O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

4.Ijtimoiy chekinish. Ijtimoiy chekinish tushunchasi ijtimoiy me'yor tushunchasi 
bilan bog`liq. Ijtimoiy me'yor-bu jamiyat rivojlanishining ma'lum bosqichida insonlar 
yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati va xulq-atvoridagi yo`l qo`yilgan yoki mumkin bo`lgan 
qoidalar, hatti-harakatlar andozasidir. Ijtimoiy chekinish yoki og`ishlarning oldini olish 
va tartibga solib borish uchun qadimda turli xil afsonalar, an'analar va diniy marosimlar 
yaratilgan. 
Ijtimoiy me'yor ikkita guruhga ajratiladi: 
▪ 
Universal, ya'ni jamiyayatdagi barcha insonlarga xos. 
▪ 
Xususiy, ya'ni jamiyatdagi ma'lum guruh yoki ma'lum kasb egalari xos 
me'yorlardir Ijtimoiy me'yorlarni, shuningdek huquqiy, ma'naviy, siyosiy, diniy va 
q.k.deb ham guruqlarga ajratish mumkin. 
Ijtimoiy me'yorlar va insonlarning ulardan oqishi yoki chekinishi ular yashab 
turgan jamiyatning ajralmas faktori bo`lib hisoblanadi. Bolalar orasidagi ijtimoiy oqish 
esa uning o`sha jamiyatda salbiy sifatlar ta'sirida tarbiyalanishi, salbiy ijtimoiy guruhga 
kirishga, ijtimoiy rolni egallab, ijtimoiy tajribalarni o`rganishi sifatida xarakterlanadi. 
Pedagogika buni “tarbiyasi oqir bolalar” deb yuritishadi.
Ya'ni bu bolalarning hatti-harakatlari, xulq-atvorlari jamiyat tan olgan me'yorlarga 
zid. Ijtimoiy pedagogning ish faoliyati esa shunday oqishlarni profilaktika hamda 
reabilitatsiya qilishga qaratilgandir. 
M. A. Galaguzova tomonidan turli og’ish turlarining tasnifi quyidagicha berilgan: 
Jismoniy 
Ruhiy 
Pedagogik 
 ijtimoiy 
-kasallik, 
-ko’rish
qobiliyatining
buzilishi, 
-eshitish 
qobiliyatining
buzilishi. 
-ruhiy rivojlanish- 
ning to’xtab qolishi, 
-aqliy qoloqlik, 
-nutq buzilishi, 
-iqtidorlilik. 
-umumiy o’rta 
ta’lim olishdan 
chetga chiqish, 
-kasbiy ta’lim
olishdan chetga 
chiqish. 
-yetimlik, 
-xulq-atvor 
normasidan 
og’ish: 
aroqxo’rlik; 
norkamaniya; 
taksikomaniya; 
foxishabozlik; 
daydilik va b. 
ijtimoiy pedagogning og’ish xulq-atvorli bolalar bilan ish yuritishi og’ishlar 
profilaktikasi, muayyan norma va qoidalarni buzishni oldini olish, shuningdek xulq-
atvorida u yoki bu og’ish aniqlangan bolalarning reabiliatatsiyasiga qaratilishi lozim.

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling