O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Chekinishning (og`ishning) turlari


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Chekinishning (og`ishning) turlari. 
Me'yorlardan chekinishning to`rtta turi mavjud. Bular: jismoniy, psixik, pedagogik va 
ijtimoiy. 
1.Jismoniy chekinish birinchi navbatda insonning sog`ligi bilan bog`liq bo`lib, 
tibbiy ko`rsatkichlar orqali belgilanadi. Bularga insonning bo`yi, vazni kabilar kirishi 
mumkin. Bundan tashqari biron bir faoliyat yuritishda imkoniyatlari cheklangan, ya'ni 
sog`ligi tufayli o`z qobiliyatini yo`qotgan, defekti bor insonlar hamda nogironlar shular 
jumlasidandir. Bola jismoniy rivojlanishidagi og’ishlarga kasallik, ko’rish, eshitish 
qobiliyatlarining buzilishlari kiradi. Sog’ligida va rivojlanishida og’ishga moyillarning 
ko’p tasniflari mavjud. Umumjahon sog’liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan 
imkoniyatlarning uch zvenosi shkalasining britancha variantini qabul qildi: 

kasallik, xastalik - ruhiy yoki fiziologik funksiyalar, anatomik struktura 
elementlarini har qanday yo’qotish yoki ularning anomaliyasi; 

cheklangan imkoniyat - inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir 
faoliyatni bajarish qobiliyatini yoqotish yoki cheklab qo’yish; 

nogironlik - yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib insonning biron-bir 
faoliyatini bajarishni cheklovchi yoki unga to’sqinlik qiluvchi cheklangan 
imkoniyat. 
Bunda “kamchilik” tushunchasi qo`llanadi. Insonlarda jismoniy, psixik, murakkab 
hamda og`ir kamchiliklar bo`lishi mumkin. Jismoniy kamchilikka insonning 
rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy kamchiliklar kiradi. Ya'ni xronologik, somatik 
yoki yuqimli kasalliklar shular jumlasidandir. 
Psixik kamchilik insonning psixik rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy 
kamchiliklar bo`lib u ta'lim olishda ma'lum qiyinchliklarni vujudga keltirishi mumkin.
Unga nutqning buzilishi, miyaning zararlanishi kabilar kiradi. 
Murakkab kamchilik qam jismoniy va psixik kamchiliklarni o`z ichiga oladi. 
Og`ir kamchilik- bu Davlat ta'lim standarlari asosida ta'lim olishga layoqatsiz 
jismoniy va psixik kamchiliklarning yuqori darajasidadir. 


190 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling