13-Ma`ruza. Mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja
Download 107.26 Kb.
|
13-estetika
Turmush estetikasi deganda biz insonning voqelikka keng qamrovli estetik munosabatini tushunamiz. U hozirgi paytda o‘z ichiga kiyinishidan tortib, xulqiy go‘zallikkacha, oilaviy an’analardan tortib, oilaviy makongacha bo‘lgan estetik “doirani” o‘z ichiga oladi. Turmush estetikasida eng muhimi, odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik va ulug‘vorlik orqali qarashlari estetik didga, ijtimoiy ideallarga o‘ziga xos munosabatlari namoyon bo‘ladi, pirovard natijada u turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi.
Birinchi navbatda turmush estetikasi insonning xulqiy go‘zallik qonun-qoidalariga rioya qilib yashashini taqozo etadi. Xulqiy go‘zallik esa oilada jamoat joylarida o‘zini tutishni, boshqalar bilan muloqotda, kasbiy munosabatlarda muomala odobi va etiket nuqtai nazaridan yondashuvni, o‘zaro suhbatlarda ham so‘z vositasida (verbal), ham noverbal jihatlarning go‘zal bo‘lishini ta’minlaydigan ma’naviy hodisadir. Uni estetika va axloqshunoslik kesishgan nuqta go‘zallikning axloqiylikda, axloqiylikning go‘zallikda namoyon bo‘lish sharti, desak yanglishmaymiz. Turmush estetikasida modaning alohida ahamiyatga ega. Ma’lumki, moda deganda tashqi madaniyat shakllarining vaqti-vaqti bilan qisman o‘zgarish va takrorlanib turshini tushunamiz. Bunday takrorlanishlar va o‘zgarishlar iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega bo‘ladi. Modani asosiy ko‘pchilik e’tirof etadi, u o‘zini faqat kiyinishda emas, ishlab chiqarishda ham, siyosatda ham, san’atda ham, fanda ham, hatto mafkurada ham namoyon qila oladi. U ijtimoiy-estetik mezon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga nima kerakligini belgilab beradigan hukmron didga aylanadi. Moda bunda odamlarning yashash tarzidan (stilidan) kelib chiqib, doimiy ravishda o‘zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni taklif etadi. Qisqasi, moda muayyan ma’noda jamiyat yashash tarzining o‘ziga xos shakli, zamonaviy usuli sifatida estetik tahlili taqozo qiladi. Zotan u ommaviy estetik didning darajasi va o‘ziga xosliklarini zamon ko‘zgusida aks ettirish xususiyatiga ega. SHu jihatdan u, yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘zgaruvchanlik tabiatiga ega, urf bo‘lgan narsalar, bir davr hatto bir yil mobaynida modadan chiqib ketishi mumkin. Masalan, o‘tgan asrning elliginchi yillarida erkak va ayollar tagcharmiga maxsus g‘arch qo‘yilgan etiklar, tuflilar kiyishardi, yurganda «g‘arch-g‘urch» qilardi. Hozir esa iloji boricha tovush chiqarmaydigan, yumshoq poyafzal urf bo‘lgan, ya’ni modada. YOki oltmishinchi yillarda bir oz demokratik o‘zgarishlar ro‘y berishi tufayli qatag‘on qilinganlar haqidagi asarlar, xususan, Habib Nu’monning “YOshlikda bergan ko‘ngil” qissasi urf bo‘ldi, hozir esa Toxir Malikning “SHaytanat” romani modada. Bunday holatni “xit bo‘lgan” qo‘shiqlarga va ular ijrochilariga ham tadbiq etsa bo‘ladi. Turmush estetikasi ayni paytda oilaviy muhitdagi nafosat muammolariga ham katta e’tibor qiladi. Oiladagi nafosat, odatda, maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridagi estetik tarbiya bilan uyg‘un olib borilishi turmush madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda oilaviy an’analar, ota-onaning namunaviyligi va farzandlarga estetik sharoit yaratib berishi katta rol o‘ynaydi. Ota yoki ona cholg‘u asboblaridan birini (dutormi, rubobmi, pianinomi) chalishni, professional darajada bo‘lmasa-da, bilishi, kitob o‘qishga ishtiyomandligi, vaqt topib farzandlarni qo‘g‘irchoq yoki yoshlar teatriga, sirkka, sport o‘yinlari tomoshalariga olib borishi bolalar estetik didning shakllanishiga, oila turmushining estetik tiklashiga imkon yaratadi, zero “qush inida ko‘rganini qiladi” degan maqol bejiz mashhur bo‘lib ketgan emas. Download 107.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling