O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvida tutgan o’rni


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvida tutgan o’rni 
Ijtimoiy pedagogikaning amaliyoti va nazariyasi xalqning etnografik, tarixiy, 
madaniy an’analari va xususiyatlariga bog’liq va inson, insoniy qadriyatlar haqidagi diniy 
va axloqiy qarashlarga suyanadi. Inson sivilizatsisi davomida har qanday jamiyat o’zi 
mustaqil mavjud bo’lishini ta’minlay olmaydigan a’zolari: bolalar, qariyalar, kasallarga 
munosabat mavzusi bilan bir necha bor duch kelgan. Bunaqa odamlarga munosabat 
jamiyatning g’oyaviy, ijtimoiy iqtisodiy, axloqiy va milliy xususiyatlariga bog’liq 
ravishda rivojlangan va tuzishga ifodalangan-ularning jismoniy yo’q qilinishidan tortib
jamiyatda to’liq integratsiyalashuvlarigacha. 
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, davlat va jamiyat rivojining 
o’ziga xos yo’lini tanlashi, milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarni tiklash, saqlab qolish 
imkonini beradi va hayotning barcha jabhalarida milliy xususiyatlarni inobatga olish 
vazifasini qo’yadi. 
Bugun shaxs shakllanishiga bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi ob’ektiv 
omillarning alohida inobatga olish kerak. Bunaqa omillarga nafaqat moddiy,g’oyaviy va 
psixologik sharoitlar, balki shaxsning shakllanishi ro’y bergan muhit ham mansubdir. Bu 
jarayonga suveren davlatlarda olib beriladigan millatlararo munosabatlar milliy siyosat 
ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu ayniqsa shaxsiy hislatlarning shakllanishiga qayta ta’sir 
ko’rsatadi. Ularga milliy o’z-o’zini anglash, g’urur kabi turli yo’nalishlarda rivojlanishi 


200 
mumkin bo’lgan hislatlar kiradi. YAkuniy maqsad shundaki shaxsning axloqiy 
shakllanishi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga kechishi kerak. 
O’zbek xalqiga o’ziga xos etnik muhit xosdir. Bunday muhitda bolalar yoshligidan 
o’z ona (milliy) tillarining va unda aksini topgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, maqollar, 
ashulalar, ideallarning ta’siriga duchor bo’ladilar. Bolalar asta-sekin milliy an’analar, urf-
odatlarning aniq me’yorlariga ko’nikishadi. O’quvchilarda milliy tarixni, adabiyotni 
o’rganisha va ona tillarida turli ma’lumotlar olish orqali o’smirlik yoshida o’z 
mansubligini va etnik umummiylikni anglash ro’y beradi.. 
Etnomadaniy sharoitlarning ijtimoiylashuviga ta’lim mentalitet (bu tushuncha XX 
asr boshida fransuz olimi L.Levi Bryul tomonidan fanga kiritilgan) darajasida namoyon 
bo’ladi. Mentalitetning tarqalishi xalq tushunchasidan xoli bo’lmaydi. Etnos-bu tarixan 
bir hududda shakllangan, til, madaniyat, ruhiyatning umumiy, nisbatan barqaror 
xususiyatlariga ega, shuningdek esa boshqa shunaqa tuzilmalardan o’z-o’zini anglashi 
bilan ajralib turuvchi odamlar majmuasidir. Etnos (xalq)ga mansublik tug’ilishdanoq 
bo’lmay, ijtimoiylashuv, shaxsning muayyan madaniy sohadagi shakllanishi, bolaning 
axloqiy steriotiplarni o’zlashtirish darajasiga qarab bo’ladi. Etnosning muhim 
hususiyatlaridan biri etnik o’z-o’zini anglashning mavjudligidir. Psixologiya nuqtai 
nazaridan etnosni boshqa etnoslardan ajratib turuvchi xususiyatlar orasida (til, qadriyat, 
me’yor, din, ilmiy xarakter, san’at)ni shu etnosning a’zosi deb hisoblanadigan 
kishilarning mavjudligi bo’yicha aniqlasa bo’ladi. 
Etnos insonlarning ijtimoiy-pedagogik birligi sifatida har bir inson uchun muhim 
vazifalarni bajarishi mumkin: himoya qilish, nafaqat ijtimoiy, balki jismoniy o’zini his 
qilishi uchun. Etnik jamiyat vaqtda muqimdir, uning tarkibi barqarordir. Inson etnik 
maqomga ega va uni etnosdan ajratib bo’lmaydi. SHu xususiyatlar uchun etnos inson 
uchun qo’llab-quvvatlash guruhi hisoblanadi. 
Mentallik insonning olam, o’zining bu olamda tutgan o’rni haqidagi tasavvurlari 
asosida yetgan obrazlar tizimidir, ya’ni mentallik etnik guruhga u yoki bu davrga xos 
bo’lgan o’ziga yarasha dunyoqarashdir. 
“Mentalitet” kategoriyasi gumanitar fanlarda an’analar va madaniyat orqali aniqlab 
beriluvchi ommaviy dunyoqarashning tarkiblarini ifodalash uchun ishlatilmoqda. 
Mentalitetning turli ta’riflari mavjud. Mentalitet bu anglanmagan darajadagi jamoa 
tasavvurlari majmuasi bo’lib, muayyan tabiiy-iqlimiy va tarixiy- madaniy sharoitlarda 
shakllangandir. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling