O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

 Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan. 
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi ancha qadimiylikka borib 
tutashadi. Uning qadimiyligibuyuk mutafakkirlarning ilmiy qarashlarida o’z tasdig’ini 
topgan. 
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining Birinchi bosqichi- qadimgi 
davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to’planishi, 
tarbiya tajribasining anglanishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro’y 
bergan. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa 
sifatida asta-sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida turli tarbiya 
nazariyalari paydo bo’lgan. 
Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi avvalambor, insoniyat tarixining 
ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo’lganligi bilan 
izohlanadi. CHunki ibtidoiy jamoada to’plangan boy tarbiyaga oid ijtimoiy pedagogik 
g’oyalar haqida gapirishga imkon beradi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonning 
hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bo’lgan.. Dastlab tarbiya faoliyat turi sifatida 
yuzaga kelgan bo’lsa, keyinchalik esa o’ziga o’ziga xos faoliyat turiga aylangan va bu 
bilan shug’ullanuvchi odamlar-tarbiyachilar paydo bo’lgan. Vaqt o’tgani sari tarbiya 


145 
jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko’ra farqlana boshlagan, 
uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiya ham 
ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy jamoada kasal 
va yaradorlarga yordam ko’rsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar tufayli vafot 
etganlarning skeletlari asosida to’la tasdiqlaydi. Bu kabi qarashlar etnografik 
ma’lumotlarda paydo bo’lish bilan ham o’z tasdig’ini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida 
yashagan barcha elatlarida mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo’lgan. 
Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o’rgatishgan.
Bularning hamasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko’rinishlari
mavjud bo’lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. 
Agar ibtidoiy davrni ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin 
yarangan bo’lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo’lishi ijtimoiy-
pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishi
yozuv hamda pedagogik g’oyalarning yozma manbalarda ko’rsatilgan saqlanib qolish 
hodisasi bilan bog’liqdir.
SHarqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedogogik g’oyalar bir nechta mualliflar 
tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas kitoblar shaklida butun xalq mulkiga 
aylangan (Xitoyda-SHukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O’rta 
Osiyoda-Avesto va boshqa). 
Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o’rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy 
pedogogik g’oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo’la boshlaydi. 
SHubhasiz, ijtimoiypedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) 
faylasuflari katta hissa qo’shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y) “O’z 
o’zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni 
yo’qotishi mumkinligini ta’kidlagan. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling