O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Tarbiya ijtimoiylashuv sifatida 
So’nggi o’n yilliklar davomida pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv va 
tarbiya tushunchalarining o’zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmoqda. Davlat 
mafkurasining o’zgarishi sababli bu muammoga alohida e’tibor qaratish lozim. SHu bilan 
birga ba’zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat qilishmoqda. 
Boshqalari tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o’rganishadi. Ba’zi 
olimlar esa ijtimoiylashuv deganda fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. 
To’rtinchi guruh olimlari shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi deb 
hisoblashadi. Biroq tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligini 
hamma tan oladi. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bo’lishi, uni ijtimoiylashuvdan 
farqlaydi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan Maks Veberg uni muammolarni 
yechishga qaratilgan harakat, inson xulq-atvorining taxminiy variantlarini sub’ektiv 
anglash sifatida ta’riflagan.
Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayondir, ya’ni inson doimo jamiyat 
bilan munosabatda bo’ladi. Tarbiya esa diskret (uzlukli) jarayondir. CHunki u muayyan 
tashkilotlarda amalga oshirilib, zamon va makonda cheklangan bo’ladi. Tarbiya 
pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biridir. SHunga qaramay tarbiyaning 
umume’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas. Bunga uning ko’p ma’noliligini sabab qilib 
ko’rsatsak bo’ladi. Tarbiyani ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, qadriyat, tizim, ta’sir, 
o’zaro munosabat sifatida ko’rib chiqsak bo’ladi. Bu tushunchalarning hech qaysisi 
tarbiya mazmunini to’liq ochib bera olmaydi.
Quyida ijtimoiylashuvning nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi jarayonga xos bo’lgan 
umumiyligini aks etishga harakat qilingan tarbiyaning ta’rifi keltirilgan. Biroq unda 
oilaviy, diniy, ijtimoiy tarbiyaning xususiyatlari inobatga olinmagan. A.V.Mudrik 
quyidagi ta’rifni ilgari suradi: 
Tarbiya-insonning jamiyatga ko’nikishiga ko’maklashuvchi va bu ko’nikish sodir 
etiladigan guruh va tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi 


187 
insonning ongli rivojlanishi. Bu ta’rif to’liq to’g’ri hisoblanmaydi. Bu faqat muallifning 
nuqtai nazarini aks ettiradi.
Ijtimoiy omillarni insonga ta’sir ko’rsatishining tarkibiy qismi bo’lgan tarbiya o’z 
xususiyatlariga ega. Bu jarayon boshqalaridan farqli ravishda doimo bir maqsad sari 
yo’naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Tarbiya jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi boshqa omillar- muhit, OAV, 
madaniyatlar inobatga olinadi. Biroq shuni esda tutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy 
omillar ichida o’z o’rniga ega hamda boshqa omillarning o’rnini to’ldira olmaydi ham, 
bekor qila olmaydi ham.
Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o’tgan sari o’zgaradi. Bola qanchalik 
kichik bo’lsin, tarbiya uning shakllanishiga shuncha ko’p ta’sir ko’rsatadi. Vaqt o’tgani 
sayin tarbiyaning hissasi kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijtimoiy 
qadriyatni tanlashdagi mustaqilligi ortadi. 
Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’siri kamayadi. Biroq boshqa bir jarayon-
o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning o’z shaxsini 
mukammallashtirish, o’z-o’zini rivojlantirish bo’yicha mustaqil faoliyatini anglashi 
ortadi. Ma’lumki, o’z-o’zini tarbiyalashga ehtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli 
hisoblanadi. Bizning modelga binoan insonning o’z-o’zini tarbiyalashi ehrom bunyod 
etish bilan barobardir.. SHuning uchun o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni bir umrga 
cho’ziladi.
Tarbiya o’z-o’zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, 
tarixiy an’analar, OAV, maktab jamoasi, do’stlar, bolalar bog’chasi va boshqalar) ijobiy 
ta’siri natijasida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayonini sodir etadi.
Ijtimoiy muhitning ta’siri qanchalik turli bo’lsa, bola undan shuncha erkin va mustaqil 
bo’ladi. 
Demak, bolaning rivojlanishi ikki yo`nalish asosida amalga oshiriladi: 
ijtimoiylashuv va indivilualizatsiyalanish. 
Agar sotsium tomonidan qabul qilingan xulq-atvor me'yorlarini qabul qilishi bilan 
bir qatorda o`z navbatida bola o`zining ham individual xususiyatlarini sotsiumga qo`shib 
borishi mumkin va bu jarayon bolaning jamiyatga integratsiyalanishi deb ataladi.
Bu jarayonlar spontan, stixiyali va tartibsiz holda amalga oshirilishi va aksincha 
boshqarilib, ma'lum maqsadga yo`naltirilib ham borilishi mumkin. Bu jarayon esa 
tarbiyalash deb ataladi. Bolaning ongli, faol va mustaqil faoliyati esa o`z-o`zini 
tarbiyalash 
jarayoni 
deb 
ataladi. 
Jamiyatdagi 
barcha 
mutaxassislarning 
va 
tarbiyachilarning harakatlari bolaning ijtimoiy adaptatsiyalanishiga qaratilgan.
Bolaning ijtimoiy muhitga moslashuviga to`sqinlik qiluvchi ijtimoiy-ma'naviy 
fazilatlarning yo`qligi hamda ularning shakllanmay qolishi ijtimoiy dezadaptsiya deb 
ataladi. Bunday holatlarda ularning oldini olish hamda ma'lum chora-tadbirlar ishlab 
chiqish kerak bo`ladi. Demak, bolaning jamiyatda ijtimoiy adaptatsiyalanishiga, uning 
ijtimoiy statusini qayta tiklashga, yo`qotilgan ijtimoiy munosabatlarni qayta tiklashga 
qaratilgan faoliyat turini ijtimoiy reabilitatsiya qilish deb ataladi. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling