O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Me'yor va me'yorlardan chekinish(og`ish) tushunchasi


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Me'yor va me'yorlardan chekinish(og`ish) tushunchasi 
Har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo’lishidan qat’iy 
nazar, doimiy e’tiborga muhtoj odamlar bor. Bular o’z jismoniy, ruhiy va ijtimoiy 
rivojlanishida chetga chiqish, og’ish bor bo’lgan odamlardir. Bunaqa odamlar doim bir 
guruh bo’lib ajralishgan, jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida munosabat 
shakllangan. 
Zamonaviy AQSH va Yevropa davlatlarida u yoki bu og’ishlarga ega jamiyatga 
integratsiyalashuvi konsepsiyasi amalga oshirilmoqda. U konsepsiyaga ko’ra bu odamlar 
ham jamiyatning teng huquqli biroq ba’zi bir muammo yoki cheklangan imkoniyatlarga 
ega a’zosi sifatida ko’riladi.
Hozirda cheklangan imkoniyatli shaxslar soni butun dunyoda shu jumladan
O’zbekistonda ham ortib borayotgani sababli, bu muammo yanada jiddiylashmoqda. 


189 
SHuning uchun bunaqa odamlar avvalambor bolalarning ko’payishini rejali ijtimoiy hal 
qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash lozim.
Me'yor tushunchasi tibbiyot, psixologiya, pedagogika va sotsiologiya fanlarida 
keng qo`llaniladi. Unga aniq bir ta'rif berish juda qiyin. Masalan bitta tibbiyotning 
o`zidagina me'yor tushunchasiga 200dan ortiq ta'rif berilgan. Umumiy qolda me'yor- bu 
obektiv vokelikni belgilovchi ideal bilim, real voqealikni tavsiflovchi o`rtacha statistik 
ko`rsatkichdir. Tibbiyotda, psixologiyada, sotsiologiyada me'yorlarning o`z tasnifi, 
parametorlar, ko`rsatkichlari mavjud. Belgilangan,jamiyat tomonidan qabul qilingan va 
tan olingan me'yorlarga mos kelmaslik jarayoni ikkinchi bir tushuncha-chekinish yoki 
oqish bilan belgilanadi. 
Ijtimoiy pedagogika “me'yor”hamda “me'yorlardan chekinish” masalalari muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ular bolalarning ijtimoiy xulqi va rivojlanish jarayoninini 
tavsiflashda yordam beradi. Chekinishlar asosan, negativ va pozitiv xarakterga ega.
Masalan, bola rivojlanishida aqliy qoloqlik ham, qobiliyatlilik ham normadan 
og’ish hisoblanadi. Xulq-atvordagi jinoyatchilik, aroqxo’rlik, giyohvandlik va boshqa 
salbiy og’ishlar ham shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga ham jamiyat 
rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Negativ chekinishlarga aqli zayiflik
shuningdek, narkamaniya, alkogolizim, jinoyatchilik singani insoning ijtimoiylashuviga, 
umuman jamiyatga salbiy ta'sir ko`rsatadigan xarakterlar negativga kiradi.

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling