Bolaning ijtimoiylashuvi-uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi bo’lib, shu jamiyatda xos
bilimlar, qadriyatlar, norma-qoidalar, xulq-atvor namunalarini o’zlashtirishdan
iborat. (M.A..Galaguzova)
Bolaning ijtimoiy adaptatsiyasi-bolaning ijtimoiy muhit sharoitlariga faol ko’nikishi,
bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatlari turi.
Bolaning ijtimoiy dezadaptatsiyasi-uning ijtimoiy muhit sharoitlariga muvaffaqiyatli
ko’nikishiga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning
yo’qotilishi.
Vasiylik-muomalaga layoqatsiz shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya
qilish.
Guruhning ijtimoiy psixologik iqlimi-guruh har bir a’zosining faoliyatiga ta’sir qiluvchi
guruhdagi munosabatlarning dinamik maydoni.
Deviant xulq atvor- ijtimoiy yoki axloqiy normalarga mos kelmaydigan xulq-atvor.
Delinkventlik (ing. “gunohkorlik”)-o’rnatilgan normalarni buzuvchi va huquqbuzarlikka
olib keluvchi xulq-atvor.
Denamik steriotip- bosh miya faoliyatining fiziologik shakli bo’lib, inson xatti-harakatining
shartli reflektor tartibida namoyon bo’ladi. Ularga insonning odatlari, oddiy
mehnat ko’nikmalari kiradi.
Yetim bolalar-18 yoshgacha bo’lgan bir yoki ota-onasining ikkisi ham vafot etgan bolalar.
Yetimlik-jamiyatda ota-onasidan judo bo’lgan bolalarning borligi bilan izohlanadigan
ijtimoiy hodisa.
Jamoa- ijtimoiy munosabatlar va yagona ijtimoiy faoliyat asosida birlashgan guruh.
Jinoyat-delinkvent xulq-atvor turi bo’lib, shaxsga, qonun bilan qo’riqlanadigan ob’ektlarga
tajovuz qiluvchi ijtimoiy havfli xatti-harakat.
Jinoiy xulq-atvor-jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetganda jinoiy ish qo’zg’atishga
asos bo’luvchi g’ayri huquqiy harakatlar.
Ijtimoiylashuv-insonning
butun
hayoti
mobaynida
o’z-o’zini
o’zgartirish
va
rivojlantirishning boshqariladigan va maqsadga yo’naltirilgan jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |