Kompensatsiya-buzilgan funksiyalar o’rnini to’ldirish, rivojlantirish.
Konkretlik-umumiy fikrlardan voz kechish va savollarga aniq javob berish qobiliyati.
Korreksion tarbiya-jamiyatdagi hayotga ko’nikish uchun sharoitlar yaratish, ba’zi toifa
odamlarni rivojlanish nuqsonlarini yengib o’tish yoki bartaraf etish.
Madaniyat-jamiyat, ijodiy kurslar va inson qobiliyatlarining tarixan rivojlanish darajasi
bo’lib, insonlar hayoti va faoliyatini tashkil qilish shakllari, shuningdek, ular
tomonidan yaratilayotgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarda o’z ifodasini topadi.
Madaniyatlilik-bola tarbiyasi va ijtimoiylashuvi jarayoni shu jamiyat va millatning
ma’naviy va moddiy madaniyati asosida qurilishi lozim.
Maqom-bemorni ko’rilayotgandagi holati tavsifi.
“Men” konsepsiyasi-insonning o’zi haqidagi tasavvurlari tizimi.
Mikrosotsium-o’z tarkibiga oila, qo’shnichilik, tengdoshlar guruhlari, turli ijtimoiy, davlat,
diniy, xususiy va tarbiyaviy tashkilotlari mavjud, muayyan hududda faoliyat
yurituvchi jamiyat.
Nazoratsizlik-bolalarni, ularning xulq-atvorini, bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishlarini
nazorat qilmaslik, ularning tarbiyasi haqida qayg’urmaslik.
Oila-insonlar kundalik hayotining asosiy qismi- jinsiy munosabatlar, bolani dunyoga
keltirish, bolalarning ilk ijtimoiylashuvi kabi holatlar sodir bo’ladigan ijtimoiy
institut.
Ontogenez-hayvon yoki o’simlik olamining yaralishidan boshlab hayotining oxirigacha
indevidual rivojlanishi. Ontogenez organizmning tashqi muhitning aniq bir
sharoitlarda rivojlanishi hisoblanadi. Ontogenezda har organizm birin-ketin
rivojlanish bosqichlaridan o’tadi. Inson ontogenezi ikki bosqichdan iborat-
prenatal va postnatal.
Pedagogik tashhiz-o’quvchi va o’quvchilar jamoasi shaxsiyatini ta’lim-tarbiya jarayoniga
indeaidual va differensial yondoshuvni ta’minlash uchun o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |