O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy 
inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy 
sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi 
rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu avvalambor falsafa orqali amalga oshdi. Ijtimoiy 
pedagogikaning boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va 
boshqalar bilan yaqinlashuvi ro’y berdi. Eng asosiysi-XX asrda insonning muammolari, 
uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global 
muammosiga aylanadi. Aynan shu davrda pedalogiya-bolani har tomonlama o’rganish 
haqidagi fan rivojlana boshlaydi. Uning asoschilari E.Meyman, S.Xoll, Torndayk 
hisoblanishadi. Bu borada Rudolf SHteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga 
ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g’oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagogika 
arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854-1932 y)-Germaniya, Jon Dyui (1859-1952 y)-
AQSH, Vilgelm Layni (1862-1926 y)-Germaniya ko’rsatsa bo’ladi.
G.Kirshenshteynerning pedagogik nazariyasi maktablarni bolalarning sust qabul 
qilinishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga oshirishga, ijodga ko’ra isloh qilish 
g’oyasiga asoslanadi. Kirshenshteyner ijtimoiy pedagogik tizimining asosiy tamoyillari-
bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish, 
hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning 
fuqarolik tarbiyasidir.
Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Uning oliy qadriyatlari 
amaliy natija, biznesda muvaffaqiyatga erishish hisoblanadi. Bu pedagogning xizmati 
shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta’limning individuallashuvi kabi ijtimoiy 
psixologik g’oyalarga murojaat qilganidir. 
Vilgelm Lay “Ґarakatlar pedagogikasi”ni yaratdi. U inson faoliyati va 
mavjudligining fiziologik va psixologik mexanizmlarini o’zida mujassamlashtiruvchi 
biologik reaksiya tamoyiliga tayangan. U tarbiyaning biologik tomonini-tug’ma 
reflekslar, sezgi, reaksiyalar, ularning bolalar o’yinlarida paydo bo’lishini va
ijtimoiyogik tarbiyachining reaksiyalarga ta’sirini ko’rsatgan.
Hozirgacha turli davlat olimlari o’rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa 
pedagogik fanlari orasidagi o’rni borasida –bu mustaqil fan bo’la oladimi yoki faqatgina 
yosh guruhlarini o’rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning mustaqil bir sohasi bo’lib 
qolaveradimi, degan masaladabahs-munazara davometmoqda. 
Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika 
mohiyatini inkor etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo’lgan. Masalan G.Noll 


149 
va G.Boymer (20-30 y) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga 
yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasi deb tushunishgan. 
Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natori (XX asrning 20- 
yillari) umuman boshqacha ta’riflangan. U ijtimoiy pedagogik jamiyatning tarbiyaviy 
kuchlarining yaqinlashtirish muammosini xalqning madaniy va axloqiy darajasini 
ko’tarish maqsadida tadqiq etadi deb hisoblagan. Bunaqa tushunish yangi davrning 
buyurtmasiga ko’proq mos kelgan va ijtimoiy pedagogika inson hayoti davomida 
tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini tasdiqlagan. XX asrning 60-yillarida ijtimoiy 
pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar uyida tarbiya 
ishlari o’tkazish maqsadidagi ijtimoiy tarbiya asosi sifatida ta’rif etilaboshladi.. Ijtimoiy 
pedagogika pedagogikani rivojlanishi bilan birga chet ellarda ijtimoiy pedagogika 
sohasidagi mutaxassislarning kasbga oid faoliyati ham rivojlandi. Xususan, XX asrning 
70-yil Germaniyada oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi. 
XX asrning50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika muammolarining global darajaga 
yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda bola 
huquqlari deklaratsiyasini qabul qilinganligi guvohlik beradi. Unda aloxida e’tibor 
yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko’p bolali oilalar, kam ta’minlangan oilalar bolalariga
ijtimoiy yordam ko’rsatishga qaratilgan. 
Bizning respublikamizda ijtimoiy pedagogika an’ana va tamoyillarini tiklanishi 
murakkab sharoitlarda amalga oshmoqda; davlat ta’lim standartlari, mutaxassisliklar
darsliklar, o’quv rejalari va dasturlarning yetishmasligi, ijtimoiy muxofazaning davlat
siyosati darajasiga ko’tarilishi chet el mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik asosida 
bo’lish kerak. CHunki Germaniya, Angliya, AQSHlarda boy ijtimoiy pedagogik tajriba 
mavjud. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling