olish vositasi bo‘lib bormoqda. Ularningg turlari va shakllari hilma-xildir. Reklama estetikasida milliylik va umumbashariylik namoyon bo‘lib boradi. Endi ikki og‘iz so‘z estetikaning global muammosiga aylanib borayotgan “ommaviy madaniyat” haqida. Uning kelib chiqishi, ta’siri, tahdidi borasida mazkur anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam yanglishmagan bo‘laman. Lekin, bir narsaga g‘oyatda tahdidli, u ham bo‘lsa, ommaviy madaniyat insonni “qiyofasiz” oqimning bir qismiga aylantirib qo‘yishidadir. Bu illat aksariyat xollarda haqiqat, go‘zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste’molchilik ehtiyoji bilan bog‘lab, iste’mol va tovar sifatida haridorgir bo‘lishiga qaratilgan maqsadni targ‘ib qiladi. Bu esa pirovardida “bozor adabiyoti”, “bozor san’ati” degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning “gullab-yashnashi” uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, “millati”ning tayini yo‘q “badiiy” filmlar ham ko‘payib ketgan. “Bozor san’ati” deganda, birinchi navbatda, anashunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi. Xo‘sh “ommaviy madaniyat”ning illat sifatida qanday namoyon bo‘lishi mumkin? “Ommaviy madaniyat” namoyondalarining amallari o‘zlari uchun har taraflama manfaatdorlikka asoslangan: ular “noyob san’at” namunalari-g‘oyalarini nafaqat targ‘ib qiladi, balki pullaydi ham. Faqat bugunni, yana ham aniqrog‘i hozirni ko‘radi va tan oladi. Umuminsoniy madaniyatni bo‘ysindirish va o‘z ta’sir doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni amalga oshirishga harakat qiladi. U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog‘i bilan qarshi. Andozalashgan axborot-u mahsulotlar qurshovida qolgan odamlarning o‘zi ham bora-bora bir o‘lchamga tushadi: hammaning yurish-turishi, o‘y-kechinmasi, fikrlash tarzi, bari bir xil. SHaxsning ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga loqayd, befarq avlodni shakllantiradi. “Ommaviy madaniyat” o‘z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy qadriyatlardan foydalangan xolda “ma’rifatparast”lik g‘oyalari asosida o‘ziga xos muomala va muloqot madaniyatini ham targ‘ib qiladi. Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko‘rishishdagi “boshni boshqa suqishtirish”, imo-ishora, o‘zaro muloqotning “kurakda turmaydigan so‘zlar”ga tayanilishi orqali ko‘rib guvohi bo‘lmoqdamiz. SHuning uchun “ommaviy madaniyat” namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas. Download 107.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling