O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti. 
Ijtimoiy pedagogika o`z nomiga ko`ra sotsium, ya'ni jamiyat bilan 
shug`ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat 
tarbiyasi deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya'ni, 
bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta'sir, shuningdek 
ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg`armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va 
assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta'siri nazarda tutiladi. 
Ijtimoiy “autsayderlar”, ya'ni qariyalar, nogironlar, yolg`iz yashovchilar, 
iqtisodiy nochor aqvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga 
kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogikaning maqsadalaridan biridir. 
Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta'sir vositasida insonlarda insoniylik, 
vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish 
mumkinki, ushbu jarayonda oila, maktab va boshqa o`quv muassasalari 
yordamchilar sifatida faoliyat ko`rsatadi. 
Ijtimoiy pedagogika (lat.socium-jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya 
muammolarini o`rganishdan iborat. Demakki, uning ob'ekti ijtimoiy hayotiy 
tarbiyaviy jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning 
ta'siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning, jamqarmalarning 
tarbiyaviy ta'siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy pedagogikaning predmeti -
bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir. 
Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, “og`ir guruq”larga aloqida e'tibor qaratadi. Bu 
guruqga taqdir taqozasi bilan og`ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi. 
Bular: narkomanlar, ishsizlar, fohishalar, jinoyatchilar, qamoqda o`tirib chiqqan 
kasallar, jinoiy guruqlarga va man etilgan diniy sektalarga o`zlari bilmagan qolda 
kirib qolgan shaxslar va h.k kiradi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta 
yoshdagi va qariyalarni; ishlab chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning
o`aro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaganlik, qolaversa dam 
olishga, ruhyi kasallangan, ta'lim olishdagi muommalar, tarbiyasi oqir bolalar kabi 
muammolarni ham nazardan chetga qoldirmaydi.
Ijtimoiy qayotning turli javhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali 
pedagogik yordamga muxtojdirlar. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling