O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti
Download 3.66 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy pedagogika
Chekinish (oqish) nazariyasi.
Odob-axloq me'yorlari va ulardan chekinish yoki oqish qollari borasidagi to`plangan bilimlar ularning sabablarini belgilovchi faktorlar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bu faktorlarni uchta guruhga ajratish mumkin: biogen, sotsiogen va psixogen. Insonlarning hayotdagi har qanday “og`ish” hollari ularning potentsial imkoniyatlarining cheklanishiga, tashqi muhit bilan muloqatga kirishishiga o`zining salbiy ta'sirini ko`rsatadi. Insonda ro`y beradigan holatlarni sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika, tibbiyot kabi ko`plab fan sohalari o`zlarining spetsifik xususiyatlaridan kelib chiqib o`rganadi, bu borada o`z nazariyalarini boyitib boradi. Masalan, tibbiyot fani me'yorlardan chekinish qolatini bolalarning patalogik sog`ligining buzilishi bilan bog`liq deb baholaydi. XIX-XX asrlarda chet mamlakatlarda imkoniyatlari cheklangan insonlarning tibbiy modeli hukmronlik qildi. Bu model imkoniyatlari cheklangan insonlarga hech bo`lmaganda elementlar ijtimoiy faoliyat 192 yuritishlarini nazarda tutdi. Bunday insonlar ma'lum tayyorgarlikdan o`tib, o`zlari uchun o`zlari harakat qilishar va bu bilan ular kimgadir ortiqcha yuk mo`lmasligi mumkin edi. So`ngra chekinish holatiga tushgan insonlarga nogiron (lat.invalidus- kuchsiz,ojiz)sifatida qarash vujudga keldi. Bu nazariyaga ko`ra imkoniyatlari cheklangan insonlar mutloq soqlom insonlar nazorati ostida bo`ldi. Bunday insonlarga yordam berish tashkil etildi va bu tibbiyot modeli davlatning ijtimoiy siyosatiga o`z tasirini o`tkazdi. XX asrning 60-yillariga kelib imkoniyatlari cheklangan insonlarga yordam berishning tibbiy modelining o`rniga ijtimoiy model vujudga keldi va uning rivojlanishi psixolik tahlilga suyandi. Bu modelga ko`ra imkoniyatlari cheklangan insonlar assotsiatsiyalarga birlashib, o`z haq-huquqlarini talab etishdi va bu talab o`z sog`liqlarini tiklashdan ko`ra, jamiyat a'zolari bilan o`zaro munosabatni yaxshilashga nisbatan bo`ldi. Savollar: 1. Nima uchun ijtimoiy pedagogikada norma va normadan og’ish tushunchalari o’rganiladi? 2. Bolalarda normadan og’ishning sababi nimada? 3. Normadan pedagogik og’ish deganda nima tushuniladi? 4. “ ijtimoiy og’ish” tushunchasining mohiyati nimada? 5. Normadan og’ishning qaysi nazariyalarini bilasiz? Download 3.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling