O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

2.Psixik chekinish birinchi navbatda bolaning aqliy rivojlanganlik darajasi hamda 
ularning psixik kamchiliklari bilan bog`liq. Bu guruh insonlarga : 
▪ 
Psixik rivojlanishida turli xil to`siqlar mavjud insonlar. 
▪ 
Aqliy zaiflar. 
▪ 
Oliygofrenik
Normadan ruhiy og’ishlar avvalambor bolaning aqliy rivojlanishi, uning ruhiy 
nuqsonlariga bog’liqdir. bu turdagi og’ishlarga avvalambor ruhiy rivojlanishning to’xtab 
qolishi, bolalarning aqliy jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab tizimining 
tug’ma nuqsonlari yoki jarohat asosida paydo bo’ladi. Bolalarda aqliy qoloqlik turli 
darajada-engil aqliy zaiflikdan, chuqur-tentaklikkacha namoyon bo’ladi.
Ruhiy og’ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy og’ishlarning 
yana bir turi emotsion faoliyatining buzilishidir. Bu og’ish turining eng og’ir shakllari 
deb autizm-muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o’z-o’zini o’ldirish)larni keltirsak 
bo’ladi. 
Bolalarning iqtidorliligi alohida og’ish turi hisoblanadi. Bu biror-bir faoliyatni 
muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlab beruvchi qobiliyatlarning o’ziga xos uyg’unligidir. 
Iqtidorlilik darajasi nafaqat qobiliyatlarga qarab balki, faoliyat mahsullari xarakteriga 
qarab ham belgilanadi. 
3.Pedagogik chekinish-bu pedagogika va ijtimoiy pedagogika fanida ham 
qo`llanib kelingan tushunchadir. Pedagogik chekinish deganimizda ob'ektiv va sub'ektiv 
sabablarga ko`ra ta'lim-tarbiya ola olmagan o`quvchilar tushuniladi. Bunga DTS talablari 
darajasida bilim ola olmagan yoki o`z istiqboli, kelajagi uchun harakat qilmagan 
o`quvchilar, ularning intividual rivojlanish me'yorlari kiradi. Pedagogik chekinishda 
birinchi navbatda o`quvchilarning umumiy o`rta ta'limga ega bo`la olmasligi kiradi.
Bunday bolalar kategoriyasiga ma'lum sabablarga ko`ra o`qishga bormagan, faqat 
boshlanqich ta'lim olish bilan cheklangan bolalar kiradi. Bunday holatlarning ko`plab 
(ob'ektiv va sub'ektiv) sabablar mavjud. Masalan, o`quvchilar yoki talabalarning darsdan 
qochishi, materialni o`zlashtira olmaslik, o`qishdan bezishi, dangasalik, oiladagi 
nosoqlom muqit, bolalarning pul topish ilinjiga tushib ketishi, ekologik yoki ijtimoiy 
kataklizmalar natijasida bolalarning ota-onalaridan ayrilishi va q.k. Bunday sabablarni 
ko`plab, minglab keltirish mumkin. Ko`pchilik holatda pedagogik chekinishga 
bolalarning qanday sharoitda yashashaiga bog`liq: o`qish bilan qiziqadigan oiladami yoki 
aksincha o`qishni ikkinchi darajali deb qisoblaydigan oiladami va q.k.
Pedagogik faoliyatda pedagogik maqsadlarni amalga oshirish, shaxs rivojlanishi 
uchun sharoitlar yaratib berish uchun ta’lim olayotganlar faoliyatini tartibga solganidan 
turli normalar qo’llanmoqda. Avvalambor, bu ta’lim darajasini belgilaydigan 
standartlarga, shuningdek o’quvchi intilayotgan maqsadlarga tegishli. Bularga yana 
ta’lim olishda yuqori natijalarni ta’minlab beruvchi bola rivojlanishining normalarini ham 
kiritsak bo’ladi. 
Ta’lim olinishi yoki olinmasligi normalari haqida nihoyatda aniqlik bilan gapirsa 
bo’ladi. So’nggi yillarda turli sabablarga ko’ra ta’lim ololmagan bolalar ham paydo 
bo’ldilar. Normadan bunaqa og’ishlarni pedagogik og’ish desak bo’ladi. Umumiy ta’lim 
olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bular maktabga bormaydigan, fayoatgina 
boshlang’iya maktabni tugatgan, umumiy o’rta ta’lim olmagan bolalardir. Bunaqa 
holatlarni yuzaga kelishi uchun bizning davlatda sabalar talaygina: dars qoldirish 
o’qishga intilishni susaytiradi, oiladagi notinch vaziyat bolani pul topish uchun ko’chaga 
chiqaradi, ekologik va ijtimoiy kataklizmlar bolalar ota-onalaridan judo bo’lishlariga 


191 
olib keladi. Daydilikka moyilligi bo’lga bolalar soni ham ko’paymoqda. Bolalar 
maktablarda tahsil olishmayotganining yana bir qancha sabablarini keltirsak bo’ladi.

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling