O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Ijtimoiy pedagogik texnologiya haqida umumiy tushunch, uning o`ziga xos


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy pedagogik texnologiya haqida umumiy tushunch, uning o`ziga xos 
xususiyatlari. 
O’z kasbining xususiyatlarini o’rganib chiqqan ijtimoiypedagog oldida bu 
bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularni deviant xulq-atvorini oldini olishda ularga 
4
“Маҳалла” хайрия жамғармасини тузиш тґғрисидаги 1992- йил 12 сентябрдаги ҳамда “Маҳалла” хайрия 
жамғармасига маблағ ажратиш тґғрисидаги 1992- йил 8-октябрдаги фармонлари 


202 
ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbiq etish muammosi ko’riladi. Bu muammoni 
hal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. 
Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab olish lozim. 
Ma'lumki, so`nggi yillarda pedagogika olamida «texnologiya”, “pedagogik 
texnologiya” kabi tushunchalar kirib keladi va ularning mazmuni va mohiyati bilan biz 
oldingi kurslarda tanishib o`tganmiz. Ulardan farqli o`laroq ijtimoiy pedagogik 
texnologiyaning mazmuni va mohiyati nimadan iborat degan haqli savol tug`iladi. 
“ ijtimoiy pedagogik texnologiyalar” tushunchasi “pedagogik texnologiya” va “ 
ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan. 
Pedagogik-texnologiya ikki sohada o’z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar-
o’quv jarayonining effektivligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo’llash 
va ishlab chiqish. Ikkinchisi, ijtimoiy fanlar hisoblanadi. 
80-yillar o’rtalarida pedagogik amaliyotda SH.A.Amonashvili (ijtimoiy-shaxsiy 
texnologiya), V.P.Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S.N.Lo’senkova 
(istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V.A.Karakovskiy, 
N.E.Selivanova, N.I.Hurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlari umum tan 
olindi. “Pedagogik texnologiyalar” o’quv fani professional pedagoglarni tayyorlash 
dasturiga kiritildi. 
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deganda insoniyat va texnik zahiralardan 
foydalanishi orqali o’quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini rejalashtirish, baholash 
metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondoshuvning maqsadi barcha 
maqsadlarga erishish kafolatlangan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir. 
Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy 
qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi. 
Ijtimoiy-pedagogik 
texnologiya- 
bu 
sotsium 
a'zosi 
sifatida 
insonning 
ijtimoiylashuvi jarayonidagi faoliyati, hatti-harakatlari va ongiga ma'lum maqsad asosida 
ta'sir o`tkazuvchi pedagogik metodlar va vositalar majmuidir. 
Bolalar va o`smirlar orasidagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat texnologiyasi quydagi 
shaklda amalga oshiriladi: 
1.Tashkiliy faoliyat. Bu faoliyat bolaning o`qituvchilari, ota-onalari, tenghurlari 
bilan uchrashuvlar, suqbat o`tkazish,to`plangan materiallarni tahlil etish va shu asosda 
bolaga ijtimoiy-pedagogik yordam berish kabi ishlarni o`z ichiga oladi. 
2.Tashxis qo`yish ishlari. Bu faoliyat bola yoki o`smir shaxsini o`rganish, turli xil 
savol-javob ishlarini olib borish kabi ishlarni o`z ichiga oladi. 
3.Bolalar va o`smirlar orasida treninglar tashkil etish. 
4.Kommunikativ-metodik ishlarni olib borish. 
5.Kasbga yo`naltirishga doir faoliyat. 
6.Ijtimoiy zararlarga qarshi bolalarning ijtimoiy-psixik ko`nikmalarini hamda 
tanqidiy munosabatlarini shakllantirishga doir faoliyat ko`rsatish. 
Ijtimoiy texnologiyalarning turlaridan biri ijtimoiy ish texnologiyalari bo’lib ular
ijtimoiy pedagogik texnologiyalarga juda yaqin, chunki yuqorida ta’kidlagandek ijtimoiy 
pedagog va ijtimoiy ishchi faoliyatining jihatlari ko’p. 
Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni 
birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi. 
Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik 
faoliyatning o’z tuzilishiga ega ekanligiga bog’liq. ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad 
va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi. Bularni mutaxassislar yechishlari lozim, ya’ni 
bolada muomala ko’nikmalarini shakllantirish, unga yangi muhitga ko’nikishga yordam 


203 
berishdir va boshqa maqsadlar o’z navbatida faoliyat mazmuni, uning amalga oshirish 
metodlari va uni tashkillashtirish shakllarini aniqlab beradi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadi, uning natijalari va mazmuni qanchalik to’g’ri 
aniqlanganligi, unga yerishish uchun qanday metodlar tanlanganligiga bog’liq bo’ladi. 
SHunday qilib ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy pedagogik faoliyat 
metodlari va usullari majmuasidir. 
Ijtimoiy pedagogning aralashishni talab qiluvchi har qanday muammoni hal qilish 
unga tashhiz qo’yishdan boshlanadi. Tashhiz qo’yish axborot taxlili, to’plash va 
tizimlashtirishdan iborat. 
Keyingi bosqich bu muammoni hal qilish yo’llarini qidirish. Buning uchun tashhiz 
asosida maqsad qo’yiladi va unga muvofiq faoliyatning aniq vazifalari belgilanadi. 
ijtimoiy pedagog qanday texnologiyani qo’llashga ko’ra shunga mos tushuvchi 
faoliyat metodlari va shakllarini tanlaydi. Ish yakunlanganidan so’ng ijtimoiy pedagog 
bola muammosi qanchalik to’g’ri hal qilinganiga baho berishi lozim. 
ijtimoiy texnologiyalar tasnifi 
Tasnif asosi 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling